Byurokratiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Byurokratiya (frans. bureau byuro, idora; yun. kratos — kuch, hokimiyat, xukmronlik) — dastlab hukumat idoralarining rahbarlari va amaldorlari hokimiyati; keyinchalik jamiyatning turli sohalarida paydo boʻlgan yirik tashkilotlardagi xizmatchilar qatlamini ifodalagan. Boshqaruv va maʼmuriyatning zarur qismi sifatida B. alohida ijtimoiy qatlamga aylanib boradi. B.ga xos xususiyatlar: kuyi mansabdorlarning yuqori mansabdorlarga bosqichmabosqich boʻysunishi, qattiq ish tartiboti, maxsus maʼlumotni taqozo etuvchi rasmiylashgan vazifalarni amalga oshirishda mehnat va masʼuliyat taqsimoti. Tashkilot koʻpchilik aʼzolarining mustaqil ravishda imtiyozli qatlamga aylanishga intilishi oqibatida rasmiyatchilik, oʻzboshimchalik, avtoritarizm va sharoitga moslashish kuchaya boradi, tashkilotning tartibqoida hamda maqsadvazifalariga boʻysundirilishi asosan B.ni mustahkamlash va saqlab qolish uchun xizmat qiladi. Bu hol ayniqsa avtoritar tizimlarda yaqqol namoyon boʻladi. Mansabdor shaxs tomonidan oʻz vazifasiga vijdonsizlik va sovuqqonlik bilan karat, fuqarolarning taklif, ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibini buzish, ularga toʻralarcha munosabatda boʻlish hollari davlat va jamiyat manfaatlariga, fuqarolarning qonun bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi. Demokratik jamiyat B.ning mazkur salbiy xususiyatlarini bartaraf etish va cheklashga qaratilgan nazorat hamda boshqaruv shakllarini ishlab chiqishga harakat qiladi.

Shu munosabat bilan OʻzR JKda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi mansabdor shaxslarning jinoyatlari tegishlicha jarima solish, muayyan xuqukdan maxrum qilish, axloqtuzatish ishlari yoki ozodliKdan mahrum etish kabilar 6n jazolanadi (VII bob). OʻzRning "Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xattiharakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgrisida"gi Qonuni (1995 yil 30 avg .) ham har bir fuqaro oʻz huquqlari yoki erkinliklari buzilgan, deb hisoblasa, shikoyat bilan sudga murojaat qilish xuquqini taʼminlaydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil