Kerch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kerch — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi qaxramon shahar. Azov dengizidan Qora dengizga chiqiladigan boʻgʻoz sohilidagi port. T. y. stansiyasi. T. y. paromi orqali Kavkaz ortish-tushirish stansiyasi (Taman yarim orol) bilan bogʻlangan. Aholisi 182,5 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Temir ruda (Qamishburun k-ti) qazib olinadi. Metallurgiya, kemasozlik va kema tuzatish, oziq-ovqat (shu jumladan, baliq) sanoati korxonalari, teatr, tarix-arxeologiya muzeyi bor. Mil. av. 6-asrda yunonlar Kerch oʻrnida Pantikapey sh.ga asos solganlar. Mil. av. 5-asr boshlari — mil. 4-asr oxirida Bospor podsholigi poytaxti boʻlgan. Oʻrta asrlarda Kerch Qrimdagi yirik savdo shaxri edi. 1475 yil turklarga qaragan, 1774 yilda Rossiya bosib olgan. 1954 yildan Ukraina tarkibida. 1941—45 yillar urushida Kerch atrofida shiddatli janglar boʻlgan. Melek-Chesmen qalʼasi harobalari (mil. av. 4-asr), Demetr xilxonasi (mil. 1-asr), Ioann Predtech (10—13-asrlar) cherkovi saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil