Harry Potter va Feniks jamiyati (film)
Harry Potter va Feniks jamiyati | |
---|---|
Harry Potter and the Order of the Phoenix | |
![]() Film posteri | |
Rejissyor(lar) | David Yates |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | Michael Goldenberg |
Qaysi asarga asoslangan |
Harry Potter va Feniks jamiyati –J. K. Rowling |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Nicholas Hooper |
Kinematografiya | Sławomir Idziak |
Muharrir(lar) | Mark Day |
Studiya(lar) |
|
Distribyutor | Warner Bros. Pictures |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 138 daqiqa[2] |
Davlatlar | |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $150 million[4][5] |
Daromadi | $939,9 million[6] |
Avvalgi film | Harry Potter va Alanga kubogi |
Keyingi film | Harry Potter va tilsim shahzodasi |
Harry Potter va Feniks jamiyati (inglizcha: Harry Potter and the Order of the Phoenix) — 2007-yilda David Yates tomonidan ishlangan hamda Warner Bros. Pictures va Heyday Pictures tomonidan ishlab chiqarilgan fantastika janridagi AQSh filmi.[6] Ushbu film Harry Potter filmlar seriyasining beshinchisi boʻlib, film gʻoyasi J. K. Rowling qalamiga mansub 2013-yilda yozilgan Harry Potter va Feniks jamiyati kitobiga asoslangan. Bu film voqealari Harry Potterning Hogwarts sehrgarlik maktabidagi beshinchi yilida sehrgarlik vazirligi Lord Voldemortning qaytishini inkor etishi bilan bogʻliq. Film produserlari David Heyman va David Barron, ssenariynavisi Michael Goldenberg boʻlib, Daniel Radcliffe (Harry Potter sifatida), Rupert Grint (Ron Weasley sifatida), Emma Watson (Hermione Granger sifatida), Helena Bonham Carter, Robbie Coltrane, Warwick Davis, Ralph Fiennes, Michael Gambon, Brendan Gleeson, Richard Griffiths, Jason Isaacs, Gary Oldman, Alan Rickman, Fiona Shaw, Maggie Smith, Imelda Staunton, David Thewlis, Emma Thompson va Julie Walters kabi aktyorlar rol oʻynashgan.
Jonli harakatlarni suratga olish sahnalari Angliya va Shotlandiyada boʻlib oʻtdi (iyun oyida bir oylik tanaffus bilan). Vizual effektlarni qoʻshish uchun filmda keyingi suratga olish jarayonlari bir necha oy davom etdi. Xabarlarga koʻra, filmning budjeti 75—100 million funt sterling ($150–200 million) ni tashkil etgan. Warner Bros. kompaniyasi filmni Buyuk Britaniyada 2007-yil 12-iyulda, Shimoliy Amerikada esa 11-iyulda anʼanaviy va IMAX formatdagi kinoteatrlarida namoyish etdi. Shuningdek, ushbu film IMAX 3D formatida chiqarilgan ilk Potter haqidagi film sanaladi.
Feniks jamiyati filmi butun jahon boʻylab $942 million jamgʻarishga muvaffaq boʻldi.[7][8] Film 2008-yilda ikkita BAFTA film mukofotiga nomzod boʻlgan.
Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yoz davomida, xolasi Petunia va amakisi Vernon bilan yashayotgan Harry Potter oʻzini va Dudley Dursleyni demetorlardan saqlab qolish uchun sehr ishlatganidan keyin Sehrgarlik Vazirligi tomonidan Hogwartsdan haydaladi. Keyin Harry shu kuni kechasi Mad-Ey Moody, Remus Lupin, Nymphadora Tonks va Kingsley Shackleboltni oʻz ichiga olgan sehrgarlar guruhi tomonidan olib ketiladi va ularning guruhiga qoʻshiladi. Guruh Grimmauld Placega boradi, ushbu joy Harryning choʻqintirgan otasi Sirius Blackning uyi edi. Bino yana Albus Dambledore tomonidan Lord Voldemortga qarshi kurashish maqsadida asos solingan sirli Feniks jamiyatining shtabi boʻlib ham xizmat qilgan. Shuningdek, Dambledore Harryni yoz davomida sirli ravishda Sehrgarlik Vazirligi Lord Voldemortning qaytishiga ishonmayotganligi haqida xabardor qilib turgan.
Sehrgarlik Vazirligida Harryning haydab chiqarilishi toʻgʻrisadagi buyruq bekor qilinadi va u Hogwartsga yana qaytadi. Bu Harryning Hogwartsda beshinchi yil oʻqishi edi. U yerda Sehrgarlik Vaziri Cornelius Fudge Qora sanʼatga qarshi yangi mudofaani belgilab qoʻyadi. Hogwartsda qora sanʼat boʻyicha yangi oʻqituvchi tayinlanadi. U professor Dolores Umbridge edi. Umbridge tezda Harry bilan toʻqnashadi va uni Voldemortning qaytishi haqidagi yolgʻon soʻzlarni tarqatishda ayblaydi. Umbridge Harryni jazolash maqsadida sehrli pat bilan qogʻozga yozishga majbur qiladi. Harry qogʻozga,,Men yolgʻon gapirmaymanʼʻ deb yozadi va biroz muddatdan soʻng, uning qoʻlida xuddi shu koʻrinishdagi soʻzlar ogʻriqli paydo boʻladi. Harryning eng yaqin doʻstlari boʻlmish Hermione Granjer va Ron Weasleyning jon kuydirishlariga qaramay, Harry yozdan beri sirli ravishda yoʻqolgan Dambledorega Umbridgening jazosi toʻgʻrisida xabar berishdan bosh tortadi. Umbridege maktab ustidan nazoratni kuchaytirar ekan, Harry, Hermione va Ron oʻzlarini,,Dambledore Otryadiʼʻ deb nomlagan oʻquvchilar bilan birgalikda Voldemortga qarshi himoya afsunlarini oʻrgatadigan maxfiy guruh tuzadilar. Bu orada Harry va Cho Chang bir-biriga nisbatan romantik tuygʻularni rivojlantiradilar.
Harry Voldemort bilan sirli aloqada boʻlib, tushida Arthur Weasleyga hujum qilinishini koʻradi va buni darhol Dumbledorega xabar qiladi. Keyin Arthur Weasley qutqarilib qolinadi. Dumbledore, Voldemortning Harry bilan bu aloqadan foydalanishidan xavotirga tushib, Severus Snapega Voldemortning taʼsiridan oʻz ongini himoyalash uchun Harryga bu boʻyicha dars berishni buyuradi. Bu esa Harryni doʻstlaridan uzoqlashtirishga majbur qiladi. Shu bilan birga, Siriusning qarindoshi,,Ajal kasofatlariʼʻ aʼzosi Bellatrix Lestrange va boshqa toʻqqiz nafar Ajal kasofatlari bilan birgalikda Azkabandan qochib ketadi. Hogwartsda Umbridge va uning „Inkvizitorial guruhi“i Choni haqiqatni ayttiradigan Veritaserum ichishga majburlab, Dumbledore Otryadini fosh qiladilar. Keyin Fudge Dumbledoreni hibsga olishga buyruq berganida, Dumbledore qochib ketadi. Umbridge esa yangi bosh direktorga aylanadi.
Harryning Choni kechirishdan bosh tortishi ularning munosabatlari buzilishiga olib keladi. Harry otasi James Snapeni tez-tez masxara qilganlarini Snapening xotiralaridan bilganidan keyin, Occlumency darslar tugaydi. Tushida Sirius Voldemort tomonidan qiynoqqa solinayotganini koʻrgan Harry, Ron va Hermione Ambrijning kaminiga shoshilib, Floo Network orqali buyurtma berishadi, lekin uni ushlashadi. Garri sirli til orqali vaziyat haqida Sneggni ogohlantiradi, ular esa oʻz navbatida Buyurtmani ogohlantiradilar. Umbridge Harryni oʻquvchilarga qoʻllash taqiqlangan qargʻishdan foydalanish bilan tahdid qilganida, Hermione Umbridgega Dumbledorening „yashirin quroli“ bor deb yolgʻon gapiradi. Keyin Hermione va Harry Umbridgeni Rubeus Hagridning ulkan ukasi Grafning taqiqlangan oʻrmonda joylashgan yashirin joyiga olib boradilar. U yerda Umbridge kentavrlarga hujum qiladi. Ammo, Umbridge Graf tomonidan magʻlubiyatga uchratiladi va kentavrlar tomonidan olib ketiladi.
Harry, Hermione, Ron, Ginny Weasley, Luna Lovegood va Neville Longbottom Siriusni qutqarish uchun Sehrgarlik vazirligiga uchar supurgilar yordamida uchib ketishdi. Oltovlon sirlar boʻlimiga kirishadi va Voldemortga aloqador boʻlgan shisha bashoratni ochishadi. Biroq, ular Lucius Malfoy va Bellatrix boshchiligidagi Ajal kasofatlari guruhi tomonidan pistirmaga tushishadi. Luciusning aytishicha, Harry Siriusning qiynoqqa solinayotgani haqidagi tushni koʻrgan, bu esa Harryni Death Eaterʼning tuzogʻiga tushirish uchun qoʻl kelgan. Harry Luciusga bashoratni berishdan bosh tortib, Dumbledore Otryadi bilan Ajal kasofatlari oʻrtasida jang keltirib chiqardi.
Ajal kasofatlari Harryning doʻstlarini tutib olishadi va Harryni bashoratni bermasa, ularni oʻldirish bilan tahdid qiladi. Keyin Feniks jamiyati kelib, Death Eastersga hujum qilishadi. Bu Luciusning bashoratni yoʻq qilishiga olib keladi. Sirius Luciusni yengganida, uni Bellatrix oʻldiradi. Keyin Voldemort paydo boʻladi, ammo Dumbledore Floo Network orqali uning Harryni oʻldirishidan oldin keladi. Voldemort va Dumbledore oʻrtasida jang boʻlib, unda Bellatrix qochib ketadi. Keyin Voldemort Harryning tanasiga kirib, uning ongiga ogʻriqli va kuchli taʼsir koʻrsatadi. Harry Dumbledorening koʻz oʻngida halok boʻlayotgan edi, lekin Harry doʻstlari va Sirius haqida oʻylab, Voldemortni uning tanasidan chiqib ketishiga muvaffaq boʻladi.
Vazirlik xodimlari Voldemort ketishidan avval kelishadi va Voldemort qaytganligiga ishonch hosil qilishadi; Fudge Voldemortning qaytishini tan olishga majbur boʻlib, sharmandali tarzda ishdan boʻshatiladi. Umbridge Hogwartsda egallab turgan lavozimidan ozod etiladi va Dumbledore direktor sifatida yana qaytadi. Dumbledorening Harryga aytishicha, butun bir yil davomida u Harrydan uzoqlashdi, chunki bu Harry va Voldemort oʻrtasidagi bogʻlanishdan Voldemort xavfini kamaytirish maqsadida edi. Keyin Harry Dumbledorega bashoratni aytadi: „Ikkinchisi tirik boʻlsa, boshqa biri yashay olmaydi“.
Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Daniel Radcliffe roli Harry Potter:
- Goʻdaklik davrida ota-onasining Voldemort qoʻlidan oʻlim topishida, oʻzi omon qolgani bilan mashhur boʻlgan 15 yoshli britaniyalik sehrgar, hozirda „Hogwarts jodugarlik va sehrgarlik maktabi“da beshinchi kursida tahsil oladi. Harry ushbu film davomida, oʻzi va Lort Voldemort bilan bogʻliq bashoratni bilmoqchi boʻladi.
- Rupert Grint roli Ron Weasley:
- Harryning Hogwartsdagi eng yaqin doʻsti boʻlib, oʻzi, Harry va Hermionedan tashkil topgan uchlik bilan film davomida koʻplab xatarli sarguzashtlarda birga boʻlishadi. Ushbu qahramon filmda anqov sifatida tasvirlanadi.
- Emma Watson roli Hermione Granger:
- Harryning Hogwartsdagi eng yaqin doʻsti boʻlib, oʻzi, Harry va Rondan tashkil topgan uchlik bilan film davomida koʻplab xatarli sarguzashtlarda birga boʻlishadi. U, shuningdek, ushbu uchlik ichida eng aqllisi sanaladi.
- Bellatrix „Ajal kasofatlari“ aʼzosi boʻlib, Lord Voldemortga xizmat qiladi hamda Sirius Blackning jiyani hisoblanadi.
- Robbie Coltrane roli Rubeus Hagrid:
- yarim gigant qoʻriqchi hamda Hogwartsdagi gʻamxoʻr oʻqituvchi. U Feniks jamiyati aʼzosi sanaladi.
- Ralph Fiennes roli Lord Voldemort:
- Sehrgarlar dunyosini zabt etishni maqsad qilgan qora sehrgan hamda „Ajal kasofatlari“ yoʻlboshchisi.
- Afsonaviy Hogwarts maktabi direktori hamda Feniks jamiyati aʼzosi.
- Brendan Gleeson roli Mad-Eye Moody:
- Feniks jamiyati aʼzosi.
- Harryning togʻasi
- Jason Isaacs roli Lucius Malfoy:
- Avf etilgan „Ajal kasofatlari“ aʼzosi. Aslida esa, u yashirin tarzda yana qayta „Ajal kasofatlari“ tuzilishi istagida boʻlib, bu guruhga xizmat qiladi.
- Gary Oldman roli Sirius Black:
- Harryning choʻqintirgan otasi hamda Feniks jamiyati aʼzosi.
- Alan Rickman roli Severus Snape:
- Hogwartsda oʻqituvchi hamda Slytherin rahbari.
- Fiona Shaw roli Petunia Dursley:
- Harryning xolasi
- Hogwartsda oʻqituvchi hamda Feniks jamiyati aʼzosi.
- Avval Sehrgarlik vazirligida faoliyat yuritgan Qora sanʼatdan himoyalanish boʻyicha yangi oʻqituvchi.[9] Dumbledore, Sehrgarlar vazirligi tomonidan „xoyin“ deb topilganidan keyin, uning oʻrnini egallaydi hamda Hogwarts maktabidagi direktorlik faoliyati davomida, sehrdan foydalanishni taqiqlab qoʻyadi.
- David Thewlis roli Remus Lupin:
- Harryning qora sanʼatga qarshi kurashish boʻyicha sobiq oʻqituvchisi hamda Feniks jamiyati aʼzosi.
- Hogwartsda oʻqituvchi
- Julie Walters roli Molly Weasley:
- Weasley matriarxi va Harry uchun ona figurasi, shuningdek, Feniks jamiyati aʼzosi.
Ishlab chiqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ishlab chiqish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Feniks jamiyati filmining suratga olish jarayonlari 2006-yil 6-fevralda boshlangan va 2006-yil dekabrda nihoyasiga yetgan. Film rejissori — David Yates. Dastlab, film produserlari joriy filmning prikveli hisoblanmish Harry Potter va Alanga kubogi filmiga rejissorlik qilgan Mike Newellning ushbu filmda ham rejissor boʻlishi haqda oʻylashgan. Biroq, Newell bu taklifni rad etishga majbur boʻldi, chunki u Love in the time of Cholera filmiga qiziqish bildirgan edi. David Yatesning film haqidagi fikrlari quyidagicha:
“ | Bu hikoya aktyorlar ulgʻaygan va hamma narsa murakkabroq boʻlgan paytda sodir boʻlishi men uchun hayajonli. Bu dunyo qanchalik qiyin va murakkab boʻlishi mumkinligi va baʼzida oʻzingizni qanday yaratishingiz kerakligi haqidadir. Qisqacha aytganda, ushbu filmning hikoyasi J. K. Rowling qalamiga mansub kitoblarga asoslangan boʻlib, sehrlar va zavqli sahnalar hamda avvalgi filmlarda boʻlgan ajoyib va aql bovar qilmas narsalarning birlashmasidir; film biroz murakkabroq mavzular va gʻoyalarni oʻz ichiga oladi va kattalarga koʻproq mos keladigan narsalarga tegishli sanaladi.[10] | ” |
Bu film ssenariysini avvalgi toʻrtta filmning ssenariynavisi boʻlgan Steve Kloves yozmagan. Sababi, Kloves oʻsha paytdagi boshqa loyihalarga qiziqishi bilan izohlangan. Shuning uchun Michael Goldberg film ssenariysini kitobdan filmga moslashtirdi. Klovesning Harry Potterning navbatdagi filmi hisoblanmish Harry Potter va Tilsim shahzodasi filmiga qaytishi maʼlum qilindi.[11]
Avvalgi filmlarda suratga olingan sahnalarni yaratgan Stuart Craig ushbu filmda xuddi shu vazifani oʻz zimmasiga oldi. Uning filmdagi eng muhim dizayni — Sehrgarlik vazirligi binosi boʻlib, u avvalgi filmlarda namoyish etilmagan. Binoning uzunligi 70 metrni tashkil etadi. Bu uni barcha Potter filmlarining eng katta toʻplamiga aylantiradi.[12]
Ushbu filmning soundtrackini birinchi uchta film uchun soundtrack yaratgan John Williams va toʻrtinchi film uchun soundtrack yaratgan Patrick Doyledan soʻng, Nicholas Hooper yaratdi. Hooper maʼlum boʻlgan musiqalar asosida turli xil oʻzgarishlarni amalga oshirib, filmga hissa qoʻshdi. Masalan, John Williams tomonidan yaratilgan „Hedwigʻs Theme“ musiqasi ushbu filmda avvalgi har bir filmdagi kabi namoyish etilgan. Filmda namoyish etilgan musiqiy qismlar London Kamera Orkestri tomonidan 2005-yil dekabr va 2006-yil yanvar oylarida ijro etilgan va Abbey Music Studios (London) ovoz yozib olish studiyasida yozib olingan. Ushbu film musiqalarida dahshatli mavzular ham mavjud, chunki bu filmda boshqa filmlarga qaraganda dahshatli va qoʻrqinchli sahnalar koʻproq hisoblanadi. Ayniqsa, Dolores Umbridge va Lord Voldemort ishtirokidagi sahnalarda musiqa mavzuni samarali tarzda namoyon etadi. Shuningdek, anʼanaviy yapon Tayko janglari tovushlarning chuqurligini taʼminlash va musiqani taʼsirchan qilish uchun ishlatilgan.[13] Soundtrackni oʻz ichiga olgan musiqiy albom 2007-yil 10-mayda, film premyerasidan 3 kun oldin chiqarilgan.[14]
Filmda oʻynagan aktyorlar soʻnggi jang sahnasiga tayyorgarlik koʻrayotganda sehrli tayoqchalarni silkitish boʻyicha saboq olishdi. Raqs boʻyicha xoreograf Paul Harris turli sehrlar uchun turli xil harakatlarni ishlab chiqdi. U asosiy harakatlanish diapazonini aniqlashdan tashqari, aktyorlar bilan alohida jang uslublarini yaratishda ham birga ishlagan. Hermione Granger rolini oʻynagan Emma Watson jangovar sahnalar uchun intervyuda shunday deydi:
“ | Bu juda qiziqarli edi. Harakatlar jangovar sahnani avvalgidan koʻra dinamikroq koʻrinishga keltirdi.[15] | ” |
Film muharriri — Mark Day. Kinematografiya bilan esa, Slawomir Idziak shugʻullangan.[16] Kostyumlar boʻyicha dizayner Jany Temime, vizual effektlar boʻyicha rahbarlar — John Richarson, Tim Burke va Nick Dudman.[17] Filmdagi yangi personajlardan biri, Hagridning ukasi hisoblanmish — dev Grawp, Image Metrics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan texnikadan foydalangan holda filmda paydo boʻldi.[18] Ilgari David Yates bilan bir necha bor ishlagan xoreograf Paul Harris aktyorlar tarkibiga qoʻshilib, personajlarning harakatlarini tahrirlash hamda tayoq yordamida qilingan sehrlar kabi sahnalarda baʼzi yangiliklarni amalga oshirdi.
Feniks jamiyati video-oʻyini Electronic Arts kompaniyasi tomonidan ishlab chiqildi. Kompaniya, oʻyinning chiqish sanasi filmning chiqishidan bir hafta oldin ekanligini eʼlon qildi.[19]
The Scotsman filmning budjeti 75 million funt sterlingni (taxminan, 1.006 trillion soʻm) tashkil etganini eʼlon qildi.[20]
Dastlabki toʻrtta filmning suratga olish sahnalarini yaratgan Stuart Craig ham ushbu filmdagi toʻplamlarni yaratgan.[12] Sehrgarlik vazirligining 70 metr balandlikdagi kirish zali Harry Potter filmlar seriyasidagi eng katta va eng qimmat toʻplam boʻlib, uni yopish uchun 30 ming dona alohida joylashtirilgan plitkalardan foydalanilgan. Boshqa tomondan, katta ekranda, vizual effektlar tufayli zal asl koʻrinishidan kattaroq koʻrinadi.[12] Produser-dizayner Stuart Craig vazirlikning katta zalining bezaklarini „Fudgening sovet uslubidagi propaganda posteri“ deb taʼriflaydi. Vazirlikda faoliyat yurituvchi Arthur Waesley vazirlikka kirishda foydalanidigan London markazida joylashgan sehrli eshik, ayrim sabablarga koʻra oddiy telefon kabinasi shaklida edi. „Sehrgarlik vazirligini Muggle vazirliklari tarkibiga kiritish qiziqarli boʻlardi“, — deydi produser Craig, „shuning uchun biz telefon kabinasini Mudofaa vazirligiga juda yaqin boʻlgan piyodalar yoʻlagiga oʻrnatdik. Shu sababli Mugglelar bilmasa ham, Sehrgarlik vazirligi Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligiga boʻysunadi“.[10]
Harry Potterning Sehrgarlik vazirligidagi sud jarayoni Igor Karkaroffning Alanga kubogi filmidagi sahnasiga sodiq qolish orqali yanada yaxshilandi.[21] Ishlab chiqaruvchilar Rowlingdan Grimmauld maydonidagi 12-uyda joylashgan uchta devorni egallagan Blacklarning oilaviy shajarasi uchun tafsilotlarni soʻrashdi. Rowling ishlab chiqaruvchilarga javoban, har bir oila aʼzosining ismi va tugʻilgan sanasini oʻz ichiga olgan „Black oilasi“ shajarasini faks orqali yuborgan.[22]
Bundan tashqari, Dolores Umbridgening xonasini Stuart Craig va uning jamoasi pushti ranglarda bezatishgan va bezashda toʻr, baxmal va mayda bezaklardan foydalanishgan. Ular mebel dizaynida fransuzcha uslubni afzal koʻrishdi. Umbridgening xonasidagi eng koʻzga koʻringan xususiyat — bu mushukchaning surati aks ettirilgan devorlaridagi 200 ta likopchalardir. Ushbu mushukchalarning baʼzilari ovozli va harakatlanishadi.[10]
Harry va uning doʻstlari Sehrgarlik vazirligining bashoratlar boʻlimiga kelganlarida, D.O. (Dumbledore otryadi) ga aʼzo boʻlgan baʼzi Harryning doʻstlari, u bir necha oydan beri orzu qilgan bashoratlar zaliga yoʻl olishdi. Kitobga binoan, ushbu bashoratlar xonasi har biri shisha sharga qoʻyilgan, soʻngra qator-qator javonlarda joylashgan behisob bashoratlar bilan toʻldirilgan keng xona koʻrinishida tasvirlangan. Stuart Craig ularning asl rejasi „aslida 15 000 dona shisha shar ishlab chiqarish va ularni shisha javonlarga joylashtirish“ ekanligini aytdi. Biroq, keyinchalik ular javonlar buzilsa, toʻldirish uchun yangi javonlarni tayyorlash va sharlarni oʻrnatish uchun bir necha hafta vaqt kerakligini tushunib yetishdi. Shuning uchun ham barcha sahnalar yashil fon oldida suratga olingan. Aktyorlar qayerga yugurishini koʻrsatadigan yorugʻ yashil lenta polga yopishtirilgan. Shunday qilib, bashoratlar zali Harry Potter filmidagi toʻliq kompyuter grafikasida yaratilgan birinchi toʻplam sifatida qayd etildi.[10]
Vizual effektlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Filmda Tim Burke vizual effektlar boʻyicha supervizor, John Richardson maxsus effektlar boʻyicha supervizor hamda Nick Dudman jonzotlar effektlari boʻyicha supervizor boʻlgan.[23] Filmda 1 400 dan oshiq vizual effekt ishlatilgan. Kentavrlar ishtirok etgan sahnalar suratga olinayotganda, aktyorlar kentavrlar oʻrniga tayoqlarga yopishtirilgan sharlar, karaton modellari va maxsus koʻk liboslar kiygan odamlar oldida harakat qilishdi. Chunki, filmdagi jonzotlar butunlay kompyuter grafikasi yordamida yaratilgan hisoblanadi.[24]
Film effektlari ustida ish olib borgan kompaniyalardan biri boʻlgan Double Negative, 250 kishilik xodimlar bilan birgalikda taqiqlangan oʻrmon, Hogwarts, ehtiyojlar xonasi, bashoratlar zali va Patronus afsunini suratga olishda ishlagan. Ushbu sahnalarni suratga olish jarayonlari 19 hafta davom etdi. Yashil fon oldida olingan aktyorlar sahnalari kadrlari maxsus qoʻl kamerasi bilan yozib olingan.[25]
Hagridning dev oʻgay ukasi Grawp ushbu filmning yangi qahramoni sifatida paydo boʻldi. Shuningdek, Tony Maudsleyning imo-ishoralari va yuz ifodalari Grawpning harakatlarini amalga oshirishda ishlatilgan.[24][26]
Kasting[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kasting 2005-yil may oyidayoq, Radcliffe Harry rolini oʻynashi maʼlum boʻlganida boshlangan.[27] Harry Potter va Alanga kubogi filmi chiqarilgandan keyin yuz bergan ommaviy axborot vositalarining tanqidlariga qaramay, aksariyat asosiy aktyorlar ushbu filmga qaytishlarini eʼlon qilishdi. Yuqorida aytib oʻtilgan aktyorlarga, Grint, Watson, Lewis, Wright, Leung va Fienneslarni kiritib oʻtishimiz mumkin.[28][29][30][31][32][33]
Suratga olish sahnalari olib borilgan joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Leavesden studiyasida hamda Watforddagi Privet Drive, Grimmauld maydonida filmning koʻplab sahnalari suratga olingan sanaladi.[34][35][36]
Harry va Feniks jamiyati aʼzolari Temza daryosi boʻylab Grimmauld maydonida joylashgan Feniks jamiyati bosh shtab-kvartirasi tomon uchib ketayotganlarida London Eye, Canary Wharf, Big Ben, Buckingham saroyi va HMS Belfastni ham koʻrishingiz mumkin.[37][38][39][39][40] 9¾ platformasi esa avvalgi filmlardagi kabi Kingʻs Cross stadionida suratga olingan.[41]
Ochiq osmon ostidagi sahnalarni suratga olish uchun Shotlandiyaning turli joylaridan foydalanilgan. Film uchun muhim boʻlgan sahnalar, Shotlandiyaning Fort-William shahri kitobda aytib oʻtilgan „qorli togʻlar va tor vodiylar“ uchun ishlatilgan.[42] Hogwarts Express oʻtadigan vodiylar uchun esa Glenfinnan shahri avvalgi filmlarda boʻlgani kabi ishlatilgan.[43] Ochiq osmon sahnalari Shotlandiyaning Glen Coe, Clachaig Gully[43] va Glen Etive shaharlarida olingan. The Scotsman nashriyotida chop etilgan maqolaga koʻra, 2006-yilda Shotlandiyada suratga olingan ochiq sahnalar uchun produserlar 50 000 funt sterling sarflashgan sanaladi.[44]
Relizi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Marketing[tahrir | manbasini tahrirlash]
Filmning ilk treyleri 2006-yil 17-noyabrda chiqarildi hamda Warner Bros. Picturesning yana boshqa filmi — Quvnoq oyoqchalar kartinasi bilan birgalikda ommaga havola etildi. Bu film, 2006-yil 20-noyabrda Quvnoq oyoqchalar filmi bilan onlayn tarzda namoyish etildi.[45] Xalqaro treyler esa ilk marotaba 2007-yilning 22-aprelida soat 14:00 UTC da onlayn tarzda namoyish qilindi.[46] 2007-yil 4-mayda esa Spider-Man 3 filmi treyleri namoyish etildi.[47]
Internetda Harryning oltita sinfdoshi, jumladan Hermione Granger hamrohligi aks etgan uchta poster ommaviy axborot vositalarida munozaralarga sabab boʻldi. Film ishlab chiqaruvchilar, filmning IMAX versiyasini targʻib qilishgan boʻlsa-da, film posteri munozaralarga sabab boʻldi. Munozaralar sababi shunda edi-ki, Emma Watson jonlantirgan Hermione personaji, film posterida uning koʻkragi kompyuterda tahrir qilinganligi sababli egri boʻlib qolgan. The Leaky Cauldron saytining veb-maʼmuri Melissa Anelli shunday deb yozgan edi:[48]
EA UK tomonidan ishlab chiqilgan Harry Potter va Feniks jamiyati nomli videooʻyin versiyasi 2007-yil 25-iyunda chiqarildi.[49] Lego ham Hogwartsning modeli hisoblangan bir dona toʻplamni ishlab chiqardi, bu hozirga qadar ushbu film uchun eng past toʻplamdir.[50][51]
Kinoteatrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Warner Bros. kompaniyasi filmni Buyuk Britaniyada 2007-yil 12-iyulda, Shimoliy Amerikada esa 11-iyulda anʼanaviy va IMAX formatdagi kinoteatrlarida namoyish etdi. Shuningdek, ushbu film IMAX 3D formatida chiqarilgan ilk Potter haqidagi film sanaladi.
Kitob bilan film orasidagi farqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Harry Potter va Feniks jamiyati — Harry Potter romanlari turkumiga kiruvchi, J. K. Rowling qalamiga mansub 766 betlik beshinchi kitob. Garchi William Melling oʻynagan Nigel obrazi kitobda mavjud boʻlmasa-da, filmda kameo tarzda rol oʻynaydi. Xuddi shuningdek, Ryan Nelson jonlantirgan Slightly Creepy obrazi ham filmda koʻrinish bergan.[52] Bundan tashqari, Harryning Rita Skeeter bilan suhbati, Harry, Weasley va boshqalarning avtobus bilan Hogwartsga borishlari, Dobby ishtirokidagi sahnalar, Quidditch sahnalari va Slytherin oʻquvchilarining „Qirolimizsan Weasley“ qoʻshigʻi singari sahnalar filmga kiritilmagan. Shuningdek, Cho Chang filmda Harry yoqtirgan qiz sifatida tasvirlangan; Biroq, u kitobda Harryning doʻsti. Hermione, Ron ve Draconing oʻquvchilar prezidenti etib saylanishi filmda qayd etilmagan.[53]
Kitobda mavjud boʻlib, filmda mavjud boʻlmaganlar: Siriusning ukasi Regulus Black, Sirius bergan oyna va Sirius Blackning onasining portreti filmda batafsil tilga olinmagan, ammo uy elfi sanalgan Kreacher, u bilan portretida suhbatlashgan.[53]
Daromadi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Film katta ekranlarga chiqqanidan buyon ikki hafta ichida dunyo boʻylab $558 million yigʻishga muvaffaq boʻldi.[55] Film 11-iyul, chorshanba kunida 29 ta mamlakatda $29.2 millionlik ochilish bilan xalqaro kassa rekordlarini qoʻlga kiritdi. Film Gollandiya va Belgiyada ochilish boʻyicha eng yuqori daromadli film boʻldi; Fransiya, Italiya va Braziliyada esa ochilish boʻyicha ikkinchi eng yuqori daromadga erishdi. Shuningdek, Warner Bros. Pictures ushbu filmni kunlik eng yuqori daromadli va Harry Potter filmlar seriyasining shu kunga qadar eng yuqori daromadli fimi sifatida qayd etdi.[56]
Harry Potter va Feniks jamiyati Amerika Qoʻshma Shtatlarida $280.8 million (140.1 million funt sterling) va Buyuk Britaniyada $92.7 million dollar (46,2 million funt sterling) jamgʻardi. Bu daromad koʻrsatkichi AQShda eng yuqori daromadli Potter filmlari orasida uchinchi va Buyuk Britaniyadagi esa eng yuqori daromadli Potter filmi boʻldi. Boshqa mamlakatlarda, ushbu kartina $502.3 million (253.5 million funt sterling) yigʻdi. Film butun jahon boʻylab jami $874.8 milliondan oshiq mablagʻ jamgʻarishga muvaffaq boʻldi.[57] Bundan tashqari, film katta ekranlarga chiqqanining 54-kunida jahon boʻylab topgan daromadi $928 millionni tashkil etdi.[25]
Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Izohlar va fikrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Film haqidagi sharhlar — ijobiydir. Britaniyaning The Telegraph gazetasi filmni „eng dahshatli va eng yaxshi film“ deb talqin qildi.[58] New York Daily News gazetasi bu filmga 4 ta yulduzdan 4 ta yulduzni berdi va „Tomoshabinlar, Potter filmlariga rejissorlik qilgan Yatesni, J. K. Rowlingning bepoyon olamini ehtiyotkorlik va ehtirom bilan aks ettirganidan bagʻoyatda xursand boʻlishadi“ deya taʼkidladilar.[59] The Sunday Mirror ushbu filmga 5 ta yulduzdan 4 ta yulduz berdi va filmni „eng dahshatli va zavqli film“ deya taʼrifladi.[60] Film olamiga oid yangiliklarni nashr etuvchi The Empire jurnalining avgust oyidagi sonida esa bu film „eng hayajonli va jangari sahnalarga boy film“ sifatida taʼkidlandi.[61] MTV musiqiy kanali veb-saytida chop etilgan maqolada, Harry Potter va Feniks jamiyati filmi Oʻrgimchak-odam 3 va Fantastik toʻrtlik singari kabi mashhur filmlar roʻyxatiga kirmasdan oʻlaroq, koʻp tomosha qilinadigan birinchi raqamli film sifatida tanlangan.[62] Londonda nashr etiladigan Times gazetasi taʼkidlashicha, uchta asosiy aktyor oʻz qahramonlarining his-tuygʻularini toʻliq ifoda eta olmaganidan hafsalasi pir boʻlgan va bu kamchilik filmning eng zaif nuqtasi boʻlgan.[63]
Rolling Stone jurnali uchta asosiy aktyorning muvaffaqiyatini, ayniqsa Radcliffe jonlantirgan rolni taqsinga loyiq deb, quyidagicha taʼriflagan: „Filmning eng yoqimli qismlaridan biri — Daniel Radcliffe tomoshabinlar oldida Harry obrazida oʻsib ulgʻaygan. Har doim dahshatli tushlar qahramonni yanada chuqurlashtirdi. Yumshoqlikdan dahshatgacha boʻlgan barcha muhim narsalarga teginish Daniel uchun shov-shuvli ijrodir“. Bundan tashqari, Rolling Stone jurnali oʻz sharhida film avvalgi toʻrtt filmdan yaxshiroq boʻlganligini taʼkidlagan.[64]
Harry Potter va Feniks jamiyati filmlar va televizion seriallar, aktyor-aktrisalar va televizion shoularlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasi hisoblanmish IMDbda 44 657 ta ovoz bilan 10 dan 7,7 ni oldi.
Film 9 ta nominatsiya boʻyicha Saturn mukofotiga nomzod boʻlgan. Bular eng yaxshi rejissor, eng yaxshi fantastika janridagi film, eng yaxshi kostyum, eng yaxshi makiyaj, eng yaxshi musiqa, eng yaxshi yosh aktyor (Daniel Radcliffe), eng yaxshi vizual effektlar, eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa (Imelda Staunton) va eng yaxshi ssenariy nominatsiyalaridir. Shuningdek, film 2008-yildagi BAFTAning „Eng yaxshi maxsus effektlar“ va „Eng yaxshi produser dizayni“ nominatsiyalarida nomzod boʻlgan.
Yil | Natija | Mukofot | Turkum | Izohlar |
---|---|---|---|---|
2007 | Nominatsiya | MTV Film mukofotlari | Best Summer Movie You Havenʼt Seen Yet | Bu turkum ilk marotaba 2007-yilda ochilgan. |
2007 | Yutuq | Golden Trailer mukofotlari | 2007-yilgi eng yaxshi treyler | |
2007 | Yutuq | National Movie Awards | Eng yaxshi oilaviy film | Shuningdek, Emma Watson va Daniel Radcliffe „eng yaxshi aktyor va aktrisa“ nominatsiyalariga loyiq topildi. |
2007 | Yutuq | Teen Choice mukofotlari | „Drama va sarguzasht janridagi eng yaxshi film“ | |
2007 | Nominatsiya | SCREAM 2007 | Spike TV tomonidan SCREAM 2007 mukofotlari internet orqali amalga oshirildi. | |
2007 | Nominatsiya | World Soundtrack Discovery Award | Natijalar 20-oktabr kuni Belgiyaning Gent shahrida eʼlon qilindi. | |
2007 | Nominatsiya | Hollywood mukofotlari | Yilning Hollywood filmi | Taqdirlash marosimi 23-oktabr kuni boʻlib oʻtdi. |
2007 | Nominatsiya | BAFTA mukofoti (bolalar uchun) | Eng yaxshi film | Taqdirlash marosimi 21-noyabr kuni Londonda boʻlib oʻtdi. |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „HARRY POTTER AND THE ORDER OF THE PHOENIX (2007)“. AFI Catalog of Feature Films. Qaraldi: 24-iyul 2018-yil.
- ↑ „Harry Potter and the Order of the Phoenix (12A)“. British Board of Film Classification (24-may 2007-yil). Qaraldi: 27-dekabr 2015-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „Harry Potter and the Order of the Phoenix (2007)“ (inglizcha). British Film Instirtute. Qaraldi: 18-oktabr 2017-yil.
- ↑ Cornwell, Tim. „Oscars signal boom (except for Scots)“. The Scotsman (24-yanvar 2007-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2007-yil.
- ↑ Haun, Harry. „Harry the Fifth“. Film Journal International (20-iyun 2007). 4-avgust 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-iyun 2007.
- ↑ 6,0 6,1 „Harry Potter and the Order of the Phoenix (2007)“. Box Office Mojo. Internet Movie Database. Qaraldi: 31-iyul 2020.
- ↑ „Worldwide Openings“. Box Office Mojo. Qaraldi: 21-dekabr 2015-yil.
- ↑ „2007 Worldwide Grosses“. Box Office Mojo (6-mart 2008-yil).
- ↑ „Top actress "will play Umbridge"“. BBC (21-oktabr 2005-yil). Qaraldi: 23-oktabr 2006-yil.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 10,3 „Harry Potter va Feniks jamiyati“. Ntvmsnbc (10-avgust 2007). Qaraldi: 12-avgust 2007.
- ↑ „Screenwriter will sit out one 'Potter'“. 2-yanvar 2008da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-iyun 2007.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 „New Interactive OotP Set Preview Photos on MSNBC“. The Leaky Cauldron (9-fevral 2007). Qaraldi: 11-fevral 2007.
- ↑ „"Hooper writes new themes for Potter“. 24-oktabr 2007da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-iyun 2007.
- ↑ „Order of the Phoenix“ Soundtrack Due July 10
- ↑ National Geographic KIDS jurnalining may soni (23-sahifa).
- ↑ Warner Bros. (2-avgust 2006-yil). „Helena Bonham Carter Joins the All-Star Cast and Nicholas Hooper Signs on to Compose the Score of Warner Bros. Pictures' Harry Potter and the Order of the Phoenix“. Press-reliz. 13-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-oktabr 2006-yil.
- ↑ „About Paul Harris“. PaulHarris.uk.com. 28-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-may 2007-yil.
- ↑ Grawp to be Live Actor Animated Character in OotP
- ↑ „Trick Out Your Broom“ at OotP Video Game Preview Events
- ↑ Oscars signal boom (except for Scots)
- ↑ Newgen, Heather. „Harry Potter 5 Set Visit - Production Designer Stuart Craig“. ComingSoon.net (25-yanvar 2007). Qaraldi: 26-iyun 2007-yil.
- ↑ „"Empire" Magazine Feature on OotP“. The Leaky Cauldron (24-may 2007-yil). Qaraldi: 26-iyun 2007-yil.
- ↑ „Order of the Phoenix Filming“. HP4U News (2-avgust 2006). Qaraldi: 23-noyabr 2006.
- ↑ 24,0 24,1 Bielik, Alain. „Order of the Phoenix: Escalating Potter VFX -- Part 1“. VFX World (1-avgust 2007). Qaraldi: 2-avgust 2007.
- ↑ 25,0 25,1 „Harry Potter filmlar seriyasining beshinchi filmida foydalanilgan effektlar“. HPFF.net (22-avgust 2007). Qaraldi: 22-avgust 2007.
- ↑ Waxman, Sharon. „Cyberface: New Technology That Captures the Soul“. The New York Times (15-oktabr 2006), s. E1.
- ↑ Puig, Claudia. „There's no looking back“. USA Today (3-may 2005-yil). Qaraldi: 23-oktabr 2006-yil.
- ↑ „NR chats to GOF's Rupert Grint“. BBC (16-noyabr 2005-yil). Qaraldi: 23-oktabr 2006-yil.
- ↑ „NR chats to GOF's Emma Watson“. BBC (16-noyabr 2005-yil). Qaraldi: 23-oktabr 2006-yil.
- ↑ „Matthew Lewis: Online Q&A session“. MuggleNet (25-avgust 2005-yil). 8-noyabr 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-oktabr 2006-yil.
- ↑ „Bonnie Wright as Ginny Weasley in Harry Potter and the Goblet of Fire“. Schosonic News (26-noyabr 2005-yil). Qaraldi: 23-oktabr 2006-yil.[sayt ishlamaydi][sayt ishlamaydi]
- ↑ „What Katie did“. The Star (Malaysia) (16-noyabr 2005-yil). 2-dekabr 2005da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-oktabr 2006-yil.
- ↑ „Ralph Fiennes on Lord Voldemort“. ComingSoon.net (9-avgust 2005). 18-oktabr 2006da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-oktabr 2006.
- ↑ „Sunrise Behind the Scenes of Order of the Phoenix“. The Leaky Cauldron (4 mart). 24-oktabr 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-oktabr 2006.
- ↑ „New Privet Drive Set Photos from OotP“. The Leaky Cauldron (4-yanvar 2006). Qaraldi: 24-fevral 2007.
- ↑ „Leaky Mug: Order of the Phoenix Set Report“. The Leaky Mug (24-noyabr 2006). Qaraldi: 24-fevral 2007.[sayt ishlamaydi][sayt ishlamaydi]
- ↑ „Yates comments on OOTP hold-up“. MuggleNet (27-may 2005-yil). 2-noyabr 2007da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-yanvar 2006.
- ↑ „Harry Potter and the Order of the Phoenix Film Locations“ (deadlink). London Taxitour. 8-iyul 2013da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-fevral 2006.
- ↑ 39,0 39,1 „Harry Potter and the Order of the Phoenix: Trailer“ (deadlink). Warner Bros.. 10-iyul 2015da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-yanvar 2006.
- ↑ „Harry Potter and The Order of the Phoenix HBO sneak peek.“. HBO via YouTube. 23-yanvar 2015da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-yanvar 2006.
- ↑ „Kings Cross, Sunday Sept 3rd“. HP4U News (9-iyul 2006). Qaraldi: 24-noyabr 2006.
- ↑ Twinch, Emily. „Ski Sunday as snow blankets Scotland“. The Daily Telegraph (7 mart). 27-aprel 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1 nisan 2007.
- ↑ 43,0 43,1 „Harry Potter 5 Filming in the West Highlands“. ComingSoon.net (25-may 2006-yil). Qaraldi: 23-yanvar 2006.
- ↑ Cornwell. „Oscars signal boom (except for Scots)“. The Scotsman (24-oktabr 2007). Qaraldi: 24-oktabr 2007.
- ↑ „Order of the Phoenix Trailer to Show on Happy Feet Website Monday 20 November at 3:00 pm (EST)“. The Leaky Cauldron (17-noyabr 2006-yil). Qaraldi: 20-noyabr 2006-yil.
- ↑ „New International Trailer for "Harry Potter and the Order of the Phoenix"“. The Leaky Cauldron (22-aprel 2007-yil). Qaraldi: 22-aprel 2007-yil.
- ↑ Puig, Claudia. „Phoenix is born again in new trailer“. USA Today (22-aprel 2007-yil). Qaraldi: 23-aprel 2007-yil.
- ↑ Anelli, Melissa. „Ch-ch-changes on the OotP Posters“. The Leaky Cauldron (4-may 2007-yil). Qaraldi: 5-iyun 2007-yil.
- ↑ „"Trick Out Your Broom" at OotP Video Game Preview Events“. The Leaky Cauldron (4-iyun 2007-yil). Qaraldi: 2-iyul 2007-yil.
- ↑ „New Phoenix merchandise info“. MuggleNet (13-fevral 2007-yil). Qaraldi: 8-oktabr 2007-yil.
- ↑ „2007 Harry Potter Toys from LEGO, NECA, & Cards Inc.“. Millionaire Playboy. Qaraldi: 7-mart 2008-yil.
- ↑ Hi-res images from 'Phoenix'
- ↑ 53,0 53,1 „"Harty Potter va Feniks jamiyati" filmining kitobi bilan farqlari“. Ntvmsnbc (8-avgust 2007). Qaraldi: 9-avgust 2007.
- ↑ „David Yates Does It All“. 11-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-noyabr 2011-yil.
- ↑ „Harry Potter’ın rekor koşusu sürüyor“. Ntvmsnbc (7-avgust 2007). Qaraldi: 8-avgust 2007.
- ↑ „“Harry Potter ve Zümrüdüanka Yoldaşlığı” Sektörün ve Stüdyonun Rekorlarını Kırıyor“. blogspot (19-iyul 2007). Qaraldi: 8-avgust 2007.
- ↑ „HARRY POTTER AND THE ORDER OF THE PHOENIX“. Box Office Mojo. 7-dekabr 2015da asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ Frederick, Charles. „Potter film is the best and darkest yet“. The Telegraph (27-yanvar 2007). 1-iyul 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-oktabr 2007.
- ↑ Bertram, Colin. „'Phoenix' hot for Harry“. New York Daily News (8-yanvar 2007). 30-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-yanvar 2007.
- ↑ Adams, Mark. „Harry Potter and the Order of the Phoenix“. The Sunday Mirror (1-iyul 2007). Qaraldi: 1-iyul 2007.
- ↑ The Empire jurnalining avgust oyidagi soni
- ↑ „'Harry Potter,' 'Pirates,' 'Die Hard': Buzz On 2007's Biggest Flicks“. Mtv.com (4-yanvar 2007). Qaraldi: 19-avgust 2007.
- ↑ Lewis, Leo. „Harry Potter and the Order of the Phoenix: the first review“. The Times (28-iyun 2007). Qaraldi: 30-iyun 2007.
- ↑ Travers, Peter. „Harry Potter and the Order of the Phoenix“. Rolling Stone (29-iyun 2007). 26-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-iyul 2007.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Rasmiy sayti
- Harry Potter va Feniks jamiyati IMDbda
- Harry Potter va Feniks jamiyati AllMovieda
- Harry Potter va Feniks jamiyati Box Office Mojoda