Shohrux

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shohrux, amirzoda Shohrux, Mirzo Shohrux, Shohrux mirzo, Xoqoni saʼid, Abu Nasr Shohrux bahodir sulton (1377.20.8, Samarqand — 1447.19.3, Ray) — Amir Temurning 4oʻgʻli, Temuriylar hukmdori. Yoshlik yillari Samarqandda oʻtgan, shu yerda dunyoviy va diniy taʼlim olgan. Amir Temur 1390—91 yil Dashti Qipchoqqa va 1392 yil gʻarbiy mamlakatlarga 5 yillik yurishlari chogʻida shahrini mamlakatni boshqarishga tayinlab qoldirgan. Koʻp oʻtaay, Amir Temur shahrini oʻz yoniga chaqirib oladi va 17 yoshli Sh. jangovar harakatlarda qatnasha boshlaydi. Amir Temur uni lashkarning mangʻlay va juvangʻar qismlariga tayinlaydi, keyinroq esa, Samarqandga qaytarib, poytaxtni boshqarib turishni topshiradi.

Amir Temur 1396 yil shahriga Xuroson oʻlkasini suyurgʻol qiladi va tegishli qoʻshin hamda elat bilan birga uni oʻz mulkiga joʻnatadi. Sh. Amir Temurning 7 yillik yurishida, xususan, Yaqin Sharqdagi gʻarbiy harakatlarda bevosita qatnashgan, lashkarning ilgʻor, mangʻlay, juvangʻar qismlarini boshqargan; janglarda shaxsiy dovyuraklik va mahorat namoyish etgan. Uni adolatparvar, raiyat tinchligini koʻzlovchi shaxs sifatida bilganlar; qamalda qolgan shaharlar aholisi aksari hollarda sulh taklifi bilan shahriga murojaat qilganlar va u ham oʻz yordamini ayamagan. Baʼzi hollarda, Amir Temur shahrini lashkarning oʻgʻruq qismini qoʻriqlashga mutasaddi qilgan.

Sharafuddin Ali Yazdiy "Zafarnoma"da yozishicha, Amir Temur hayotining keyingi yillarida shahrining davlatdorlik sifatlariga alohida eʼtibor bergan. Chunonchi, Xitoyga yurishi chogʻida, saltanat xavfsizligini taʼminlash, xususan, gʻarbiy oʻlkalarni idora etish kabi katta masʼuliyatni Sh. zimmasiga yuklaydi va uni Xurosonda qoddiradi. Sohibqiron 1391—92 yillar moʻgʻullar bosqini davrida butunlay xarob qilingan Banokat shahri oʻrniga yangi shahar barpo etib, u yerga atrof yerlardan aholini koʻchirib obod qiladi hamda uni shahriga suyurgʻol qiladi va bu shahar Shohruxiya nomi bilan shuhrat topadi.

Amir Temur vafotidan soʻng , 1405 yil martda Sh. rasmiy ravishda Temuriylar saltanati hukmdori sifatida Xuroson taxtiga oʻtirdi va oʻz nomidan xutba oʻqitib, pul (tanga) zarb qildirdi. Sh. hukmdorligining dastlabki yillarida Temuriylar saltanatida kuchli tarqoqlik yuzaga kelib, saltanatning turli qismlarida yakkahokimlik uchun kurash boshlanib ketdi. Movarounnahrda Samarqand taxtini Xalil Sulton egalladi, Ozarbayjon va Ajam Iroqini Qora Yusuf, Arab Iroqi hududini Sulton Ahmad oʻz qoʻliga kiritdi. Eronzaminda temuriy shahzodalar oʻzaro nizolashardilar, Mozandaron, Balx, Gʻur va boshqalar viloyatlarda ham isyonlar yuzaga keldi. Sh. saltanatda vujudga kelgan nizolar, isyonlar, yakkahokimlik uchun chiqishlarni teran qobiliyati, mahorati, tafakkuri, olib borgan siyosati tufayli birinketin bostirishga muvaffaq boʻldi.

SH. oʻz hukmdorligi chogʻida Temuriylar saltanatining hududiy kengligi, harbiy salohiyati, kuchli iqtisodiy mavqeini saqlashga intildi. Buning uchun Movarounnahr, Eronzamin, Ozarbayjonga yurishlar qilib gʻalaba qozondi; 1429 yil Sh. Ozarbayjonda xavfli kuchga aylangan amir Iskandar ibn Qora Yusuf ustiga deyarli butun saltanati hududidan lashkar yigʻib yurish qiladi. Salmos choʻlida ikkala tomon oʻrtasida qattiq jang boʻladi; Sh. oʻgʻillari Mirzo Boysungʻurnk lashkarning juvangʻarini, Ibrohim Sultonni barangʻartnk boshqarishga belgilaydi; Muhammad Joʻgiyni esa oʻziga tegishli boʻlgan gʻul qismda qoldiradi. Shiddatli jangdan soʻng Sh. lashkari zafar quchadi. Sh. Seyiston va Badaxshonga lashkar joʻnatib, u yerlardagi isyonlarga chek qoʻyadi. 1405 yildan 7 yil davomida Xorazmni zabt etib turgan Dashti Qipchoq amirlariga qarshi Sh. katta lashkar joʻnatadi va gʻolib kelib, Xorazmni Temuriylar saltanati tarkibiga kiritadi hamda viloyatni boshqarishga sarkarda amir Shohmaliknn belgilaydi. Sh. koʻpgina nizolarni sulh yoʻli bilan bartaraf qilgan va bunda taniqli davlat arboblari va shayxlar xizmatidan keng foydalangan. Umuman, Sh, hukmronligi davrida sharqda Moʻgʻulistondan tortib gʻarbda Misr va Rum yerlarigacha, jan.da Hindistonning markaziy qismidan boshlab shim.dan to Dashti Qipchoq chegaralarigacha boʻlgan joylar Temuriylar saltanati tarkibiga kirgan. Saltanatni suyurgʻol tizimi boʻyicha boshqargan; mamlakat hududini oʻgʻillari, nevaralari, qarindoshlari, xizmat koʻrsatgan sadoqatli amirlariga suyurgʻol qilib bergan.

Tarixchi Hofizi Abruning "Zubdat attavorix" asarida yozilishicha, Sh. 1443 yil Misr podshosiga elchi yoʻllab Kaʼba uyiga yopinchiq kiygazishni soʻraydi va rozilik oladi. Shu asosda 1444—45 yil kaʼbapoʻsh tayyorlatib, uni shayx Nuriddin Muhammad alMurshidiy va mavlono Shamsiddin Muhammad Abhariy vositasida Makkaga joʻnatadi; ular kaʼbapoʻshni muqaddas Kaʼba uyiga yopib qaytadilar.

SH. podshohlik devonida kundalik ishlarni doim nazorat qilib borgan; qarorlar qabul qilishda kengash va maslahatga keng oʻrin ajratgan, koʻpchilik fikrini inobatga olgan holda adolatli hukmlar chiqargan. Shuningdek, devonda diniy va dunyoviy masalalar yuzasidan yetuk allomalar ishtirokida suhbatlar, fiqh, tib, nujum, geogr., tilshunoslik va boshqalar fan sohalari boʻyicha bahsmunozaralar tashkil qilgan, oʻzi ham ularda faol qatnashgan.

SH. saltanati hududida bunyodkorlik faoliyati uchun katta imkoniyatlar yuzaga keldi. Shaharsozlik, hunarmandchilik, savdo, dehqonchilik, ilm-fan, madaniyat tez surʼatlar bilan rivojlandi. Sh. bunyodkorlik ishlariga, xususan, shaharlar obodonchiligi va sugʻorish tizimini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratib Hirot (1405 yil), Balx (1407 yil) shahrilarini tiklashga oliy farmon bergan. Chingizxon yurishi chogʻida xarob qilingan (1220 yil) Marv shahri qayta barpo etilib, unga Murgʻob daryosidan ariq qazdirib suv keltirildi. Sugʻorish tizimi yaxshilandi, yangi yerlar oʻzlashtirildi, ekin maydonlari kengaydi. Shaharlarda hunarmandchilik va savdo rivojlandi, koʻplab madaniymaʼnaviy muassasalar — madrasalar, masjidlar, xonaqohlar qurildi.

SH. ilm-fan rivojiga alohida eʼtibor berdi. Hirot, Samarqand, Buxoro, Mashhad, Sheroz va boshqalar shaharlarda ilm-fan keng rivoj topdi. Movarounnahrda Mirzo Ulugʻbek rasadxona (qarang Ulugʻbek rasadxonasi) barpo etib aniq fanlar rivojlandi; Naqshbandiya taʼlimoti yozma meros tarzida shakllandi va shu yoʻnalishda bir qancha asarlar yozildi. Hirot va Sheroz shahrilarida tarixnavislikka katta eʼtibor qaratildi. Amir Temur va temuriylar tarixiga oid bir qancha yirik asarlar yaratildi. Temuriylar saltanatida kitobat va miniatyura sanʼati yuksaldi. Hirotda Mirzo Boysungʻur va Sherozda Ibrohim Sulton bu sohalarning rivojiga katta hissa qoʻshdilar.

SH. hukmronligi davrida Temuriylar saltanatining xalqaro miqyosdagi nufuzi ortdi; davlatlar oʻrtasidagi elchilik munosabatlariga Sh. juda katta eʼtibor bergan. Uning huzuriga Xitoy, Hindiston, Misr, Shom, Rum, Yevropa, Dashti Qipchoq hukmdorlaridan elchilar kelgani va Sh. ham oʻz elchilarini joʻnatgani haqida Temuriylar davri tarixiy manbalarida maʼlumotlar qayd etilgan va ikkita elchilik haqida mukammal kundalik ham yozklgan. 141922 yillar Xitoyga borib kelgan safar xotirotlari, unda bevosita qatnashgan Gʻiyosiddin Naqqoshning kundaligi hamda 144244 yillar Janubiy Hindistonga borib qaytgan elchilarning safar tafsilotlari, uni boshqargan Abdurazzoq Samarqandiyning safarnomasida aks etgan.

shahrining elchilar vositasida yoʻllagan maktublarida savdo yoʻllari xavfsizligini taʼminlash va xalqaro savdosotiqni rivojlantirish alohida taʼkidlangan. Buyuk ipak yoʻli orqali savdo va elchilik karvonlari muntazam qatnab turgan. Sh. oʻzining xalqaro siyosatida davlatlararo tinchtotuvlik va doʻstona munosabatlar taʼminlanishini ustuvor yoʻnalish deb bilgan.

shahrining davlatchilik siyosatida bunyodkorlik ishlariga katta eʼtibori natijasida ilm-fan va madaniyat rivojida oʻziga xos uygʻonish (renessans) boʻldi va bu !5-asrning 2-yarmida Alisher Navoiy davrida Xurosonda ilm-fanning yuksak rivojlanishi uchun zamin yaratdi.

Manbalar: Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T., 1972; Abdurazzoq Samarqandiy, Matlai saʼdayn va majmai bahrayn, T., 1969.

Adabiyot[tahrir]

  • Asqarov A. va boshqalar, Temur va Ulugʻbek davri tarixi., 1996.

Omonullo Boʻriyev.