Umar ibn Xattob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Umar Ibn Al-Xattob Al-Foruq (Umar ibn Xattob) (arabcha: عمر بن الخطاب; oʻqilishi: ʼOmar ibn al-Xattāb; taxminan 584-yil — 644-yil) — dastlabki toʻrt xalifadan ikkinchisi (hukmronlik yillari 634—644), jannat bashorati berilgan 10 ta sahobalardan biri. Shuningdek, Buyuk Umar nomi bilan ham mashhur. Asli Quraysh qabilasining Banu Adi sulolasidan. „Xulafa ur-Roshidun“ („Toʻgʻri yoʻldagi xalifalar“) nomini olgan xalifalardan biri. Islomni taxminan 616-yili qabul qilgan. Muhammadning yaqin safdoshlaridan biri, u olib borgan barcha janglarda qatnashgan. Abu Bakr oʻlimidan avval Umarni oʻz oʻrniga tavsiya etgan. Umarning xalifalik davrida islom Iroq, Suriya, Misr, Liviyaga tarqaldi. Eron hududlari xalifalikka qoʻshildi. Arab-musulmon saltanati tarkib topa boshladi. Uning davrida barcha asosiy maʼmuriy-huquqiy muassasalar, avvalo soliq-oʻlpon tizimi tuzildi. Musulmonlar jamoasi tez orada ruhoniylar idora etadigan davlatga aylandi. Bu hol Umar xalifa unvoniga birinchi boʻlib qoʻshimcha amir al-moʻminin (moʻminlar hukmdori) unvonini qabul qilishida ham ifodalandi. Umar yangi musulmon yil hisobi — hijriy yil taqvimini joriy etdi. Sunniylar tarixiy anʼanasida Umar risoladagidek hukmdor, yaʼni taqvodor, musulmonlarga nisbatan adolatli, dushmanlarga beshafqat inson sifatida taʼriflanadi. Uning davri islomning „oltin asri“ deb ulugʻlanadi. Umar Muhammad Sollolohu alayhi vassalamning Madinadagi qabri yoniga dafn etilgan.[1]Umar ibn Hattobdan soʻng Usman ibn Affon moʻminlarga amir boʻladi

Umar ibn Xattob islomni qabul qilganidan keyin Jabroil alayhissalom Rasuli akram alayhissalomning huzurlariga tushib:

- Ey Muhammad, osmon ahli Umarning islomga kirganidan xursand bo‘lishdi, - dedi.

Musulmonlar Umar islomni qabul qilgunga qadar Baytul Haromda tinch va xotirjam holda namoz o‘qiy olmas edilar. Hazrati Umar aytdi:

- Ey Allohning rasuli, biz tirik qolsak ham, halok bo‘lsak ham haq emasmizmi?

Rasuli akram alayhissalom bunga javoban aytdilar:

- Ha, shunday, nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, sizlar tirik holda ham, o‘lgan holda ham to‘g‘ri yo‘ldasizlar.

Umar ibn Xattob buni eshitib:

- Unda nimadan berkinamiz? Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, men endi qaysi bir majlisda mushriklar bilan birga o‘tirib qolsam, qo‘rqib-pisib yurmasdan, Islomni oshkora yetkazaylik. Ka'bada namoz o‘qib islomning buyukli gini ko‘rsataylik. Sizni haq bilan yuborgan zotga qasamki, bugundan boshlab hech kim Allohga yashirin holda ibodat qilmaydi, - dedi.

Rasul alayhissalom sahobalari ikki saf bo‘lib chiqdilar. Hazrati Hamza bir saf boshida, Umar ibn Xattob yana bir safning boshida borar, qilichini chiqarib baland ovoz bilan shunday der edi:

- Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Muhammad Uning rasulidir. Rasululloh alayhissalom sahobalari Masjidul Haromga kirishdi. Ka'bani tavof qilishdi. Tinch xotirjam holatda namoz o‘qib qaytishdi.

Buni ko‘rib mushriklar qalbini qahr-g‘azab va qayg‘u egalladi. Bir-biriga past ovozda pichirlab aytishdi:

- Bu qavm (musulmonlar) bizdan insof qilishni so‘rayapti.

Rasululloh alayhissalom qaytganlaridan so‘ng Hazrati Umarga shunday xushxabarni aytdilar:

- Batahqiq, sen haq bilan botil orasini ajratding, ey Foruq.

Umar islomni qabul qilgan vaqtda 26 yoshli yigit edi. Foruq musulmon bo‘lganini oshkora qilgan birinchi sahobiy bo‘ldi va uning bu dinga kirishi musulmonlar uchun katta yordam va xursandchilik bo‘ldi.

* * *

Yasribliklar Payg‘ambarimiz alayhissalom oldilariga kelib, u kishini himoya qilish va hijrat qilgan musulmonlarga yordam berish uchun bay'at bera boshladi. Shundan so‘ng Nabiy alayhissalom ashoblariga Makkadan Yasribga hijrat qilish uchun ruxsat berdilar. Ansoriylar muhojirlarni o‘z birodarlaridek qarshi oldilar. Bu birodarlik shu darajada ediki, muhojirlar ularning uyida o‘zlarini o‘z uyidek, shahrida o‘z shahridek emin-erkin his qildilar.

Rasululloh alayhissalom qurayshliklar sezib qolmasligi uchun yashirin holda yo‘lga chiqdilar.

Lekin Umar bunday qilmadi. U Yasribga hijrat qilishdan oldin Quraysh boshliqlari oldiga borib, bir o‘zi hijrat qilishini ko‘pchilik oldida ochiqdan-ochiq e'lon qildi. Go‘yoki u bu bilan Yasribga hijrat qilishdan oldin ularni ogohlantirib qo‘yayotgandek edi. Umar qilichini taqib, sadog‘ini yelkasiga osdi. Quraysh sayyidlari oldidan o‘tib, Ka'baga bordi. Yetti marta tavof qilib maqo-mi Ibrohimda ikki rakat namoz o‘qidi. So‘ng ular to‘planib turgan joyga borib shunday dedi:

- Qaysi biringiz onasini farzandidan ayirishni yoki farzandi yetim, xotini beva bo‘lib qolishini istasa, mana bu vodiyning orqasida menga uchrasin.

Shundan so‘ng Umar Yasrib tarafga ketdi. Uning orqasidan biron kishi borishga jur'at qilmadi.

Umarul Foruq musulmonlarning e'tiborli kishisiga aylandi. Muhojirlar va ansorlarning hurmat-ehtiromiga birday sazovor bo‘ldi. Albatta Umarning shaxsiyatida shunday hurmat-e'tibor va izzat-ehtiromga loyiq jihatlar juda ko‘p edi. Agar u ko‘rinmay qolsa, musulmonlar xavotirga tushar, hozir bo‘lsa, ko‘zlar sevinchga to‘lar va qalblar xotirjam bo‘lar edi. Umar Payg‘ambarimizning eng yaqin kishilaridan biriga aylandi. Go‘yoki u Nabiy alayhissalomning soyalaridek edi, desak xato bo‘lmaydi. Umarul Foruq Rasululloh alayhissalomga qarab, so‘zlarini eshitib to‘ymas, sahobalar ichida u kishiga eng ish tiyoqmand kishi bo‘lib qoldi.

Rasululloh alayhissalom aytdilarki:

- Alloh haqni Umarning tili va qalbiga joyladi. Yana Nabiy alayhissalom dedilarki:

- Alloh Umarga rahm qilsin, u haqni gapiradi, bir ishni qilsa, haq uchun qiladi va bir ishni tark qilsa, haq uchun tark etadi. Bundan boshqasi emas.

Hazrati Umar Habibimiz alayhissalom bilan birga Badr va Uhud jangida ishtirok etdi.

Bir kuni Umar ibn Xattob ba'zi sahobalar bilan Imomul xayr alayhissalom huzurlarida o‘tirgan edi. Oldilariga kiyimiga gard qo‘nmagan, sochlari qop-qora bir kishi keldi. Safar alomatlari ham bilinmaydigan bu kishini Rasulluloh alayhissalom ashoblaridan hech birlari tanimadi. U kishi Rasululloh alayhissalomning to‘g‘rilariga kelib o‘tirdi. Tizzalarini tizzalariga tekkizib, ikki qo‘lini ikki sonlari ustiga qo‘yib so‘radi:

- Ey Muhammad, Islom nima? Mustafo alayhissalom dedilar:

-Allohdan o‘zga iloh yo‘q deb guvohlik berishing va men Allohning elchisi ekanimga iymon keltirishing, namoz o‘qishing, zakot berishing, ramazon ro‘zasini tutishing va qodir bo‘lsang Baytullohni ziyorat qilishingdir.

U kishi:

- To‘g‘ri aytding, - dedi.

Payg‘ambarimiz alayhissalom sahobalari xotamul anbiyodan savol so‘rab, yana o‘zi tasdiqlayotgan bu kishiga ajablanib qarashdi.

U kishi yana so‘radi:

- Ey Muhammad, iymon nima?

Hodiyul bashir zot alayhissalom aytdilar:

- Allohga va Uning farishtalariga, payg‘ambarlariga, kitoblariga qiyomat kuniga, yaxshilik va yomonlik Allohdan ekaniga iymon keltirmog‘ing.

U kishi yana, to‘g‘ri aytding, deb tasdiqladi. Suhbatni kuzatib turgan sahobalar yana ajablanishdi. U kishi yana so‘radi:

- Ey Muhammad, ehson nima?

Olamlarga rahmat uchun yuborilgan zot javob berdilar:

- Allohni ko‘rib turgandek ibodat qilmog‘ing, agar sen uni ko‘rmasang ham albatta, U seni ko‘rib turadi.

- Qiyomat vaqti qachon?-deb so‘radi haligi kishi. Havodan olib gapirmaydigan zot alayhissalom shunday dedilar:

- U haqda so‘ralayotgan kishi so‘rovchidan bilguvchiroq emas.

U kishi aytdiki:

- Uning alomatlari bormi?

- Cho‘ri o‘z xojasini tug‘ishi, och, yalang‘och, kambag‘al va cho‘ponlarning bir-biridan o‘zish uchun imorat qurishi.

Ushbu savollarni bergan kishi turib ketganidan so‘ng Rasululloh alayhissalom Umar ibn Xattobdan so‘radi:

- Bu kishi kimligini bilasanmi?

Hazrati Umar o‘zi savol berib, o‘zi tasdiqlagan kishining kimligini bilmas, oldin ham u zotni ko‘rmagan edi.

U aytdiki:

- Alloh va Uning rasuli biluvchiroq.

Xotamul anbiyo alayhissalom - U Jabroil edi. Sizga diningizdan ta'lim bergani keldi, dedilar.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]