Anvar Jabborov (futbolchi)
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Anvar Ro‘zievich Jabborov | ||
Tavallud sanasi | 20-iyul 1963-yil | ||
Tavallud joyi |
Buxoro, Oʻzbekiston, ![]() | ||
Boʻyi | 182 sm | ||
Ampluasi | darvozabon | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
![]() | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1981 1983—1986 1987—1988 1989 1990 1990 1991 1992 1993 1993 1994 1994 1995 1996 1997 1997 1998 1999 1999 1999—2000 2000 2002 |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
(7 (-?) 92 (-32+/5) 67 (-?/5) 35 (-?/1) 4 (-?) 4 (-5) 24 (-27/3) 30 (-28) 1 (-1) 8 (-12) 15 (-25/1) ? (-?) 17 (-24) ? (-?) 2 (-3) 3 (-5) 4 (-12) 2 (-3) 5 (-6) ? (-?) 21 (-29) 4 (-12)) | |
Milliy terma jamoa | |||
1992 |
![]() | (3 (-4)) | |
Boshqargan klublari | |||
2009 |
![]() | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Anvar Ro‘zievich Jabborov (1963 yil 20 iyulda Buxoroda tug‘ilgan) — o‘zbek futbolchisi va murabbiyi, darvozabon sifatida o‘ynagan.
Futboldagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Buxoroda tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini 1981-yilda SSSR Ikkinchi ligasidagi „Qarshistroy“ klubi tarkibida boshlagan va klub safida 7 ta o‘yin o‘tkazgan. 1983-yilda ikkinchi liganing boshqa bir o‘zbek klubi „Zarafshon“ga o‘tib, to‘rt mavsum to‘p surgan. 1987-yilda „Kosonsoy“ tarkibiga kelib qo‘shilgan. 1989-1990 yillarda „Yoshlik“, „Nurafshon“ va „Paxtakor“ klublarini himoya qilgan. 1991-yili „Navbahor“ jamoasiga o‘tadi va SSSR Birinchi ligasidagi debyutini 6 aprel kuni safarda Kamishinning „Tekstilshchik“ jamoasiga qarshi birinchi davra uchrashuvida o‘tkazib, minimal hisobda mag‘lub bo‘ladi. Ushbu uchrashuvda Anvar Ro‘zievich asosiy tarkibda maydonga tushib, butun uchrashuvni o‘tkazadi[1]. Futbolchi „Navbahor“ tarkibida 24 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urishga erishgan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, poytaxtning „Paxtakor“ klubi safiga kelib qo‘shilgan va mamlakat chempionati Oliy ligasining birinchi qur’a (30 ta o‘yin) ishtirokchisiga aylangan. 1992/93 yilgi mavsumdagi qishki tanaffusda u „Krivbas“ga o‘tadi va 1993-yil 20-iyunda Premer liganing 30-turida „Ternopil Niva“ga qarshi safarda o‘yin o‘tkazib 0:2 hisobda mag‘lub bo‘ladi[2]. Bu uchrashuvda Jabborov 46-daqiqada Valeriy Vorobyov o‘rniga maydonga tushib bitta gol o‘tkazib yuboradi. Keyingi mavsumni ham „Krivbas“da boshlagan bo‘lsa-da, mavsumning birinchi qismida „Navbahor“ jamoasiga o‘tadi.
Jabborov 1994-1999 yillarda tez-tez klubini almashtirgan. Bu yillarda futbolchi „Navro‘z“, „Kushon“, „Navbahor“, „So‘g‘diyona“, MHSK, Bekobodning „Metallurg“ va „Xorazm“ klublarida to‘p surgan. 1999/2000 yilgi mavsumda Jabborov Hindistonning Goa shahri klubi „Vasko“ jamoasi darvozasini himoya qilgan. 2000-yilda O‘zbekistonga qaytib, mavsumning qolgan qismini „Qizilqum“da o‘tkazadi. U jamoaning asosiy darvozaboni bo‘lgan. Futbolchilik faoliyatini 2002-yilda „Surxon“ tarkibida yakunlagan. Jabborov ushbu jamoa libosi ostida to‘rtta o‘yin o‘tkazgan.
Jamoaviy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jabborov 1992-yil 17-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilib debyut o‘yinda Tojikiston bilan mehmonda 2:2 hisobda durang natija qayd etgan. Bu o‘yinda Jabborov asosiy tarkibda maydonga tushib uchrashuvni to‘liq o‘tkazgan[3]. 1992-yilning iyun-iyul oylarida terma jamoa libosida uchta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan. Keyinchalik terma jamoa safida o‘ynamagan.
Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Futbolchi sifatidagi faoliyati yakunlangach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Dastlab Toshkentning „Bunyodkor“ futbol maktabida darvozabonlar murabbiyi bo‘lib ishlagan. 2009-yilda Qozog‘istonning „Taraz“ klubi darvozabonlariga murabbiylik qilgan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „«Текстильник» (Камишин) — «Навбахор» (Наманган)“. 17-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-noyabr 2018-yil.
- ↑ „«Нива» (Тернопіль) — «Кривбас» (Кривий Ріг)“. 17-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-noyabr 2018-yil.
- ↑ „«Таджикистан» — «Узбекистан»“. 20-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-noyabr 2018-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
- 20-iyulda tugʻilganlar
- 1963-yilda tugʻilganlar
- Futbolchilar
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi murabbiylari
- Oʻzbekiston futbolchilari
- Murabbiylar
- Oʻzbekiston murabbiylari
- Futbol darvozabonlari
- SSSR futbolchilari
- O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari
- Qarshistroy futbolchilari
- Zarafshon Navoiy futbolchilari
- Kosonsoy klubi futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Andijon klubi futbolchilari
- MHSK klubi futbolchilari
- Metallurg Bekobod klubi futbolchilari
- Xorazm futbolchilari
- Qizilqum klubi futbolchilari
- Surxon klubi futbolchilari
- O‘zbekistonlik legioner futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari chet elda
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari