Hisor qoʻriqxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hisor qoʻriqxonasi - Qashqadaryo viloyatida, Hisor togʻ tizmalari gʻarbida (Yakkabogʻ va Shahrisabz tumanlari togʻli hududlarida) joylashgan davlat qoʻriqxonasi. Qizilsuv (1975) va Miroqi (1976) qoʻriqxonalari ne-gizida tashkil qilingan (1983). Maydoni 80986,1 ga, shundan 12203 ga oʻrmonzorlar, 2745 ga oʻtloqzor, 17mga suv havzalaridan iborat. Tabiiy land-shaft majmualari va Hisor togʻ tizmasi ekotizmlarini saklash maqsadlarida tashkil etilgan.

Qoʻriqxonada oʻsimliklarning 870 (Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan dorivor oʻsimliklarning tukli karrak, egri tikan karrak, Butkov as-tragali, oq parpi, Oshanin piyozi, anzur piyoz kabi 35 dan ortiq), qushlar va hayvonlarning 140 dan ortiq (qora qoplon, turkiston silovsini, qoʻngʻir ayiq, burgut, oq boshli qumoy, itol-gʻi, qora laylak va boshqalar) turi mavjud.