Badiuzzamon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.


Badiuzzamon (1458, Hirot – 1515, Istanbul) – Xuroson hukmdori (1506–07). Husayn Boyqaronint toʻngʻich oʻgʻli, onasi – Marv hokimi Sanjar Mirzoning qizi Beka Sulton begim (1488 yil v.e.). B. 1473 yildan Seyiston, keyinchalik Mozandaron hokimi. Astrobod hokimi amir Moʻgʻul xiyonatidan soʻng, Husayn Boyqaro uni Astrobodga hokim qilib tayinlagan (1493 yildan). Soʻng, u 1496–1506 yillarda Balx hokimi boʻlgan.

Boburning yozishicha, "Sulton Husayn Mirzo Balxga kelganida Movarounnahr foydasini koʻzlab Balxni B.ga beradi, uning mulki – Astrobodni esa Muzaffar Husayn Mirzoga topshiradi. B. shu tufayli arazlagandi. Shuncha yillar davom etgan dushmanlik va isyon sababi ayni shu holat edi". B. Astrobodni ukasiga berishga koʻnmagan. Chunki, Husayn Boyqaro Astrobodni uning oʻgʻli Muhammad Moʻmin Mirzoga sunnat toʻyini qilayotganda inʼom qilgan edi. Oqibat ota-oʻgʻil oʻrtasidagi mojaro urushga aylanadi. 1497 yil B. Puli Chirogʻ darasidagi jangda magʻlubiyatga uchraydi. Xuddi shu kuni Muzaffar Husayn Mirzo Astrobod yonida Muhammad Moʻmin Mirzoni yengadi. Husayn Boyqaro Balxni oʻgʻillaridan Ibrohim Husayn Mirzoga beradi. Yengilgan B. qolgan-qutgan lashkari bilan Qunduzga qochadi, soʻng Xusravshoh huzuridan panoh topadi. Xusravshoh B.ga qoʻshin, qurol-yarogʻ bilan yordam bergach, u Qandahor va Zamindevorga boradi. 1505 yil B. otasi bilan yarashib, uning xizmatiga kiradi. Otasi vafot etgach, ukasi Muzaffar Husayn Mirzo bilan birgalikda taxtga oʻtiradi.

1506 yil Shayboniyxon Balxni qamal qilganda B. Muzaffar Mirzo bilan unga qarshi otlanib boshqa ukalarini ham yordamga chaqiradi. Bodxizda B. qoʻshiniga Abulmuhsin Mirzo va Ibn Husayn Mirzo kelib qoʻshiladi. Zahiriddin Muhammad Bobur ham ularga yordamga keladi. Ammo ular toʻplangunga qadar oradan 3–4 oy oʻtadi, bu orada Shayboniyxon Balxni egallab, B. qoʻshin toʻplayotganidan xabar topgach, kech kuzda Samarqandga qaytib ketadi. Shayboniyxon 1507 yil Samarqanddan Xurosonga qoʻshin tortadi. B. ukasi bilan Hirotni tashlab qochadi, soʻng Eronga, Ismoil Safaviy huzuriga boradi. 1514 yil B.ni turk sultoni Salim I Istanbulga olib ketadi, u oʻsha yerda vaboga chalinib vafot etadi.

B. Husayn Boyqaroning oʻgʻillari orasida eng oqili va tadbirkori boʻlib, taqvodor, adolatpesha hamda ilmu maʼrifat va hunar axliga muruvvatli hukmdor edi. U oʻz saroyida olim, shoir, sanʼatkor va boshqalarni yigʻib anjumanlar oʻtkazib turardi. Shuning bilan birga, u oʻzi ham goʻzal gʻazallar bitgan, mamlakatda qurilish-obodonchilik ishlariga katta eʼtibor bergan. A.Navoiy B.ni quyidagicha taʼriflagan: "Sulton Badiuzzamon Mirzo husni surat va husni siyrat bila orasta va jamoli zohiriy va kamoli botiniy bila piyrosta yigitdur. Razm atvoridin otar-tutarda dilpisand va bazm asbobidan ichmak va bagʻishlamaqda bemonand. Tabʼi ham nazm uslubida muloyim tushubtur...".

Adabiyotlar[tahrir]

  • Fayziyev T., Husayn Boyqaroning sirli oʻlimi, T., 1995.[1]


Unbalanced scales.png Ushbu maqolaning betarafligi shubha ostidadir.
Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasini koʻring.

"Risolai Nur Kulliyoti" nomli asarlari ila Islom dunyosi va umuman insonlik olamida buyuk bir shuhrat yoygan va asartari darslar holida buyuk bir ishtiyoq va ishqla o'qilayotgan Badiuzzamon Said Nursiy kimdir? Hayoti qaerlarda o'tgan, qanday davom etgan? Ustodning hayot safhalarini batafsil hikoya qilmoq, Dini Mubini Islom yo'lida umrini fido qilib chekkan jabru jafolarining hammasini bayon etmoq nihoyatda mushkuldir Janobi Haq bu zotni shunday muhtasham va ajib va xoriqo hayot yo'llaridan kechirganki, xuddi bu zot bir jamoatdir va xuddi buyuk Usmonli davlatining olti yuz yillik tarixini bu zot sakson yillik umri davomida yashab o'tgandekabr Turli xil sitamli voqea va hodisalarni boshidan o'tkazib, faoliyat va g'ayrat bilan haq yo'lda davom etgan bir insondir Bu zotning hayot kechmishlari tadqiq etilsa va asarlari diqqatla kuzatilsa, shu narsa ayon bo'ladiki, Ustod hazratlarining o'z ta'birlari bilan aytganda: "Risolai Nur bu asrni va kelajak asrlarni nurlantirgan bir mo'jizai Qur'oniyyadir.

Badiuzzamon Said Nursiy rumiy taqvim bo’yicha 1293 (milodiy 1876-77) yili Bitlis viloyati Hizon tumanidagi Isparit nohiyasining Nurs qishlog'ida tavallud topganlar. Otalari Mirzo, onalari Nuriya Xonimdir. Bolalikdan juda faol va g'ayratli bo'lganlari sababli yolg'iz bir ustozdan va bir madrasada dars olish bilan cheklanib qolmasdan, Sharqning butun ulamo va mashoyixidan istifoda etmoq uchun darslar olganlar. Bir ikki yilda sarf-nahv mabodiysini qo'lga olib, asos ilmlarini Do'guboyaziddagi Shayx Jaloliy huzurida uch oygina vaqt ichida tahsil etib tamomlaganlar. Shundan so'ng qanday bir kitobni qo'lga olsalar, hech kimga murojaat etmasdan anglab yetar edilar. "Jam'ul javomi'" "Sharhul mavoqif" "Ibnul Hajar" kabi tushunilmog'i qiyin bulgan eng mushkul kitoblarni ikki yuz sahifadan yigirma to'rt soat ichida anglamoq sharti bilan mutolaa qilar edilar. O'zlarini ilmga shu darajada baxshida etgan edilarki, tashqi dunyo bilan aloqani butunlay uzgan edilar. Xullas, Nursiy ma'rifati ilohiyyada erishgan, taraqqiyotining asli asosi bo'lgan sayri ilmining mohiyati shulardan iboratdir. Har kecha uch soat yoddan o'qib, uch oyda to'qson kitobni davr etganlar. Bu kitoblar Islomiyyatning eng yirik va asfiyo maqomiga erishgan zotlarning haqiqatga doir asarlari edi. "Sharhul mavoqif" va "Maqosid" kabi asarlar shular jumlasidandir. Said Nursiy hayotlarining so'nggi yillarida bu xususda munosabat bildirib: "Janobi Haqqa shukrlar bo'lsin, qardoshlarim. Mening bu mahfuzotim, takrorotim Qur'onning haqoiqiga chiqmog'im uchun menga pog'onalar bo'ldi. So'ng men Qur'onga (toki Qur'onning arshiyasiga) chiqdim, u vaqt boqdim va har bir oyati Qur'oniyya koinotni qamrab olayotganini ko'rdim. Endi Qur'on menga kofiy keldi. Boshqa kitoblarga ehtiyojim qolmadi", deganlar. Said Nursiy hazratlari Van shahrida bulgan kezlarida ilmi musabbita deb atalgan butun fanlarni tatabbu' etmoqqa boshlab, juda qisqa bir zamon ichida tarix, jug'rofiya, riyoziyot, kimyo, fizik, biologiya, falakiyot ilmlarining asosini ko'lga kiritdilar. Xususan, Islomiyyat bilan, Islom dunyosi bilan aloqada bo'ldilar. Van shahridalik chog'larida nashriyot va gazetlarni ham kuzatib borardilar. Bir kuni voliy Tohir Poshsho bir gazetada bosilgan mudhish bir xabarni Ustodga ko'rsatadi. Unda ingliz pardamenti majlisida Angliya Mustamlaka noziri Qur'oni Kariymni bosh uzra silkib turib: "Toki bu Qur'on musulmonlarning qo'lida qolar ekan, biz ularga haqiqiy hokim bo'lolmaymiz. Yo Qur'onni o'rtadan olib tashlamog'imiz, yoki ularni Qur'ondan sovutmog'imiz dozim", degan so'zi yozilgan edi. Buni o'qigan Ustod hazratlari: "Qur'onning so'nmas va so'ndirilmas ma'naviy bir quyosh hukmida ekanini men dunyoga isbot etajakman va ko'rsatajakman!", deya jiddiy bir g'ayratga keladilar va Allohning inoyati ila Qur'onning i'jozi ma'naviysi u kishiga bu yo'lda rahbar murshid va ustoz bo'ldi. Ustod hazratlari Anqara hukumatining da'vati bilan Anqarada bo'lib o'tgan Parlament Majlisida ishtirok etadilar. Ibodat va namoz uchun tashviqlariga doir bayonotlari bilan bu majlisda husni qabul ko'riladilar. Ammo jumhuriyat raisi Mustafo Kamol namoz o'qilmog'iga e'tiroz bildiradi. Shunda Ustod: "Poshsho, poshsho, shuni bilki, Islomiyatda iymondan so'ngra eng yuksak haqiqat – namozdir. Namoz o'qimagan xoindir. Va xoinning hukmi marduddir. Ado qilinmog'i, Qur'oni Kariymning yuz yerida amr etilgan namozdan ham buyuk bir haqiqat bo'lganida edi, Janobi Haq iymondan so'ngra uni amr etgan bo'lardi", deya javob beradilar. Ustod bir uzlat orzusida Vanga ketab, u erda xilvatnishin turar ekanlar mamlakatning sharqiy qismidagi notinch harakatlar sababi bilan G'arbga, ya'ni, Isparta shahriga surgun qilinadilar. Ispartaning Barla nohiyasida surgundalik chog'larida sakkiz yil davomida "Risolai Nurlar"ni ta'lif etdilar. "So'zlar", "Maktubot" va "Lam'alar"ning o'n uchinchisigacha Barlada, so'ng takror Ispartaga kelib, "Yigirma oltinchi Lam'a'gacha ta'lif etdilar. 1935 yillari esa, bir yuz yigirma talabalari bilan birgalikda Eskishahar Og'ir Jazo Mahkamasiga hibsga yuboriladilar Hibsda "27 28, 29, 30-Lam'alar"ni va "Ikkinchi Shu'a"ni ta'lif etadilar. Bir yillik hibsdan so'ng Qastamo'nu viloyatiga yana surgun qilinadilar va u erda sakkiz yil davomida mirshabxona qarshisida, nazorat ostida yashaydilar. Xullas, umri davomida doimo mirshab va jandarma nazorati ostida hayot kechirgan Badiuzzamon hazratlari surgundami, qamoqxonalardami, qaerda bo'lmasinlar, Qur'on haqiqatlarini targ'ibot etab, g'ayrat va shijoat ila "Risolai Nurlar"ning ta'lifi bilan mashg'ul bo'ladilar. Ustod hazratlari so'ng hayotlarini Isparta shahrida, xizmatlaridagi talabalari orasida o'tkazadilar. Anqara va Istambulda nashr etilgan butun "Nur" majmualari Ustoy huzurlariga varaqalar shaklida keltirilib, o'qilar edi. Ustod xatti Qur'on ila yozilgan "Risolalar"ni kuzatib borar yonlaridagi talabalari o'qir va shu holda tuzatilgan varaqalar ketar matbuotda bosilar edi. Ustodimizning amr va musoadalari bilan rasman talabalari tarafidan "Risolalar" Anqara va Istambulda chop va nashr etilmoqqa boshladi. Va tez sur'at bilan har tarafga yoyildi. Afsus, bu oralarda zimdan Ustodga qarshi yana yangi mahalliy mahkamalar ochildi. Ammo u din dushmanlari, surgunlar qamoqxonalar og'ir jazo mahkamalari ham "Risolai Nurlar"ning porloq haqiqatlarini so'ndira olmadi, aksincha, bu og'ir davrlarda "Nur" talabalari ko'payib bordi, "Risolalar"ning har erda intishor bo'lmog'i uchun jiddiyat va faoliyat ko'rsatib, bu xizmat uchun mahkam bel bog'ladilar. Allohning inoyati ila "Nurlar"ning o'zi ham, uning talabalari ham oqlandilar. Shu tariqa "So'zlar" "Maktubot", "Lam'alar", "Shu'alar", "Asoi Muso", "Masnaviyi Nuriyya", "Ishorotul I'joz", "Tarixchai Hayot; "Sikkai Tasdiqi G'aybiy" kitoblari majmu'alar shaklida chop etaldi va boshqa risolalari ham nashr qilindi. Hazrati Ustodning Anqara va Istambulga ilk tashriflarini ko'rolmagan, o'ziga singdira olmagan ahli zalolat va Islomiyyatning rivojlanmog'ini istamagan manqurt matbuot xodimlari idora ahliga vahima bildirib xabar etkazadi va natijada Ustodnyng Isparga va Amirdog'da iqomat etmoq muddatlarini yana cho'zadilar, va eshiklarida kechayu kunduz mirshab poylatadilar. Hazrati Ustod 1960 yil marg oyida Ramazoni sharifning bir tongida xizmatlaridagi bir guruh talabalari ila birga g'oyat xasta hollarida Urfaga yo'l oladilar. Urfada ikki kun qolib, nihoyat Ramazonning yigirma beshida, ya'ni, 1960 yilning yigirma uchinchi martida abadiy hayotga intiqol etadilar. Ustodning bayonotlaridagi ijobatga binoan, vafotlaridan so'ng Xizmati Nuriyya yanada har tarafga porloq nurini sochmish va tarqatmishdir. Ustod aytganlaridek: "Risolai Nur" Qur'onning qo'lida bir olmos qilich bo'lib, kufr va ilhodga va dinsizlik jarayonlariga qarshi ma'naviy bir atom bombasi kabi mohiyat qozonib, inkor va zalolat jarayonlariga muqobala etmoqdadir". Xizmati Qur'oniyya va Iymoniyyada ma'nan biz bilan birga davom etayotgan va yashayotgan Ustodimiz bunday deganlar "Men bilan ko'rishmoq istagan aziz qardoshlarimga bayon etamanki, insonlar ila zaruratsiz ko'rishmoqqa bardoshim qolmaganidan va hozir zaharlanganim, zaifligim, keksaligim va xastaligim sababidan ko'p gapira olmadim. Bunga muqobil sizga qat'iyan xabar beramankim, "Risolai Nur"ning har bir kitobi bir Saiddir. Siz qaysi kitobga boqsangiz, men bilan yuzmayuz ko'rishmoqdan o'n marotaba ziyoda foyda olasiz ham haqiqiy suratda men bilan ko'rishganday bo'lasiz. Men shunga qaror bergan edimki, Alloh uchun men bilan ko'rishmoq istaganlarni ko'risholmaganlari evaziga har tongdagi mutolaalarimga va duolarimga doxil qilaman va qilmoqda davom etaman".

Mustafo Sungur*

  • Badiuzzamon Said Nursiy hazratlarining hozir Turkiyada istiqomat qilayotgan hamnafas talabalaridan biri.



  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil