Abu Nuaym
Qiyofa
Abu Nuaym, toʻliq ismi Ahmad ibn Abdulloh al-Isfahoniy (944-1038, Isfahon) — tanikdi hadis imomlaridan biri. Fiqh va tasavvufda ham zamonasining yetakchi olimi boʻlgan. Tabaroniy kabi buyuk muhaddislardan hadis olgan, uning oʻzidan ham Xatib Bagʻdodiy kabi yuksak shaxslar hadislar rivoyat etgan. Eng mashhur asarlari: yigirma jildli „Hiltul-avliyo“, „Daloilun-nabaviyya“, „Kitobul-mustaxraj alal-Buxoriy“, „Al mustaxraj alo sahihi Muslim“, „Kitobut-taboqat“, „Maʼrifatus-sahoba“ va boshqalar.[1][2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Husniddinov Z., Ibrohimov N. 13-bet. -T: „Davlat ilmiy nashriyoti“, 2004.
- ↑
„Abu Nuaym“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |