Xatna toʻyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xatna toʻyi - oʻzbeklar va boshqa bir qancha musulmon xalqlardagi xatna marosimi. Islom dini tarqalgandan soʻng sunnat amali bajarilishini bayram qilish sifatida odat tusiga kirib qaror topgan. Xatna toʻyi oʻgʻil bolalar "qoʻlini halollash"ning , yaʼni ularni chin musulmonlar qatoriga oʻtkazishning asosiy sharti hisoblangan. Toʻyga tayyorgarlik (mas, maslahat oshi), mehmonlarni taklif qilish, mehmonlar sharafiga oʻyinkulgi, tomoshalar uyushtirib ziyofat oʻtkazish Xatna toʻyining tarkibiy qismi hisoblangan. Xatna to'yida toybolaning jinsiy a'zosidan ortiqcasi usta yoki jarroh doktorlar tomonidan kesiladi. Bu xatnaning asosi hisoblanadi