Xafaqon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xafaqon (arab. — urmoq, titramoq) — yurakning tez yoki notekis urishini sezish holati. Bu sezgi yuraktomir va boshqa sistemalar (mas, nerv, endokrin tizimi) kasalliklarida, shuningdek, sogʻlom kishilarda kuchli yoki odatdan tashqari jismoniy zoʻriqish, hayajonlanish va boshqalarda paydo boʻladi. X.ni davolash va oldini olish kasallikni keltirib chiqargan sabablarga bogʻliq. Baʼzan "X." atamasini yurak urishining oʻzgarishi qon bosimi oshganida ham kuzatilganligidan gipertoniya kasalligita nisbatan ham ishlatadilar.

X. tushunchasi aslida Sharq tabobatidan maʼlum. Oʻtmishda tabiblar X. sabablarini toʻgʻri tushunib, uning koʻp va xilmaxil kasalliklar (mas, yurakning organik va funksional oʻzgarishlarida, oʻpka, meʼda va ichak xastaliklarida, yalligʻlanish, shikastlanish, zaharlanish, isitmalash, gijja kasalligida, biror narsa chaqqanda yuzaga kelishini va boshqalar)da kuzatganlar. Ular yurak urishi oʻzgarishlarini puls sifatlari (yaʼni puls tezligi, tekis yoki notekisligi, toʻliqtoʻliqmasligi yoki tarangligi)ga koʻra aniklaganlar. Abu Ali ibn Sino "Tib krnunlari" asarida X. haqida mufassal aytib oʻtgan. Unga kura, X. goho xiltli moddadan, goho mizojlan, goho shishdan, gohida uzluksizlikning buzilishidan, baʼzan esa qattiq hisdan va boshqa yot narsalardan paydo boʻladi. Xiltli modda goho qondan, goho rutubatdan, goho safrodan, goho yeldan iborat boʻlishi mumkin. Baʼzan fakat yurak aziyatlari emas, balki oʻpkaning yurakka yondosh tomonida tikilmalar koʻpayib, nafas keragicha oʻta olmasligi (oʻpkaning hamkorligi bilan), meʼda ahvolining oʻzgarishi (meʼdaning hamkorligi bilan) ham X. paydo boʻlishiga olib keladi. X.ning hamma turida tomir notekis urishi kuzatiladi, ammo kasallik belgilari unga sabab boʻlgan omillarga bogʻliq boʻladi (mas, X.ga gijjalar sabab boʻlsa, bunda lanjlik, soʻlak oqishi va boshqa kuzatiladi).

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ibn Sino, Tib qonunlari, 2j., T., 1992