Helena Bonham Carter
| Helena Bonham Carter | |
|---|---|
|
Bonham Carter 2011-yil 83-Oscar mukofotida | |
| Tavalludi |
1966-yil 26-may |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi | Aktrisa |
| Faoliyat yillari | 1983-bugun |
| Bolalari | 2 |
| Mukofotlari |
|
Helena Bonham Carter (tugʻilgan sanasi 1966-yil 26-may)[1] britaniyalik aktrisa. U oʻzining gʻayrioddiy ayollar obrazlarini xarakter rollari sifatida yirik blokbasterlar va mustaqil filmlarda ijro etgani bilan tanilgan[2], xususan, tarixiy davr dramalarida uning shu singari rollarini koʻrish mumkin. Helena Bonham Carter „Manzarali xona“ (1985) filmida Lucy Honeychurch va „Lady Jane“ (1986) filmida sarlavhadagi bosh qahramon obrazini ijro etishi orqali mashhurlikka erishdi. Uning dastlabki tarixiy davr rollari uni „bokira“ „ingliz atirguli“ qiyofasidagi bir qolipda solib qoʻydi, bu nomda u oʻzini noqulay his qilgan[3]. Bonham Karter noodatiy libos tanlovlari va qoramtir estetikasi bilan tanilgan[4][5]. „Kabutar qanotlari“ (1997) filmida Kate Croy rolini ijro etgani uchun Bonham Carter "Eng yaxshi aktrisa" uchun „Oskar“ mukofotiga nomzod boʻldi, „Qirolning nutqi“ (2010) filmida qirolicha Yelizaveta obrazini yaratgani uchun esa u „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa“ uchun BAFTA mukofotini qoʻlga kiritdi va „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa“ uchun „Oskar“ mukofotiga ham nomzod etib koʻrsatildi.
Bonham Carterning boshqa filmlari orasida „Gamlet“ (1990), „Howards End“ (1992), „Mary Shelley’s Frankenstein“ (1994), „Qudratli Afrodita“ (1995), „Jang klubi“ (1999), „Wallace & Gromit: The Curse of the Were-Rabbit“ (2005), Garri Potter filmlar turkumida Bellatrix Lestrange (2007–2011), „Terminator 4: Najotkorning kelishi“ (2009), „Great Expectations“ (2012) filmida Miss Havisham obrazi, „Les Misérables“ (2012), „Cinderella“ (2015), „Okean oʻntalik: 8“ (2018) va „Enola Holmes“ (2020) filmlari bor. Rejissor va sobiq turmush oʻrtogʻi Tim Burton bilan hamkorligida suratga olingan filmlari qatoriga „Katta baliq“ (2003), „Oʻlik Kelin“ (2005), „Charlie va shokolad fabrikasi“ (2005), „Les Misérables (2012 film)|Les Misérables“ (2007), „Alisa moʻjizalar mamlakatida“ (2010) va „Qorongʻu soyalar“ (2012) kiradi.
Bolalar yozuvchisi Enid Blyton obrazini 2009-yilda BBC Four kanali uchun yaratilgan „Enid“ biografik filmida gavdalantirgani uchun Bonham Carter 2010-yilgi „Eng yaxshi aktrisa“ uchun Xalqaro „Emmy“ mukofotini qoʻlga kiritdi va „Eng yaxshi aktrisa“ uchun Britaniya televideniye akademiyasi mukofotiga nomzod boʻldi. Uning boshqa telefilmlari qatoriga „Fatal Deception: Mrs. Lee Harvey Oswald“ (1993), „Live from Baghdad“ (2002), „Toast“ (2010) va „Burton & Taylor“ (2013) kiradi. 2019-yildan 2020-yilgacha Bonham Carter malika Margaret obrazini Netflixning „Toj“ serialining uchinchi va toʻrtinchi mavsumlarida ijro etdi va bunda u ikki bor „Primetime Emmy“ mukofotiga nomzod boʻldi.
Filmografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Famous birthdays for May 26: Bobcat Goldthwait, Lenny Kravitz“. 2022-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-yanvar.
- ↑ „Helena Bonham Carter Relishes 'Playing Weird Women'“. BBC America. 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>tag; no text was provided for refs named "Wilted rose". - ↑ „Helena Bonham Carter, British Actress“. Encyclopaedia Britannica. 2022-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.
- ↑ „How Helena Bonham Carter Became an Atypical Fashion Icon“. 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Helena Bonham Carter IMDbda
- Helena Bonham Carter Emmys.comda (Wayback Machine saytida 2013-01-20 sanasida arxivlangan)