Gula

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
  1. Gula (fors. — eshilgan ip) — toʻquv dastgohi (doʻkoni) da tanda nax (ip) larini ikkiga ajratib, moki oʻtkaziladigan kom (oraliq) ochishga xizmat qiladigan asbob. G. ikki xil boʻladi: I) ipgula — jimjiloq yoʻgʻonligidagi ikkita qaragʻay choʻp hamda gulzanjiralardan iborat boʻlib, qoʻldoʻkon va mashinadoʻkonda ishlatiladi; 2) simgula — temirdan yasalgan ikkita javza hamda oralaridan nax oʻtadigan ingichka simlar; toʻquv dastgohida ishlatiladi. G.ning uzunligi toʻqiladitan tandaning eni, naxlarning bogʻi va miqdoriga bogʻliq. Tanda necha tepkili doʻkonda toʻqilishiga qarab, bir tandada ikkitadan (toʻrt qanotlida), toʻrttadan (sakkiz qanotlida), sakkiztadan (oʻn olti qanotlida) G. koʻtariladi.
  2. Gula – galeva vazifasini bajaradi, har bir tanda uchun gulabardor tomonidan tanda iplarining har biriga alohida teriladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]