Toshkent respublika fond birjasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"TOSHKENT" RESPUBLIKA FOND BIRJASIqimmatli qogʻozlar savdosini amalga oshiradigan birja. "T."r.f.b. 1994 y. 8 aprelda tashkil etilgan. Uning faoliyati respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va xususiylashtarilgan davlat korxonalari negizida ochiq aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil kilish siyosati bilan uzviy bogʻliq. Oʻzbekiston iqtisodiyotida pul tushumlari qayta taqsimlanishining yangi tizimi hisoblanadi. Birjaning barcha viloyatlarda filiallari va 84 ta brokerlik idorasi bor (2004). 1994 yilda qimmatli qogʻozlar birja savdolari yillik aylanmasi 30 mln. soʻmni, 1996 yilda 2,8 mlrd. soʻmni tashkil etdi, jahon standartlariga moye birja standarti qabul qilindi. 1998 yilda savdolar hajmi 3,5 mlrd. soʻmga yetdi, listing tartibi qabul qilindi, "Buxoroteks" aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekistonning birinchi listing korxonasi sifatida qayd etildi, shuningdek, "Buxoroteks", "Paxtabank", "Oʻzsanoatqurilishbank", "Oʻzbekiston metallurgiya kombi nati" va "Gʻallabank" aksiyadorlik jamiyatlari rasmiy birja roʻyxatiga kiritildi. 1999 yilda chet el investorlariga erkin muomaladagi valyutaga aksiyalar sotish savdo maydonchasi ish boshladi.

2003 yilda qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha yillik aylanma hajmi 35,7 mlrd. soʻmni tashkil qildi, erkin muomaladagi valyutaga 8,3 mln. AQSH dollari miqdorida aksiyalar savdosi amalga oshirildi. 2003 yilda uning savdo maydonlarida 1617 ta aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari bilan 6933 ta bitim va 10 ta emitentning korporativ obligatsiyalari boʻyicha bitimlar amalga oshirildi, shuningdek, umumiy hajmi 32,1 mlrd. soʻmlik 30,9 mln. dona aksiyalari sotildi.

Birja 1995 yilda "Yevrosiyo" fond birjalari federatsiyasi (FEAS)ra aʼzo boʻldi, 1999 yildan Istanbul fond birjasiga, 2001 yildan MDH birjalari assotsiatsiyasiga aʼzo, Frankfurt fond birjasi bilan hamkorlik va axborot almashish haqida bitimlar imzolangan. Eng nufuzli xalqaro birjalar (London, NyuYork) listingidan joy olish boʻyicha aloqalar yoʻlga qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Toshkent respublika fond birjasi" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil