Bospor devorlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bospor devorlarimiloddan avvalgi 51-asrlarda Qora dengizning shim. boʻylarida qurilgan Tiritaka, Akkos (Uzunlar) va Asandra nomli mudofaa devorlari.

Tiritaka devori — Kerchga eng yaqin devor boʻlib, Azov dengizi jan. dagi Oltin Qoʻrgʻon (Zolotoy Kurgan) va undan Tiritakagacha borgan. Devorning gʻarb tomoni boʻylab xandaq qazilgan. Balandligi 3,5 m gacha boʻlgan harobasi saqlangan. Xandaqning chuq. 3,5 m. Devor eni va xandaqning kengligi 34 m. Devor ostiga tosh terib ishlangan, devor boʻylab koʻp sonli burjlar qurilgan.

Akkos (Uzunlar) devori jan.dan shim.ga tomon yoʻnalishda Uzunlar koʻlidan Azov dengiziga qadar davom etgan. Bu devorning uz. 35–36 km, kengligi 28 m. Qoldigʻining balandligi 6 m. Poydevori tosh terib ishlangan. Harobasi boʻylab yarim doyra shaklidagi burjlar qoldigʻi saqlangan. Tiritaka devori va Akkos devori Bosporga yunonlar kelmasdan oldin kimmeriylar tomonidan bino qilingan. Bospor podsholigi oʻz hududini mudofaa qilish uchun ulardan foydalangan. Bospor podsholigi tashkil topgach (miloddan avvalgi 480 yil), Tiritaka devori yangidan tiklangan. Feodosiya bilan urush boshlanmasdan oldin birinchi spartokidlar davrida bosporliklar Akkos devorini mustahkamlab undan foydalangan.

Asandra devori Bospor hokimi Asandra hukmronligi davri (miloddan avvalgi 47—17 yillar)da bino etilgan. Devor boʻylab dumaloq burjlar qurilgan va xandaq qazilgan. Asandra devori Feodosiya — Arabat chizigʻida qurilgan va Perekop boʻyida bunyodga keltirilgan, degan fiqolar bor. Yunon tarixchisi Strabon keltirgan maʼlumotga koʻra, Asandra Meotidada Xersones boʻyini 360 stadiy uzunlikdagi devor bilan toʻsib olgan va har stadiy (1 stadiy — 185–192 m ga teng) masofada oʻntadan burj bino qildirgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil