Burgut qalʼa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Burgut qalʼaQoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumanidagi Qirqqiz massivida, Burgut qalʼa vohasida joylashgan shahar harobasi (6—8-a.lar). A. I. Terenojkin (1937), Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi (1946), Ye. Ye. Nerazik (1953—56) tomonidan urganilgan. Burgut qalʼa ark va shahristondan iborat. Ark tarhi kvadrat (100×100 m) boʻlib, 2,5 m kalinlikdagi (bal. 10,5 m) paxsa devor bilan oʻralgan. Uning har tomonidagi 4 tadan 2 qavatli, nishon tuynukli burjlar 2 m balandlikdagi tagkursilar ustiga kurilgan. Qalʼaning jan.sharqida mudofaa istehkomidonjon (18× 18 m) joylashgan. U balandligi 8 m li paxsa va gʻishtin tagkursi ustiga kurilgan. Ark ichida zyndon va bir necha xonalar ochilgan. Shahriston (maydoni 5 ga) burjlar bilan mustahkamlangan mudofaa devori bilan oʻralgan. Bu yerda turar joylar, bozor maydoni, ustaxonalar ochilgan, ulardan sopol idishlar, Xorazm mis tangalari, toshdan ishlangan muhrlar, bezak buyumlar, qurolyarogʻlar va boshqa topilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Nerazik Ye. Ye., Selskiye poseleniya afrigidskogo Xorezma (Po materialam Berkutkalinskogo oazisa), M., 1966.