2008-yilgi OFK Chaqiruv kubogi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2006-yilgi OFK Chaqiruv kubogi
Umumiy maʼlumotlar
Mezbon davlat Hindiston
Shahar(lar) Haydarobod, Dehli
Sana 30-iyul - 13-avgust
Jamoalar 8
Bellashuv joylari ((2 mezbon shaharda)ta shaharda)
Yakuniy natijalar
Chempionlar  Hindiston
2-oʻrin  Tojikiston
3-oʻrin  Shimoliy Koreya
4-oʻrin  Myanmar
Statistika
Oʻyinlar soni 16
Gollar soni 41 (har o′yinda o′rtacha 2.56ta)
Muxlislar soni 15 900 (har o′yinda o′rtacha 994ta)
Toʻpurar(lar)  Shimoliy Koreya Pak Song-chol (6 gol)
Eng yaxshi oʻyinchi  Hindiston Bhaichung Bhutia
2010

2008-yilgi OFK Chaqiruv kubogi futbol musoboqasi OFK tomonidan tashkil etildi va Hindiston mezbonligida oʻtkazildi. Musoboqa 2008-yilning 30-iyulidan 13-avgustiga qadar oʻtkazilgan. Hindiston finalda Tojikiston ustidan gʻalaba qozongan[1]. Hindiston, shuningdek, fair play mukofoti gʻolibi boʻldi. Hindiston terma jamoasi sardori Bhaichung Bhutia esa eng yaxshi futbolchi sovrinini qoʻlga kiritdi.

Dastlab Xitoy Taypeyi mezbon etib tayinlangan edi, lekin u OFKning turnirni oʻtkazish boʻyicha standartlariga javob berishga kafolat bera olmadi[2]. Tailand birinchi boʻlib mezbon sifatida tanlangan, ammo tayyorgarlik koʻrish uchun vaqt yoʻqligi sababli bu variantdan ham voz kechilgan[3]. Filippin ham 2008-yilning may oyida Bakolodda oʻtkaziladigan oʻyinlar bilan mezbonlikni qabul qilishi kerak edi, ammo reja amalga oshmadi[4].

2008 va 2010-yilgi musobaqalar g‘oliblariga 2011-yilgi Osiyo Kubogiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma taqdim etilar edi. Natijada, Hindiston 1984-yildan beri birinchi marta Osiyo Kubogiga yoʻllanma oldi. Ushbu musobaqa faqat OFKning rivojlanayotgan davlatlar toifasi vakillari uchundir. Biroq, avvalgi musoboqada Bangladesh va Hindiston rivojlangan davlatlar toifasidan taklif qilingan edi. Bangladesh aslida turnirga mezbonlik qiladi, bu esa ularga qatnashish imkonini taqdim etgan. Hindiston esa oʻzlarining 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasini yuborgan. 2008-yilgi musobaqaga Hindiston va Bangladesh, shuningdek, rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiruvchi Shimoliy Koreya, Myanma va Turkmaniston terma jamoalari ham taklif qilindi.

Laos 2008-yil 2-mayda musobaqadan chiqdi[5]. Falastin esa 2008-yil 14-mayda musobaqadan chiqdi[6].

Lal Bahodur Shastri stadionidagi maydonning yomon sharoiti tufayli OFK aksariyat o‘yinlarni boshqa maydonga ko‘chirdi[7]. Oʻnta oʻyin Gachibowli Atletik stadionida va ikkitasi LBS stadionida oʻtkazilishiga qaror qilindi. Finalga bir necha kun qolganda Haydarobodda tinimsiz yogʻayotgan yomgʻir tufayli OFK final va uchinchi oʻrin uchun pley-off oʻyini joyini Nyu-Dehlidagi Ambedkar stadioniga oʻzgartirdi[8][9].

Musobaqa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻrtta saralash guruhining har biridan eng yuqori oʻrinni egallagan jamoalar musoboqda ishtirok etish huquqiga ega boʻldi. Final bosqichida ishtirok etuvchi jamoalarning umumiy sonini sakkizni tashkil etdi. Bundan tashqari, Hindiston (turnir mezboni), KXDR, Turkmaniston va Myanma avtomatik tarzda saralashdan o‘tdi.

Saralash va finalda ishtirok etgan jamoalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1.  Shimoliy Koreya
  2.  Turkmaniston
  3.  Hindiston
  4.  Birma
  5.  Tojikiston
  6.  Shri-Lanka
  7.    Nepal
  8.  Qirgʻiziston
  9.  Falastin (Chiqib ketdi, 14-may 2008)
  10.  Xitoy Taypeyi
  11.  Bangladesh
  12.  Bruney
  13.  Pokiston
  14.  Kambodja
  15.  Filippin
  16.  Afgʻoniston
  17.  Butan
  18.  Makao
  19.  Guam
  20.  Laos (Chiqib ketdi, 2-may 2008)

Oʻtkazilgan joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haydarobod Dehli
Gachibowli Atletik stadioni Lal Bahodur Shastri stadioni Ambedkar stadioni
Sigʻim: 30,000 Sigʻim: 30,000 Sigʻim: 20,000

Saralash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Final turniriga quyidagi jamoalar yo‘llanma oldi:

Guruh bosqichi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guruh jadvallaridagi ranglar kaliti
Eng yaxshi ikki o‘rinni egallagan jamoalar yarim finalga yo‘l oladi

A guruhi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O
 Hindiston 3 2 1 0 4 2 +2 7
 Tojikiston 3 1 2 0 5 1 +4 5
 Turkmaniston 3 1 1 1 6 2 +4 4
 Afgʻoniston 3 0 0 3 0 10 −10 0
Manba: RSSSF

B guruhi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O
 Shimoliy Koreya 3 3 0 0 5 0 +5 9
 Birma 3 2 0 1 6 2 +4 6
   Nepal 3 1 0 2 3 4 −1 3
 Shri-Lanka 3 0 0 3 1 9 −8 0
Manba: RSSSF

Gʻolib jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

 2008-yilgi OFK Chaqiruv kubogi chempioni 

Hindiston

Sovrinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fair Play sovrini Oltin butsa Eng yaxshi futbolchi
 Hindiston Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Pak Song-chol Hindiston Bhaichung Bhutia

Gol mualliflari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poz Jamoa Oʼyn D M KG OʻG TN
Pley-off bosqichiga chiqdi
1  Hindiston 5 4 1 0 9 3 +6
2  Tojikiston 5 2 2 1 7 5 +2
3  Shimoliy Koreya 5 4 0 1 9 1 +8
4  Birma 5 2 0 3 6 7 -1
Guruh bosqichidan chiqib ketdi
5  Turkmaniston 3 1 1 1 6 2 +4
6    Nepal 3 1 0 2 3 4 −1
7  Shri-Lanka 3 0 0 3 1 9 −8
8  Afgʻoniston 3 0 0 3 0 10 −10

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The Roon Ba News, 17 December 2007 Wayback Machine saytida arxivlandi (28 December 2007).
  2. Thailand replaces Taiwan as 2008 Challenge Cup host
  3. India almost set to host Asian Challenge Cup
  4. „Asian Challenge Cup in Bacolod uncertain“. The Visayan Daily Star (18-fevral 2008-yil). Qaraldi: 2-noyabr 2017-yil.
  5. „Laos withdraws from Challenge Cup“. 5-may 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-may 2008-yil.
  6. „Palestine withdraws from Challenge Cup“. 19-iyul 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-may 2008-yil.
  7. „AFC Challenge Cup Venues Changed“. 28-iyul 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-iyul 2008-yil.
  8. „New Delhi to host AFC Challenge Cup final on 13 Aug“. Qaraldi: 13-avgust 2008-yil. [sayt ishlamaydi]
  9. AFC Challenge Cup final shifted Wayback Machine saytida arxivlandi (20 February 2009).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]