Harry Potter

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Harry Potter
Muallif(lar) J. K. Rowling
Mamlakat Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Til inglizcha
Qismlar Harry Potter
Janr(lar)i fentezi
Nashr etilgan sanasi 26-iyun 1997 – 21-iyul 2007-yil
Nashriyot Bloomsbury Publishing (Birlashgan Qirollik)

Harry Potter (talaffuzi: Harri Potter) ingliz yozuvchisi J. K. Rowling qalamiga mansub yettita fentezi janridagi romanlar toʻplamidir. Bir yosh sehrgar bola haqidagi bu kitobda, Harryning qora sehr dunyosi vakili Lord Voldemortga qarshi kurashi tasvirlanadi.

Harry Potter romanlari turkumining birinchisi boʻlmish Harry Potter va hikmatlar toshi 1997-yil 26-iyunda chiqarildi. Roman umumjahon boʻylab mashhurlikka erishdi, tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi hamda tijorat jihatdan muvaffaqiyat qozondi. 2018-yilning fevraliga koʻra, Harry Potter romanlari toʻplami butun dunyo boʻylab 500 milliondan oshiq nusxada sotilgan boʻlib, buning ortidan hamma vaqtlarning eng koʻp sotilgan kitoblar toʻplami boʻldi.[1] Shuningdek, shu kungacha ushbu romanlar toʻplami saksonta tilga tarjima qilingan. Toʻplamning oxirgi toʻrttasi ketma-ket tarzda eng tez sotilgan kitob oʻlaroq rekord oʻrnatdi. Toʻplamning oxirgisi boʻlmish Harry Potter va ajal tuhfalari romani Buyuk Britaniyada 2.7 million nusxada, AQShda esa 8.3 million nusxada sotilgan.

Toʻplam Buyuk Britaniyada Bloomsbury nashriyotida, AQShda Scholastic Press nashriyotida ingliz tilida chop etilgan.

Ushbu romanlar turkumi asosida sakkizta film suratga olindi. Ularning barchasi Warner Bros. Pictures tarafidan tarqatilgan boʻlib, umumjahon boʻylab taxminan $25 milliard daromad qilgan[2] va buning ortidan tarixda uchinchi eng kassabop film qismlari boʻldi.

Shuningdek, Rowling tarafidan yozilgan ssenariyga asoslangan Harry Potter and the Cursed Child („Harry Potter va lanʼatlangan bola“) nomli pyesa premyerasi 2016-yil 30-iyulda London shahridagi Palace teatrida boʻlib oʻtdi.

"The Elephant House", a small, painted red café where Rowling wrote a few chapters of Harry Potter and the Philosopherʼs Stone.
"The Elephant House" — Edinburgdagi Rowling „Harry Potter“ni yozgan qaxvahona.
Yozuvchi — J. K. Rowling

Dastlabki yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlar Harry Potter ismli bolaning hayotini aks ettiradi. Birinchi kitob, Harri Potter va hikmatlar toshida, Harry Durslilar uyidagi zinapoya ostidagi shkafda, uning xolasi, amakisi va amakivachchasi Dadli bilan yashaydi. Durslilar oʻzlarini mutlaqo normal deb hisoblashadi, ammo 11 yoshida Harry uning sehrgar ekanligini aniqlaydi. U Hagrid ismli yarim gigant bilan uchrashadi, u uni Hogvarts jodugarlik va sehrgarlik maktabiga borishga taklif qiladi. Harry goʻdakligida uning ota-onasi qora sehrgar Lord Voldemort tomonidan oʻldirilganligini biladi. Voldemort Harryni oʻldirmoqchi boʻlganida, uning tavqi laʼnati qayta tiklandi va Harry peshonasida chaqmoq shaklidagi chandiq bilan omon qoladi.

Kitoblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adaptatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[3][4][5] Reliz sanasi Rejissor(lar) Ssenariynavis(lar) Produser(lar)
Harry Potter va hikmatlar toshi 10-noyabr, 2001-yil(2001-11-10) Chris Columbus[6][7] Steve Kloves[8] David Heyman
Harry Potter va maxfiy hujra 15-noyabr, 2002-yil(2002-11-15)
Harry Potter va Azkaban mahbusi 31-may, 2004-yil(2004-05-31) Alfonso Cuarón[9] David Heyman, Chris Columbus va Mark Radcliffe
Harry Potter va Alanga kubogi 18-noyabr, 2005-yil(2005-11-18) Mike Newell[10] David Heyman
Harry Potter va Feniks jamiyati 11-iyul, 2007-yil(2007-07-11) David Yates[11][12][13] Michael Goldenberg[14] David Heyman va David Barron
Harry Potter va tilsim shahzodasi 15-iyul, 2009-yil(2009-07-15) Steve Kloves[8]
Harry Potter va ajal tuhfalari: 1-qism 19-noyabr, 2010-yil(2010-11-19) David Heyman, David Barron va J. K. Rowling
Harry Potter va ajal tuhfalari: 2-qism 15-iyul, 2011-yil(2011-07-15)

Spin-off filmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fantastik maxluqlar filmlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film Reliz sanasi Rejissor(lar) Ssenariynavis(lar) Produser(lar) Status
Fantastik maxluqlar 18-noyabr, 2016-yil(2016-11-18) David Yates[15] J. K. Rowling[16][17] David Heyman, J. K. Rowling, Steve Kloves va Lionel Wigram[17][18][19] Chiqarilgan
Fantastik maxluqlar: Grindelwaldning jinoyati 16-noyabr, 2018-yil(2018-11-16)
Fantastic Beasts: The Secrets of Dumbledore 8-aprel, 2022-yil(2022-04-08) Steve Kloves va J. K. Rowling David Heyman, J. K. Rowling, Steve Kloves, Lionel Wigram va Tim Lewis Tugallangan[20]
Nomsiz 4- va 5-Fantastik maxluqlar filmlari Nomaʼlum Suratga olinish ishlarida

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The Pottermore News Team.. „500 million Harry Potter books have now been sold worldwide“. Pottermore (1-fevral 2018-yil). 14-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Meyer, Katie „Harry Potter's $25 Billion Magic Spell“. Time (6-aprel 2016-yil). 10-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-noyabr 2016-yil. (Wayback Machine saytida 2016-04-10 sanasida arxivlangan)
  3. Gunelius, Susan. Harry Potter: The Story of a Global Business Phenomenon. United Kingdom: Palgrave Macmillan, 2008 — 24, 65 bet. ISBN 978-0-230-20323-5. 
  4. „Box Office History for Harry Potter Movies“. The Numbers. 12-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyun 2018-yil.
  5. „J.K. Rowling And Her Magical Cash Cow“. Forbes (3-iyun 2004-yil). 5-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-oktabr 2017-yil.
  6. Linder, Bran „Chris Columbus to Direct Harry Potter“. IGN (28-mart 2000-yil). 14-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2007-yil.
  7. „Chris Columbus COS: full interview“. CBBC Newsround (13-noyabr 2002-yil). 29-yanvar 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-oktabr 2007-yil.
  8. 8,0 8,1 Martin, Denise. „'Harry Potter' countdown: Steve Kloves on a 'haunting moment' in 'Half-Blood Prince'“ (17-iyun 2009-yil). 19-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2016-yil.
  9. Susman, Gary. Harry Potter gets a new director“. Entertainment Weekly (22-iyul 2002-yil). 23-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-oktabr 2007-yil.
  10. Susman, Gary. „Studio confirms Mike Newell will direct Potter IV. Entertainment Weekly (11-avgust 2003-yil). 20-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-oktabr 2012-yil.
  11. „David Yates confirms 'Order of the Phoenix' role“. HPANA (source: This is Wiltshire) (29-noyabr 2004-yil). 12-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2011-yil.
  12. „Exclusive Interview: David Yates for "Harry Potter and the Half-Blood Prince"“. Dark Horizons (13-iyul 2009-yil). Qaraldi: 4-mart 2011-yil.
  13. Boucher, Geoff. „Final 'Harry Potter' book will be split into two movies“. Los Angeles Times (13-mart 2008-yil). 6-fevral 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2011-yil.
  14. Fienberg, Daniel. „Screenwriter will sit out one Potter. Milwaukee Journal Sentinel (16-noyabr 2005-yil). 2008-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-fevral.
  15. Armitage, Hugh; Fletcher, Rosie „Fantastic Beasts 2, 3, 4 and 5 release date, cast, plot and all you need to know“. Digital Spy (16-noyabr 2018-yil).
  16. Tartagloine, Nancy (12–sentabr 2013–yil). „Warner Bros, J.K. Rowling Team For New 'Harry Potter'-Inspired Film Series“. Deadline Hollywood. 13–sentabr 2013–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12–sentabr 2013–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  17. 17,0 17,1 Barraclough, Leo. „'Fantastic Beasts' Sequel in the Works With J.K. Rowling and David Yates, Release Date Set“. Variety (3-avgust 2016-yil). 5-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-noyabr 2016-yil.
  18. Barraclough, Leo „'Fantastic Beasts and Where to Find Them' First Trailer Arrives“. Variety (15-dekabr 2015-yil). 18-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2018-yil.
  19. D'Alessandro, Anthony „'Fantastic Beasts 3' Pushes Production Start To Late Fall“ (18-yanvar 2019-yil).
  20. „Composer James Newton Howard on Penning 'News of the World's "Broken" Western Score & Returning to Disney Animation with 'Raya and the Last Dragon'“ (26-fevral 2021-yil).

Oʻqish uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]