Nurota davlat qoʻriqxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nurota davlat qoʻriqxonasi -Jizzax viloyatining gʻarbiy qismi (Forish tumani)da, Nurota togʻining shimoliyyon bagʻrida joylashgan qoʻriqxona. 1975 yilda tashkil etilgan. Maydoni 17752 ga, shu jumladan, oʻrmonlar bilan qoplangan 2599 ga (2001), dengiz sathidan 530–2100 m balandlikda. Asosiy vazifasi shu hududning oʻsimlik va hayvonot olamini muhofaza qilish, Xalqaro va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan arharning Osiyo qoʻyi tu-riga mansub Seversev qoʻyi (Kizil-kum qoʻyi) populyasiyasini hamda yon-gʻoqning tabiiy xilma-xilligini sak,lashdan iborat.

Qoʻriqxonada oʻsimliklarning 629 tadan, qushlarning 195 tadan, hayvonlarning 60 tadan ortiqturi bor. Ularning koʻpchiligi endemik (lola turlari, anzur piyozi). Yongʻoq daraxtlari bilan birga yovvoyi olma, qayragʻochlar oʻsadi. Butalar qoplami, asosan, Tur-kiston doʻlanasi, qizil, uchqat, zirk, irgʻay, yovvoyi toklardan iborat.

Qoʻriqxona hududi tabiat manzaralariga, arxeologik topilmalarga boyligi bilan ham ajralib turadi: qoyatosh (togʻ qoʻyini ovlash) suratlari, Majrumsoydagi tanasi yoʻgʻonligi 8,5 m kela-digan sharq biotasi daraxti (yoshi taxminan 1000 yildan ortiq) kabi yodgorliklari bor. Arharlar soni 500 dan koʻggroq (2003).

Abdushukur Xonazarov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil