Shahboz Erkinov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Shahboz Furqatovich Erkinov | ||
Tavallud sanasi | 16-iyul 1986-yil | ||
Tavallud joyi |
Toshkent, ![]() | ||
Boʻyi | 183 sm | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Vazni | kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
![]() | ||
Raqami | 17 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005 2006 2007 2008 2008-2010 2010-2011 |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() | ||
Milliy terma jamoa | |||
2005-2008 2005- |
![]() ![]() |
(12 (8) 33 (10)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shahboz Furqatovich Erkinov 1986-yilning 16-iyul sanasida Toshkent shahrida tugʻulgan.[1][2][3] Oilali.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Faoliyatini 2005 yilda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida boshlagan. 2006-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasiga oʻtgan. 2008-yildan 2009-yilgacha u Eron Pro ligasida PAS Xamadon jamoasida oʻynagan. U 2009-yilda oʻz klubi bilan Koʻrfaz kubogining yarim finaliga chiqdi va Rah Ahan Sorinetga 0:1 hisobida yutqazdi. PAS Xamadon jamoasida ikki mavsum toʻp surgandan soʻng, u „Shoʻrtan“ jamoasiga oʻtdi. 2009-yilgi mavsumda u 9 ta gol urdi va Liga oʻyinlarida eng yaxshi klub toʻpurari boʻldi. U keyingi mavsumda ham 9 ta gol urdi va 10 ta gol bilan Igor Tarandan keyin 2-eng yaxshi toʻpurar boʻldi. O‘sha yili O‘zbekistonga qaytib, „Shoʻrtan“ safiga qo‘shildi. Gʻuzor klubida bir yarim mavsum toʻp surgan va 2012-yilda „Paxtakor“ga oʻtgan. 2013-yilgi mavsumni „Olmaliq“da oʻtkazgan. 2014-yildan buyon „Navbahor“ futbolchisi.
2014-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. U 14 gol bilan ligada jamoaning eng yaxshi toʻpurarlaridan biriga aylandi va 2014-yilgi Oliy liga mavsumida xet-trik qildi. Erkinov mavsumda ikkita xet-trik qayd etdi. 2014-yil 26-aprel kuni u Liganing 2014-yilgi mavsumdagi ilk xet-trikini amalga oshirdi, „Navbahor“ — „So‘g‘diyona“ uchrashuvida 4:2 hisobida yakunlandi. 2014-yilning 12-sentabr kuni „So‘g‘diyona“ga qarshi safarda „So‘g‘diyona“ning 5:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinda u yana uchta gol urdi. 2014-yilgi mavsum yakuniga koʻra Erkinov Ligada 14 ta gol urdi, bu Liga toʻpurari Artur Gevorkyandan atigi 4 taga kam urga holda ikkinchi boʻldi. 2014-yilgi Oʻzbekiston kubogi bahslarida ham u klub safida 3 ta gol urgan.
2015-yilning 16-may kuni Erkinov „Andijon“ klubiga qarshi ligada safarda o‘yinda ajoyib „qaychi“ uslubida golini urdi. Uchrashuvning 76-daqiqasida Predrag Vuyovichning „Andijon“ darvozasiga urgan goli 2:1 dan keyin „Navbahor“ futbolchilari oʻyinni maydon markazidan boshlashlari kerak edi.[4] Erkinov toʻpni qabul qilib oldi va „Andijon“ darvozaboni Genadie Moșneaga oʻz darvozasidan ancha uzoqda turganini payqab, yarim chiziqdan zarba yoʻlladi va toʻp darvozaga suzib ketdi. Uning bu goli 77-daqiqada 2:2 hisobida kiritildi.[5]
2015-yilgi mavsumda Erkinov yana 13 ta gol bilan Ligada jamoaning eng yaxshi toʻpurarga aylandi. 2016-yilgi mavsumda Muborakning „Mashʼal“ klubi safiga oʻtdi. Muborakliklar safidagi yaxshi oʻyinlari natijasida Qarshining „Nasaf“ jamoasi safiga 2016-yilning yozgi transfer oynasida koʻchib oʻtdi. Qarshiliklar safida bir yarim mavsum harakat qildi. 2018-yilgi mavsumda Buxoroning „Buxoro“ klubi safiga oʻtdi. 2019-yil yangi mavsumda Oliy liganing boshqa bir klubi „Qoʻqon 1912“ jamoasi tomonidan futbolchiga qiziqish bildirildi va yangi mavsumni qoʻqonliklar safida boshladi. 2020-yil mavsum boshida Toshkentning „Bunyodkor“ klubi safiga oʻtdi va 2 mavsum davomida qaldirgʻochlar safida toʻp surdi. 2022-yilgi mavsumda „Andijon“ klubi bosh murabbiyi Viktor kumikov tarafidan fiutbolchiga burgutlar safida toʻp surish taklifi berildi va taklifni qabul qilib 2022-yilgi mavsumni „Andijon“ klubi safida oʻtkazdi.[6]
Xalqaro oʻyinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shaxboz Erkinov 2004-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 20 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. U 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlariga saralash oʻyinlarida ishtirok etgan 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida ham ishtirok etgan .
U 2009-yilning 28-yanvarida futbol boʻyicha BAA milliy terma jamoasiga qarshi 2011-yilgi Osiyo Kubogi saralash oʻyinida kattalar jamoasi safida debyut qilgan.[7]
Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Shoʻrtan guzar
- O‘zbekiston kubogi ikkinchi oʻrin;: 2010-yil
Individual[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Navbahor“ning Ligadagi eng yaxshi toʻpurari (2): 2014, 2015
Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 2015-yil 22-noyabr holatiga koʻra
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | OFK | Umumiy | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
PAS Hamedan | 2008-09 | 17 | 5 | 3 | 2 | - | 20 | 7 | |
2009-10 | 14 | 2 | - | - | - | 14 | 2 | ||
Umumiy | 31 | 7 | 3 | 2 | - | 34 | 9 | ||
Shoʻrtan guzar | 2010-yil | 13 | 9 | 2 | 1 | - | 15 | 10 | |
2011-yil | 20 | 9 | 3 | 2 | 6 | 2 | 29 | 13 | |
Umumiy | 33 | 18 | 5 | 3 | 6 | 2 | 44 | 23 | |
"Paxtakor" | 2012-yil | 15 | 2 | 4 | 1 | - | 19 | 3 | |
Olmaliq | 2013-yil | 15 | 7 | 2 | 0 | - | 17 | 7 | |
Navbahor | 2014-yil | 25 | 14 | 3 | 3 | - | 28 | 17 | |
2015-yil | 26 | 13 | 1 | 0 | - | 27 | 13 | ||
Umumiy | 51 | 27 | 4 | 1 | - | 55 | 28 | ||
Umumiy faoliyat | 145 | 61 | 18 | 9 | 6 | 2 | 169 | 72 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Andoza:Transfermarkt
- ↑ Shahboz Erkinov Soccerway saytida
- ↑ Andoza:NFT
- ↑ „Andijan vs. Navbahor 3 – 2, 16 May 2015“. soccerway (16-may 2015-yil).
- ↑ „ru:Шахбоз Эркинов забил гол с центра поля“. YouTube (16-may 2015-yil).
- ↑ „transfermarkt“. 14-yanvar 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ Andoza:NFT
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Soccerway template using numeric ID
- 16-iyulda tugʻilganlar
- 1986-yilda tugʻilganlar
- Futbolchilar
- Oʻzbekiston futbolchilari
- O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Shoʻrtan klubi futbolchilari
- AGMK futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Mashʼal klubi futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Andijon klubi futbolchilari