Hasan Basriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hasan basriy, Abu Said Abul Hasan Yasor (642—728) — ilk islomning yirik ilohiyot olimi. Madinada tugʻilgan, 657 yildan Basra shahrida yashab, shu yerda vafot etgan. 663—665 yillarda hozirgi Afgʻoniston hududidagi harbiy yurishda qatnashgan. Xalifa Umar ibn Abdulaziz (681—720) davrida Basrada qozilik qilgan. H.B. atrofida ilohiyot olimlari toʻplanib, ular umaviylar davlati maʼnaviyatini belgilagan. H.B.ni ahli sunna namoyandalari ham, mutaziliylar ham, sufiylar ham oʻz ustozi hisoblagan. H.B. qarashlari haqida maʼlumotlar juda oz. Ularga koʻra, H.B. iroda erkinligi (ixtiyoriylik) masalasida qadariylar nuq-tai nazarida turgan va inson bu dun-yodagi qilmishlari uchun oʻzi masʼul ekanligini taʼkidlagan. H.B. moʻʼtadil siyosiy qarashlarga mos mavqeda turgan: umma birligini saqlab qolishga harakat qilib, musulmonlar oʻrtasidagi harbiy mojarolarni qora-lagan.