Sayroqi qushlar
Qiyofa

Sayroqi qushlar (Oscines) -chumchuqsimonlar kenja turkumiga mansub qushlar. 40 ga yaqin oilasi bor. Oilalar birbiridan faqat tashqi tuzilishi bilan farq qiladi. Sayroqi qushlar kekirdagi pastki qismida joylashgan ovoz paylari oʻziga xos murakkab tuzilganidan jarangdor sayrash xususiyatiga ega (bulbul, qorayaloklar, kanareykalar va boshqalar). Sayroqi qushlarning, asosan, nari, baʼzan modasi oʻz juftini jalb qilish, xavfdan ogohlantirish uchun sayraydi. Oʻzbekistonda 30 ga yaqin turi uchraydi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Hayvon haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |