Shalva Eliava

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shalva Eliava
Tugʻilishi 15-sentabr 1883-yil(1883-09-15)
Vafoti 3-dekabr 1937-yil(1937-12-03)
(54 yoshda)
Moskva

Shalva Zurabovich Eliava (1883.15.9, Kutaisi gubernyasining Taniri qishlogʻi — 1937.3.12, Moskva) — Turkistonda bolshevikcha rejimni oʻrnatgan siyosatchilardan. Peterburg universiteti yuridik ftida oʻqigan (1903—09). Talabalik paytidan bolsheviklarta qoʻshilgan. Vologda gubernyasi ijroiya komiteti raisi va oziq-ovqat komissari, rais oʻrinbosari (1917—18). RSFSR XKSning Turkiston ishlari boʻyicha Alohida muvaqqat komissiyasi raisi (1919 yil fevral — oktyabr), Turkiston fronti Inqilobiy harbiy kengashi aʼzosi (1919 yil avgust — 1920 yil sentyabr), Butun Rossiya MIK va RSFSR XKS Turkiston komissiyasi (Turkkomissiya) ning birinchi raisi (1919 yil noyabr — 1920 yil avgust), RKP (b) MK Turkiston byurosi (Turkbyuro) aʼzosi (1920 yil avgust). E. Turkistonda sovet rejimini zoʻravonlik bilan qaror toptirish uchun istiqlolchilarga qarshi kurashda mashʼum nom qozongan.

1920 yil yozidan RSFSRning Turkiya va Erondagi muxtor vakili. 1921—27 yillarda Gruziya SSR Harbiy-Dengiz xalq komissari, Gruziya SSR XKS raisi; ZSFSR XKS raisi (192730), SSSR Tashqi savdo xalq komissari oʻrinbosari (1931—36), SSSR Yengil sanoat xalq komissari oʻrinbosari (1936—37). Sovet rejimiga sodiqlik bilan xizmat qilgan boʻlsada, qatagʻonga uchragan (1937)[1].

Manbalar[tahrir]