Tarnov (moslama)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tarnov — balandlikdan suv tushiriladigan moslama; "ovning bir turi. Tomdan qoryomgʻir suvlarini tushirish, ayrim notekis joylarda (ayniqsa, togʻli hududlarda) kamroq miqsordagi suvni pastga oqizish uchun foydalaniladi. Yogʻoch, tunuka, sopol va boshqalardan yasaladi. Tomdan qoryomgʻir suvlari oqib tushishi uchun uning bir necha joyiga T. oʻrnatiladi. Tomga ishlangan T.larning uzunligi koʻpincha 1 m dan oshmaydi, lekin tomdan yergacha tushadigan uzun xillari ham boʻladi. Qadimgi tomi koʻp tor hovlilarda suvni ariqqa chiqarib oqizish uchun tarnovning shunday uzun xillari ishlangan. Keyinchalik uzun T.lar tunukadan quvur shaklida ishlanib, uyning suv oqadigan tomonlariga devor bilan parallel qilib tik oʻrnatiladigan boʻddi. Koʻp qavatli uylarda T. asbotsement, choʻyan quvurlardan ham ishlanadi va binoning ichki qismida (koʻpincha, balkonning ichkarisida) va tashqarisida devor orasiga oʻrnatiladi. Buloqlardan qishloqlarga suv keltiriladigan, un tegirmoniga suvni yoʻnaltirib beradigan T.lar ham bor.