Ibrat (shaharcha)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Qishloq
Ibrat
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Fargʻona
Tuman Buvayda
Koordinatalari 40°33′14″N 71°8′48″E / 40.55389°N 71.14667°E / 40.55389; 71.14667Koordinatalari: 40°33′14″N 71°8′48″E / 40.55389°N 71.14667°E / 40.55389; 71.14667
Rasmiy tili oʻzbekcha
Aholisi 16 ming nafar (2004)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Ibrat (shaharcha) (Oʻzbekiston)
Ibrat

Ibrat (Yangiqoʻrgʻon) — Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagi qishloq, tuman markazi. Tumanning janubida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Furqat 12 km)[1]. Qoʻqon shahridan 20 km sharqda joylashgan. Aholisi 16 ming kishi (2004)[2].

Xoʻjaligi[tahrir]

Xoʻjaliklari Katta Fargʻona kanalidan suv oladi. Paxta tozalash, gʻisht zavodlari, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, MPT, kichik va xususiy korxonalar, mikrofirmalar, ipyigiruv va toʻquv, tikuvchilik trikotaj fabrikalari, meva va sabzavotni qayta ishlash, gilam toʻqish, vinochilik sexlari ishlab turibdi. Dehqon bozori, avtovokzal, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi.

Ijtimoiy soha[tahrir]

Qishloqda 3 umumiy taʼlim maktabi, 2 litsey-gimnaziya, nafis sanʼat, bolalar sport maktablari, kasb-hunar kolleji bor. Markaziy va bolalar kutubxonalari, sanʼat saroyi mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Fargʻona va Qoʻqon shahrilariga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.

Manbalar[tahrir]