Boltayutar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gypaetus barbatusdan yoʻnaltirildi)
Boltayutar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Boltayutar (Gypaetus barbatus) — yirtqich qushlar turkumining qarchigʻaysimonlar oilasiga mansub qush. Oʻzbekistonda uchraydigan yirtqich qushlarning eng yirigi. Uz. 1,1 m gacha, qanoti yoyilganda 2,7 m ga boradi. Boshi va tanasining qorin tomoni oqish yoki sargʻish, orqa tomoni qoramtir. Tumshugi ostida qattiq qilsimon patlardan hosil boʻlgan bir tutam kokili bor. B. Markaziy Osiyo, Arabiston, Jan. Yevropa va Afrikaning shim.sharqida tarqalgan, Oʻzbekistonda togʻlarning qoyali joylarida yashaydi. Nurota togʻlaridek past togʻlarda ham, Pomir va Tyanshan kabi baland toglarda ham uchraydi. Uyasini qoyalar orasiga quradi. Dek.yanvarda 1—2 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini erkagi bilan urgʻochisi galmagal bosadi, lekin urgʻochisi koʻproq oʻtiradi. 55—60 kunda bola ochadi, bolasi 4 oyda uchirma boʻladi. B. odamga va yirik sut emizuvchilarga hujum qilmaydi. Oʻlimtiklar va suyaklar bilan oziqlanadi. Qanoti katta va keng boʻlib, oʻlimtiklar axtarib uzoqqa uchishga moslashgan. Baʼzan kaklik, quyon, sugʻurlarga hujum qiladi. Kopetdogʻ etagida toshbaqalar bilan oziqlanishi aniklangan. B. toshbaqa kosasini kuchli tumshugʻi bilan sindira oladi. Suyaklarni ham hazm qiladi. Tirnoqlari toʻmtoq, barmoklari kaltaligidan tirik hayvonlarni tutib oʻldira olmaydi, lekin oʻljasini panjalari bilan changallab ucha oladi. B. koʻpchilik mamlakatlar Qizil kitobiga kiritilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil