Giorgi Kvirikashvili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Giorgi Kvirikashvili
გიორგი კვირიკაშვილი
 Gruziya Bosh vaziri
 
Mansab davri
2015-yil 30-dekabr – 2018-yil 20-iyun
Prezident Giorgi Margvelashvili
Oʻtmishdoshi Irakliy Garibashvili
Vorisi Mamuka Baxtadze
 Gruziya Tashqi ishlar vaziri
 
Prezident Giorgi Margvelashvili
Bosh vazir Irakliy Garibashvili
Oʻtmishdoshi Tamara Beruchashvili
Vorisi Mixail Janelidze
 Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri
 
Mansab davri
2012-yil 25-oktabr – 2015-yil 1-sentabr
Prezident Mixail Saakashvili
Giorgi Margvelashvili
Bosh vazir Bidzina Ivanishvili
Irakliy Garibashvili
Oʻtmishdoshi Veronika Kabaliya
Vorisi Dmitriy Kumsishvili
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-iyul, 1967-yil (56 yil avval) (1967-07-20)
Tbilisi, Gruziya SSR, SSSR bayrogʻi SSSR
Siyosiy partiyasi Gruziya orzusi — Demokratik Gruziya
Taʼlim Tbilisi Davlat tibbiyot universiteti
Tbilisi Davlat universiteti
Urbana-Champaigndagi Illinois universiteti
Kasbi moliyachi, iqtisodchi
Imzosi

Giorgi Jemalovich Kvirikashvili (gruzincha: გიორგი ჯემალის ძე კვირიკაშვილი) — Gruziya siyosat va davlat arbobi. Avvalroq u Gruziya Bosh vaziri (2015-2018), hukmron „Gruziya orzusi — Demokratik Gruziya“ partiyasi raisi (2015-2018) boʻlgan.

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

1984-yilda V. M. Komarov nomidagi fizika-matematika maktab-internatini tamomlagan[1]. 1984-1991-yillarda Tbilisi davlat tibbiyot universitetida umumiy amaliyot shifokori mutaxassisligida tahsil olgan. 1986-1988-yillarda sovet armiyasi saflarida majburiy harbiy xizmatga chaqirilgan. 1990-1995-yillarda Ivane Javaxishvili nomidagi Tbilisi Davlat universitetining iqtisodiyot fakultetida sanoatni rejalashtirish mutaxassisligi bo‘yicha o‘qigan. 1997-1998-yillarda Illinoys universitetida tahsil olgan, moliya sohasida fan magistri darajasini olgan[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-1996-yillar — moliyaviy faoliyatini United Georgian Bankda boshlagan. Kredit bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari darajasiga ko‘tarildi;

1996-1997-yillar — Eksport-Import bank vitse-prezidenti;

1997-1998-yillar — United Georgian Bank boshqaruv departamenti filiali direktori;

1999-yildan davlat idorasida ishlagan. Moliya, valyuta va tashqi iqtisodiy xizmat boshligʻining oʻrinbosari. Gruziya hukumati va USAID qoʻshma dasturining Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish guruhi rahbari;

1999-2004-yillar — Gruziya parlamenti aʼzosi, Iqtisodiy siyosat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari;Atirgullar inqilobi va Mixail Saakashvili hokimiyat tepasiga kelganidan keyin u davlat ishini tashlab, biznesga qaytdi;

2004-2006-yillar — Birinchi Tijorat Banki ijroiya direksiyasi maslahatchisi;

2006-2011-yillar — Kartu Bank bosh direktori;

2012-yil 25-oktyabrda Bidzina Ivanishvili boshchiligidagi Gruziyaning yangi hukumatida Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri;2015-yil 1-sentyabrda Gruziya Tashqi ishlar vaziri;

2015-yil 30-dekabr Gruziya parlamenti yalpi majlisda uning nomzodini maʼqullagan va u taqdim etgan hukumat tarkibi qo‘llab-quvvatlaganidan keyin Giorgi Kvirikashvili Gruziya bosh vaziri bo‘ldi[2][3].

2018-yil 13-iyunda Kvirikashvili isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi[4]. Yangi hukumat tuzilgunga qadar eski hukumat o‘z vazifalarini bajarishda davom etdi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]