Mintaqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mintaqa — Yer yuzasining tabiiy geografik kenglik zonalligining eng yuqori bosqichi. Yer pusti yoki geografik qobiqning biror jihatdan oʻxshash boʻlgan, kenglik boʻylab choʻzilgan nisbatan kambar qismi. M. shartli boʻlishi (mas, soat mintaqalari) yoki bir va yoki bir necha belgilari (mas, vulkan, tektonik, issiklik M.lari) bilan farq qilishi mumkin. Tabiiy geofafiyada M. — yuqori zonal taksonomik geografik birlik (qarang Geografik zona).

M. tabiatga taʼsir etuvchi asosiy omillarning qonuniy oʻzgarishi oqibatida hosil boʻladi. Mac, Quyoshdan keladigan radiatsiya ekvatordan shim. va jan. tomonlarga kamaya borishidan issiqlik M.lari vujudga keladi. Kenglik M.lari bilan bir qatorda balandlik (vertikal) M.lari ham boʻladi (qarang Geografik mintaqa). Balandlikka koʻtarilgan sari havo temperaturasi, namligi, tiniqligi va bosimi oʻzgaradi. B. tabiat komplekslarini oʻzgarishiga olib keladi (qarang Balandlik mintaqalari).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil