Harry Potter va maxfiy hujra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Harry Potter va maxfiy hujra

Kitob muqovasi
Asl nomi Harry Potter and the Chamber of Secrets
Muallif(lar) J. K. Rowling
Bezovchi(lar) Cliff Wright (ilk nashr)
Til inglizcha
Qismlar Harry Potter
Janr(lar)i fentastik
Nashriyot Bloomsbury (Birlashgan Qirollik)
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2-iyul 1998-yil
Sahifalar soni 251 (ilk nashr)
ISBN ISBN 0-7475-3849-2
Avvalgisi Harry Potter va hikmatlar toshi
Keyingisi Harry Potter va Azkaban mahbusi

Harry Potter va maxfiy hujra (boshqa nomi Harry Potter va maxfiy xona; inglizcha: Harry Potter and the Chamber of Secrets) ingliz yozuvchisi J. K. Rowling qalamiga mansub fentaziya janrdagi roman boʻlib, Harry Potter romanlar turkumining ikkinchi qismidir. Roman voqealari Harryning „Hogwarts jodugarlik va afsungarlik maktabi“dagi ikkinchi yiliga toʻgʻri keladi hamda shu vaqt mobaynida maktab yoʻlaklari devorlarida „maxfiy hujra“ ochiqligi va „Slytherinning merosxoʻri“ barcha magl yaʼni ota-onasi sehrgar boʻlmagan chalazot oʻquvchilarni oʻldirishi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi xabarlar ketma-ketligini oʻz ichiga oladi. Ushbu tahdidlar maktab oʻquvchilarini dahshatga solgan hujumlardan soʻng yuzaga keladi. Bir yildan buyon Harry va uning doʻstlari Ron va Hermione, bu kabi tahdidlarni oldini olishga intilishadi. Hamda asarda Harry hujrada yashiringan xavfli ilonni oʻldirishi va eng yaqin doʻsti Roning singlisi Jennyni qutqarganligi yozuvchi tomonidan mahorat bilan tasvirlanadi.

Kitob ilk bor 1998-yil 2-iyulda Birlashgan Qirollikning Bloomsbury nashriyotida chop etildi. AQShda esa 1999-yil 2-iyunda Scholastic Inc. Nashriyotida chop etildi.

Ushbu roman asosida 2002-yilda suratga olingan film (oʻsha paytda) hamma vaqtlarning eng koʻp daromad keltirgan beshinchi filmi boʻlib, kinotanqidchilar tomonidan xush qarshilandi. Harry Potter va maxfiy hujra romani asosida yaratilgan videooʻyinlar ham bir nechta platformalar uchun moʻljallanib chiqarilgan boʻlib, ularning aksariyati ijobiy baholandi.

Sujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

Boblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Juda koʻngilsiz tugʻilgan kun
  2. Xavf haqida Dobbyning xabar berishi
  3. „Boshpana“
  4. „Naqshli yozuv va siyoh dogʻi“ doʻkonida
  5. Urishqoq tol
  6. Sverkarol Charuald
  7. Maglvachcha va shivir-shivir gaplar
  8. 0ʻlgan kun yubileyi
  9. Devordagi qoʻrqinchili yozuv
  10. Telba tajovuzkor
  11. Duelchilar klubi
  12. Barcha qiyofalar damlamasi
  13. Sirli kuch yashiringan kundalik
  14. Cornelius Fudge (Kornelius Fuj)
  15. Aragog
  16. Maxfiy xona
  17. Slytherinning vorisi
  18. Dobbyning qullikdan ozod boʻlishi

Adaptatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yili Harry Potter va maxfiy hujra asosida film suratga olindi.[1] Filmga Chris Columbus rejissorlik qildi,[2] Steve Kloves esa ssenariynavis oʻlaroq qatnashdi. Film budjeti $125 million boʻlib, kartina umumjahon boʻylab $600 million daromad keltirdi.[3] „Eng yaxshi fentezi film“ nominatsiyasida Saturn mukofotiga nomzod boʻldi.[3][4] Metacritic saytida 63 %,[5] boshqa bir kinotanqid sayt – Rotten Tomatoesda esa 82 % ijobiy baholandi.[2]

Videooʻyinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ishlab chiqaruvchi Reliz sanasi Platforma Janr GameRankings Metacritic Izohlar
KnowWonder 14-noyabr 2002-yil Microsoft Windows Sarguzasht/jumboqli 71.46 %[6] 77/100[7]  
Argonaut PlayStation Jangari-sarguzasht 70.50 %[8] 74/100[9]  
Griptonite Game Boy Color Role-playing game 77.33 %[10] N/A  
Eurocom Game Boy Advance Jangari 73.44 %[11] 76/100[12]  
GameCube Jangari-sarguzasht 73.29 %[13] 77/100[14]  
PlayStation 2 70.44 %[15] 71/100[16]  
Xbox 74.58 %[17] 77/100[18]  
Aspyr 10-aprel 2003-yil Mac OS X Sarguzasht/puzzle N/A N/A Windows versiya

Oʻzbekcha tarjima[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harry Potter va maxfiy hujrani oʻzbek tiliga Shokir Dolimov tarjima qilgan. Roman oʻzbek tilida ilk bor 2018-yil Toshkent shahrida „Adabiyot uchqunlar“ nashriyotida chop etilgan. Nashrga tayyorlovchi va iqtiboslar va izohlarni tayyorlovchi – Ergashboy Matyoqubov, bosh muharrir – Alisher Ravshanov, musahhih – Lolaxon Qoʻziboyeva va dizayner – Feruzbek Vohidov. Kitob adadi – 1 500 nuxsa.[19]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Schwarzbaum, Lisa „Harry Potter and the Chamber of Secrets (2002)“. Entertainment Weekly (13-noyabr 2002-yil). 12-avgust 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2009-yil. (Wayback Machine saytida 2009-08-12 sanasida arxivlangan)
  2. 2,0 2,1 „Harry Potter and the Chamber of Secrets (2002)“. Rotten Tomatoes. Flixster. 4-fevral 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2009-yil. (Wayback Machine saytida 2009-02-04 sanasida arxivlangan)
  3. 3,0 3,1 „SF Site – News: 25-mart 2003-yil“. 29-aprel 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2009-yil. (Wayback Machine saytida 2008-04-29 sanasida arxivlangan)
  4. „Past Saturn Awards“. Academy of Science Fiction, Fantasy & Horror Films (2006). 12-may 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2009-yil. (Wayback Machine saytida 2014-09-06 sanasida arxivlangan)
  5. „Harry Potter and the Chamber of Secrets (2002): Reviews“. Metacritic. 11-avgust 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2009-yil.
  6. „Harry Potter and the Chamber of Secrets for PC“. GameRankings. 26-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-yanvar.
  7. „Harry Potter and the Chamber of Secrets Critic Reviews for PC“. Metacritic. 25-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-yanvar.
  8. „Harry Potter and the Chamber of Secrets for PlayStation“. GameRankings. 26-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-yanvar.
  9. „Harry Potter and the Chamber of Secrets for PlayStation Reviews“. Metacritic. 6-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-yanvar.
  10. „Harry Potter and the Chamber of Secrets for Game Boy Color“. GameRankings. 26-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-yanvar.
  11. „Harry Potter and the Chamber of Secrets for Game Boy Advance“. GameRankings. 26-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-yanvar.
  12. „Harry Potter and the Chamber of Secrets Critic Reviews for Game Boy Advance“. Metacritic. 25-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-yanvar.
  13. „Harry Potter and the Chamber of Secrets for GameCube“. GameRankings. 26-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-yanvar.
  14. „Harry Potter and the Chamber of Secrets Critic Reviews for GameCube“. Metacritic. 25-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-yanvar.
  15. „Harry Potter and the Chamber of Secrets for PlayStation 2“. GameRankings. 26-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-yanvar.
  16. „Harry Potter and the Chamber of Secrets Critic Reviews for PlayStation 2“. Metacritic. 9-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-yanvar.
  17. „Harry Potter and the Chamber of Secrets for Xbox“. GameRankings. 26-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-yanvar.
  18. „Harry Potter and the Chamber of Secrets Critic Reviews for Xbox“. Metacritic. 25-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-yanvar.
  19. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-fevral.