Kontent qismiga oʻtish

Ildar Mamatkazin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ildar Mamatkazin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ildar Orifovich Mamatkazin
Tavallud sanasi 25-oktyabr 1988-yil (1988-10-25) (36 yosh)
Tavallud joyi Andijon Oʻzbekiston SSR SSSR
Boʻyi 184 cm (6 ft 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Vazni 78 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Alay
Raqami 21
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2012 Andijon 47 (3)
2013 Paxtakor 8 (1)
2014 Chust-Paxtakor 6 (0)
2014—2015 Dinamo 62 (1)
2016—2017 Nasaf 8 (1)
2017—2018 Saham Club ? (?)
2018—2020 Andijon 52 (4)
2021 Arambagh KS 10 (0)
2022—2024 Andijon 49 (8)
2025— Alay 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 13-aprel uchun)

Ildar Arifovich Mamatkazin (ruscha: Маматказин, Ильдар Арифович 1988-yil 25-oktyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Oʻshning „Alay“ klubida himoyachi ampulasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilga qadar „Andijon“ yoshlar jamoasi tarkibida toʻp surgan. 2010-yildan boshlab asosiy jamoa tarkibida oʻynay boshlagan. Mamatkazin 2012-yilning oxirigacha „Andijon“ safida toʻp surgan va shu vaqt ichida 47 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol muallifi boʻlgan. 2013-yilgi mavsum boshida Toshkentning „Paxtakor“ klubiga ijara asosida oʻtgan[1].

2014-yil oʻrtalarida Samarqandning „Dinamo“ klubiga oʻtgan[2] va 2015-yilgi mavsum soʻngiga qadar shu klubda toʻp surgan. 2016-yilning fevralidan Qarshining „Nasaf“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[3][4][5][6].