Sulton ahmad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sulton Ahmaddan yoʻnaltirildi)
Sulton ahmad
Tavalludi 1382
Vafoti 31-avgust 1410
Fuqaroligi Jaloyiriylar davlati
Otasi Shaikh Uvais

Sulton ahmad (? 1410) - Jaloyiriylar davlati hukmdori (1382— 1410). Shayx Uvays I Jaloyiriyning oʻgʻli. S.A. Ozarbayjon va Iroqda hukmdorlik qilgan. Amir Temur Bagʻdodni zabt etgach (1393), S.A. Misrga mamluk sultoni Barquq (1382—99) xuzuriga qochgan. Shundan soʻng u oʻz yerlarini gohida zabt etib, gohida qoʻddan chiqargan. 1394-yil Amir Temur 2marotaba Bagʻdodni egallaganda u yana qochgan. Biroq Shom (Suriya)da hibsga olinib, 1405-yil Amir Temur vafotidan keyingina ozod etilgan. 1406-yil qaytadan Bagʻdodda hukmronlik qilayotgan paytda turkman Qora Yusuf bilan uning orasida nizo chiqib, keyinroq urushga aylangan. Natijada, 1410-yilda Tabriz ostonasidagi jangda halok boʻlgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996.