Abdullaxon madrasasi (Buxoro)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Madrasa
Abdullaxon madrasasi
Abdullaxon madrasasi 2.jpg
Abdullaxon madrasasi bosh fasadi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Manzil Xoʻja Gʻunjoriy MFY, Mirdoʻstim koʻchasi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Katta
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Abdullaxon II
Homiylar Abdullaxon II
Binokorlik 15881590-yillar
Asosiy sana:
Maqomi davlat himoyasida[1]
Qurilish materiali Pishgan gʻisht

Abdullaxon madrasasiBuxorodagi Qoʻshmadrasa ansamblining shimoliy qismida joylashgan me’moriy yodgorlik. Oʻzbek hukmdori Abdullaxon II davri me’morligi yetuk namunasi boʻlgan bu Madrasa Buxoro me’morchiligining 16-asrda erishgan barcha ijodiy yutuqlarini namoyish etadi.

Abdullaxon madrasasi

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasaning me’mori noma’lum boʻlib, Abdullaxon II qurdirgan (158890).

Meʻmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuzilishi odatdagi madrasalardan ancha farq qiladi. Hovli atrofini ikki oshyonli hujralar oʻrab turadi. Har ikki tomonida baland peshtoq joylashgan. Peshtoqlar orqali ichkari xonalar va xonaqohga oʻtiladi. Madrasaning katta peshtoqi janubga qaragan. Peshtoq qanotlari va guldastalar sirkor bezaklar bilan pardozlangan.

Darvozadan oʻtib, ikki yoqdagi katta xonalar – darsxona va masjidga kiriladi. Darvoza xotamkori uslubining noyob namunasi – girih shaklli mayda yogʻoch parchalaridan terilgan.[2]

Oʻpirilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdullaxon madrasasining qulagan orqa devori. 2021-yil 29-iyul

2021-yil 29-dan 30-iyulga oʻtar kechasi Abdullaxon madrasasining orqa tomon devori bir qismi oʻpirilib tushdi[3]. Madaniy meros agentligi mutasaddilari kelib holatni oʻrganishgan, ularning taxminiy hisoblariga koʻra binoni toʻliq taʼmirlash uchun 6 mlrd soʻm mablagʻ talab etiladi[4]. Holat boʻyicha Buxoro viloyat prokuraturasi oʻrganish ishlari olib borib, Jinoyat kodeksining 207-moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Pugachenkova G.A., Rempel L. I., Vidayushiyesya pamyatniki arxitekturi Oʻzbekistana, T., 1958.