Gʻijduvon jangi
Gʻijduvon jangi - Ubaydullaxon, Bobur va Eron qizilboshlilari qoʻshini oʻrtasida boʻlgan jang (1512 yil 24-noyabr).
Koʻli Malik jangidagi gʻalabalan keyin Ubaydullaxon Buxoro va Samarqandni egallaydi. Biroq, Eron shohn Ismopl I Safaviy yuborgan Najmi Sonpy boshchiln-.gidagi 60 ming kishilik safaviylar qoʻshiniga suyangan Bobur 1512-yil kuzida Gʻuzor va Qarshini egaldapdi (qarang Qarshi mudofaasi).
Najmi Soniy qoʻshini bu paytda Gʻijdunonni qamal qilishga kirishadi. Ubaydullaxon va Jonibek Sulton Karmanaga. Koʻchkunchixon va temur Sulton Miyonqolga chekinib hal qiluvchi jangga tayyorgarlik kurishgan. Turkiston shahridap yetib kelgan Ubaydullaxonning piri va ustozi Mir Arab unga jang oldidan koʻrsatmalar berib va qoʻshinini ruhlantirib, Gʻijduvon ustiga boshlaydi. Sultonlar qoʻshini yetib kelmasdan oldin, Gʻijduvondagi oz sonli mudofaachilar qalʼadan chiqib, dushman qoʻgshini bilan ahyon-ahyonda jangga kirib turishgan. Biroq harbiy rejani puxta amalga oshirgan Ubaydullaxon oʻzining oz sonli harbiy dastasi bilan hijriy 918 yil 3-ramazonda yakshanba kuni (1512 yil 24-noyabr) da Gʻijduvon yaqinidagi Zarongari qishlogʻida Najmi Soniy qoʻshini ustiga toʻsatdan hujum qilgan. Gʻijduvon jangida Ubaydullaxon boshchiligidagi qoʻshin Najmi Soniy va Bobur rahbarligidagi harbiy kuchlarni "toʻlgʻama" usulida yenggan. Najmi Soniy hagto kiyimini kiyishga ham ulgurmay otta oʻtirib qochayotganida Ubaydullaxon jangchilari tomonidan oʻrab olingan va oʻldirilgan. Bobur esa Xurosonga ketishga majbur boʻladi. Koʻp sonli qizilboshlilar qushinidan (taxminan 60 ming kishi) faqat oz sonli shialargina Eronga qaytishgan.
Manba: Hasanxoja Nisoriy. Muzakkiri ahbob, T.. 1993: Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburnoma. T.. 2002.
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Istoriya Oʻzbekisgana (XVI — pervaya polovina XIX veka) t.Z, T.. 1993.
- Qahramon Rajabov.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |