Qumoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qumoylochinsimonlar turkumi, qarchigʻaylar oilasiga mansub qush. Tanasining uz. 1 m dan ortiq, vazni 10—11 kg, qanoti yoyilganda 3 m ga yaqin. Yetuk individlari och qoʻngʻir, boʻynida ingichka, uzun qil patlari bor. Qanotlarining osti oq. Yoshlari oqishroq. Tumshugʻi sargʻish oq, koʻz qorachigʻi qiz-gʻish. Oʻrta va Markaziy Osiyoning togʻli hududlarida tarqalgan. Oʻzbekistonda Hisor togʻida uchraydi. Togʻlarning oʻrta va yuqori qismida 2000-2500 m balandlikda yashaydi. Fevralda 1 dona tuxum qoʻyadi va ikkala jins navbat bilan 50—60 qun bosadi. Poloponlari avgustda ucha boshlaydi. Oʻlimtiklar bilan oziqlanadi. Tabiatda kamyob tur. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.