Tiritaka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tiritaka (yun. Tyritake) — Bospor podsholigi shahri. Pantikapey (hozirgi Kerch)dan janubida joylashgan. Mil. av. 6-asrda yunonlar tomonidan asos solingan. Mil. 1 —3-asrlarda yirik baliq ovlash markazi. Arxeologik qazishlar natijasida shahar mudofaa devorlari, turar joy qoldiklari, xoʻjalik va maishiy buyumlar va boshqa topilgan. Mil. 4-asrning 2yarmida T. aftidan gunnlar hujumi oqibatida vayron boʻlgan, biroq, undagi hayot ilk oʻrta asrlarga qadar davom etgan.