Andrey Vishinskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

VISHINSKIY (Vishinskiy) Andrey Yanuarevich (1883, Odessa — 1954, Nyu-York, AQSH] — Sovet Ittifoqi prokuror oʻrinbosari va prokurori (1933—39). Akademik. (1939). V. asarlarida bayon etilgan „huquqiy“ qoidalar qonunchilikni qoʻpol ravishda buzish, ommaviy qatagʻonlarni amalga oshirish uchun xizmat qildi. Jumladan, ayblanuvchining oʻz aybiga oʻzi iqror boʻlishi — asosiy isbot-dalildir, deb qarashdan iborat gʻayriqonuniy usul keng qoʻllanildi. V. 30-y.larda „Moskva markazi“ (1935 yil yanvar), „Trotskiychi-zinovevchi terrorchilik markazi“ (1936 yil avgust), „Shoʻrolarga qarshi trotskiychilar markazi“ (1937 yil yanvar) va „Oʻng trotskiychi blok“ (1938 yil mart) ustidan (jumladan Akmal Ikromov, Fayzulla Xoʻjayev) soxta sud jarayonlarida stalincha qatagʻon siyosatini faol amalga oshirdi[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil