Kimmeriylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kimmeriylar (ossuriycha gimirrai— xalq; yun. kimmerioi) — qad. koʻchmanchi qabilalar ittifoqi. Eron podsholari yozuvlarining akkadcha varianti K.ni Turkiston (hozirgi Oʻzbekiston)ning gʻarbida yashagan saklar deb tushuntiradi. Ular Oʻkuz (Amudaryo)ning shim. da yashashgan. Ossuriya manbalari K.ning 3 dohiysi: Teushpa, Tugdamme (yun. Ligdamis) va Sandaksatra nomlarini keltirgan. Miloddan avvalgi 700 yilda K. Rossiyaning jan.ga bostirib kirishgan. Gerodot va boshqa tarixchilarning yozishicha, K. Qora Kimmeriylar. Klazomen (Ioniya)dan topilgan sarqofadagi tasvir (miloddan avvalgi 6-asr) dengizning shim. sohillaridan Frakiyagacha boʻlgan hududda yashagan va bu yerlardan skiflar tomonidan quvib chiqarilgan, biroq yunon tarixchi va geograflari koʻpincha K. bilan skiflarni (ular qabiladosh boʻlgani uchun) chalkashtirib yozishgan. Miloddan avvalgi 7-asrda bu yerdan Kichik Osiyoga oʻtib Frigiyani (taxminan 675) va Lidiyaning poytaxti Sardi (652) ni, taxminan miloddan avvalgi 623 y. Kiaksarning Midiya podsholigini zabt etganlar. Miloddan avvalgi taxminan 600 yil K.ni Lidiya podshosi Aliatt tor-mor keltirgan. Keyinchalik Kichik Osiyodagi mahalliy aholi bilan aralashib ketgan. K.dan qolgan moddiy madaniyat yodgorliklarini arxeologlar, odatda, Katakomba madaniyati bilan bogʻlaydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil