Bellatrix Lestrange

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bellatrix Lestrange
Harry Potter obrazi
Jonlantirgan(lar) Helena Bonham Carter
Umumiy maʼlumotlar
Jinsi ayol
Oilasi Black oilasi, Lestrange oilasi (nikoh orqali)
Qarindoshlari
Millati Britan

Bellatrix Lestrange (qizlik familiyasi: Black) – J. K. Rowling tomonidan yozilgan Harry Potter kitoblaridagi xayoliy qahramon. U Harry Potter va Alanga kubogidan keyingi romanlarda asosiy salbiy qahramonga aylandi. Harry Potter kitoblarining soʻnggi qismida Rowling uni Lord Voldemortning „oxirgi, eng yaxshi leytenanti“ sifatida koʻrsatdi. Bellatrix kitoblarda kiritilgan birinchi ajal kasofati[manba kerak](inglizcha:Death Eater) boʻlgan ayol edi. Bellatrix Qora Lordga[manba kerak] oʻta aqidaparastlik bilan qaragan. Ammo qobiliyatidan va uning kuchi ustidan toʻliq nazorat qilishidan qoʻrqardi. U Lord Voldemort kabi sadist (kimnidir qiynashdan rohatlanuvchi), qotil va psixotik xarakterga ega boʻlgan. Bellatrix Lestrange rolini Feniks ordeni (2007) dan Ajal tuhfalari:2-qism (2011)gacha Helena Bonham Karter oʻynagan[1].

Ismi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning ismi lotin tilidan „jangchi“ degan maʼnoni anglatadi. Black oilasining koʻplab aʼzolari singari, Bellatrix ham samoviy jismlar yoki boshqa tuzilmalar sharafiga nomlangan. Bellatrix esa Orion yulduz turkumidagi eng yorqin yulduzlardan biri .

Obraz hikoyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bellatrix Black 1951-yilda Cygnus va Druella (Rosier) Black oilasida tugʻilgan. Bellatrix romanlardagi koʻplab qahramonlar bilan qon va nikoh bilan bogʻliq: uning Narcissa va Andromeda ismli ikkita singlisi bor edi. Sirius Black esa amakivachchasi boʻlgan. U Hogwartsni tark etgandan soʻng Rodolphus Lestrangega turmushga chiqdi, chunki u sof qonli afsungar bilan oila qurishni shart deb bilar edi. Biroq, Rowling intervyusida Bellatrix Voldemortni sevishini aytgan[2]. Andromeda asli Muggle boʻlgan Ted Tonksga erga tekkan, shuning uchun keyinchalik qizlik oilasi boʻlgan Black oilasi undan voz kechgan. Narcissa esa, aksincha, badavlat sof qonli oilaning vorisi Lucius Malfoyga turmushga chiqqan. Shunday qilib, Bellatrix Nymphadora Tonks va Draco Malfoyning xolasi.

Hogvartsda u opa-singillari bilan birga Slytherin fakultetiga qabul qilinishgan. Romanlarda, talabalik davrida Bellatrix bir guruh talabalar bilan, jumladan, Rodolphus Lestrange, Severus Snape, Averi, Evan Rozier va Uilks bilan aloqada boʻlgani aytiladi, ularning deyarli barchasi ajal kasofatlariga aylandi. Black oilasining shiori, toujours pur (fransuzcha „doim sof“) qon tozaligiga boʻlgan qatʼiy ishonchni aks ettiradi. Bellatrix Voldemort hokimiyat tepasiga kelganida faol ajal kasofati boʻlgan.

Oila[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harry Potter shajara daraxti
Salazar SlytherinPeverell oilasi
Thomas Riddle Sr.[n 1]Mary Riddle[n 1]Marvolo Gaunt
Thomas Riddle Jr.Merope GauntMorfin Gaunt
Black oilasi
Sirius BlackBellatrix Lestrange[n 2]Tom Marvolo Riddle
Lord Voldemort
Septimus WeasleyCedrella BlackMrs PrewettMr PrewettIgnatius PrewettLucretia Black
Apolline DelacourMonsieur DelacourBilius WeasleyArthur WeasleyMolly PrewettGideon PrewettFabian PrewettJames PotterLily EvansPetunia DursleyVernon DursleyMarge Dursley
Gabrielle DelacourCharlie WeasleyFred Weasley
Fleur DelacourWilliam "Bill" WeasleyPercy WeasleyAudrey WeasleyGeorge WeasleyAngelina JohnsonHermione Jean GrangerRonald Bilius "Ron" WeasleyGinevra Molly "Ginny" WeasleyHarry James PotterDudley Dursley
Victoire WeasleyDominique WeasleyLouis WeasleyFred Weasley, Jr.Roxanne WeasleyRose Granger-WeasleyHugo Granger-WeasleyJames Sirius PotterAlbus Severus PotterLily Luna Potter
Molly WeasleyLucy Weasley
Manbalar:
  1. 1,0 1,1 The names "Thomas" and "Mary" Riddle are taken from the Harry Potter film series.
  2. In Harry Potter and the Cursed Child, Bellatrix is depicted as having had a secret daughter — Delphini (Delphi) "The Augurey" — who claims to also be the daughter of Lord Voldemort.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Raynor. „15 Things You Didn't Know About Bellatrix Lestrange“ (en). ScreenRant (2017-yil 11-mart). Qaraldi: 2020-yil 2-avgust.
  2. „J.K. Rowling Web Chat Transcript“. The Leaky Cauldron (2007-yil 30-iyul). Qaraldi: 2007-yil 30-iyul.