Dunay madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dunay madaniyatineolit, eneolit va jez davri arxeologik yodgorliklari. Arxeologik tadqiqotlar Oʻrta Dunay havzasi (hozirgi Avstriya, Vengriya va Chexiya hududlari) yirik madaniyat markazlaridan biri boʻlganini koʻrsatadi. Dunay madaniyati Dunay boʻyida yashagan qabilalar hayotiga oid. Bu davrlarda kulolchilik keng rivojlangan. Sopol idishlar naqshlar bilan bezatilib, oq, sariq, qizil ranglar bilan boʻyalgan. Ayol haykalchalari koʻp topilgan. Bu davrlarda aholi, asosan, ovchilik, ibtidoiy dehqonchilik va xonaki chorvachilik bilan shugʻullangan. Oybolta, tesha, toʻrt qirrali mis bigiz va boshqa mehnat qurollari paydo boʻlgan, ot qoʻlga oʻrgatilgan. Mis halqalar, bilaguzuk va boʻyin taqin-choqlari, turli shakldagi joʻmrakli, qulokli, dastali, oyokli sopol idishlar bu davr madaniyatining asosiy yodgorliklaridir. Topilgan xilma-xil jez qurollar, bezaklar, oltin va kumush isirgʻa va boshqa taqinchoqlarning xu-susiyatiga koʻra, bu davrda metall ishlash texnikasi ancha rivojlangan. Dunay boʻyi aholisi Misr va Mesopotamiya bilan yaqin madaniy aloqada boʻlgan. Dunay madaniyati zaminida Galshtat madaniyati vujudga kelgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil