Zamindavor
Qiyofa
Zamindavor, Zamindaver, Zamindovar — oʻrta asrlarda Xurosondagi viloyat. Gʻur va Bust viloyatlari oraligʻida joylashgan. Zamindavor orqali Hirotdan - Hindistonga boradigan yoʻl oʻtgan. X - asrdayoq Zamindavor gʻuriylar va xalajlar bilan chegaradosh mulk sifatida mashhur boʻlgan. Zamindavor aholisi oʻzlarining jangovor ekanliklari bilan shuhrat qozonganlar. Mahmud Gʻaznaviy Gʻurga Zamindavordan bir necha bor yurishlar uyushtirgan. Mahmud ibn Vali (17-asr) Zamindavor mustahkam va olib boʻlmas qalʼa ekanligi, unda gʻalla va mevalar moʻlkoʻl va arzonligini yozib oʻtgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |