Boltatumshuq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boltatumshuq
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Binar nomi
Coccothrauster coccothrauster

Boltatumshuq (Coccothrauster coccothrauster) — chumchuqsimonlar turkumining targʻilboshlilar oilasiga mansub sayroqi qush. Yevropa va Osiyoning oʻrta mintaqalarida tarqalgan. Qishlash uchun jan.ga — Qora dengiz atrofi va Sharqiy Xitoyga uchib ketadi. Afgʻoniston, Pokiston va Shim.Gʻarbiy Hindistonda oʻtroq yashaydi. Oʻzbekistonda HisorOlay togʻlarida uchraydi. Oʻrmon va bogʻlarda yashaydi. Tumshugʻi katta va baquvvat, meva danaklarini chaqishga yaxshi moslashgan. Uyasini daraxtga quradi. 4—5 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini urgʻochisi bosadi. Erkagi unga oziq tashiydi. Bolasi 14 kunda tuxumdan chiqadi, yana 11—14 kundan soʻng uchirma boʻladi. Oʻzbekiston togʻlaridagi archazorlarda archa boltatumshugʻi (Mycerobas carpiers) uchraydi. Har xil mevalar, oʻsimliklar urugʻi va don bilan oziqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil