Jinoyat kodeksi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jinoyat kodeksi (JK) - har qanday ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat ekanligini aniqlab beradigan, uni sodir etganlik uchun jazo va b. huquqiy taʼsir choralarini belgilaydigan jinoyat qonunlari majmui. Unda jinoyat qonunining meʼyorlari muayyan tizimga solinib, JK shakliga keltirilgan. OʻzR Jinoyat kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan meʼyorlariga asoslangan holda ishlab chiqilgan. Hozirgi JK 1994 y. 22 sent.da tasdiqlangan va 1995 y. 1 apreldan amalga kiritilgan. 2 qismdan — umumiy qism va maxsus qismdan iborat, ular yagona jinoyat qonunini tashkil etadi. Umumiy qismda jinoyat qonunining umumiy kqoidalari, javobgarlik asoslari, qilmishning jinoiyligini istisno etadigan holatlar, jazo va uni tayinlash, javobgarlikdan va jazodan ozod qilish, voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari belgilab berilgan. Maxsus qismda jinoyatlarning turlari va ular uchun tegishli jazolarni tayinlaydigan meʼyorlar koʻrsatilgan. Umumiy qismda Maxsus qismdagi huquqiy meʼyorlarni amalda tadbiq qilish yoʻllari bayon etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil