Kontent qismiga oʻtish

Slovakiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Словакияdan yoʻnaltirildi)
Slovak Respublikasi
Slovenská republika
ShiorY'o`q
Madhiya: Nad Tatrou sa blýska
Location of Slovakiya
Poytaxt Bratislava
Rasmiy til(lar) Slovakcha
Hukumat Parlamentlik Respublika
• Prezident
Andrej Kiska
Robert Fico
Mustaqillik (Chexoslovakiya bo`linishida)
• Sana
1-yanvar 1993
Maydon
• Butun
48,845 km2 (130-oʻrin)
• Suv (%)
ahamiyatsiz
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
5,431,363 (110-oʻrin)
• Zichlik 111/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$85,560 mil. (60-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$15,753
Pul birligi euro ()
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma LO
Telefon prefiksi 421
Internet domeni .sk

Slovakiya (Slovensko), Slovak Respublikasi (Slovenská republika) — Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 49 ming km². Aholisi 5,41 mln. kishi (2012). Maʼmuriy jihatdan 8 oʻlkaga boʻlinadi. Poytaxti – Bratislava shahri.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Slovakiya – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 1-sentabrda qabul qilingan (1999-yil tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi – prezident (2019-yildan Zuzana Čaputová), u umumiy teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament – Milliy kengash, ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.

Slovakiya – togʻli mamlakat. Hududining aksariyat qismi Gʻarbiy Karpat togʻlari doirasida (Slovakiya Rudali togʻlari va boshqalar) joylashgan. Lisets shahridagi Zlati Vrx bazaltli tepaligi tabiat yodgorligidir. GerlaxovskiShtit togʻi (2655 m) – Gʻarbiy Karpat togʻlarining eng baland nuqtasi. Janubini Oʻrta Dunay tekisligining bir kismi egallagan. Slovakiyada qoʻngʻir kumir, temir, marganets, polimetall rudalari, surma, magnezit konlari bor. Iklimi moʻʼtadil, kontinental. Tekisliklarda oʻrtacha tempatura yanvarda –G dan –4°, Karpat togʻida –10° gacha, iyulda 19– 2G, togʻlarda 4° gacha. Yillik yogʻin tekisliklarda 450–700 mm, togʻlarda 2100 mm gacha. Slovakiya daryolari (Dunay va uning irmoklari, Morava, Vag, Gron va boshqalar) gidroenergiyaning muxim manbalaridir. Slovakiya togʻlari oʻrmonlar bilan krplangan (mamlakat hududining 1/3 kismi). Janubiy qiyaliklarda keng bargli va aralash, shimoliy qiyaliklarda igna bargli daraxtlar oʻsadi. Tekisliklarda dehqonchilik qilinadi. Hayvonlardan qoʻngʻir ayiq, boʻri, silovsin, toʻngʻiz, quyon, olmaxon, tipratikan, turli qushlar bor, dare va koʻllarda baliq koʻp.

Aholisining koʻpchiligi – slovaklar (87%), shuningdek venger, chex, ukrain va boshqa ham yashaydi. Shahar aholisi 56,8%. Rasmiy til – slovak tili. Dindorlarning aksariyati – xristian (katolik)lar. Yirik shaharlari: Bratislava, Koshitse, Preshov.

Slovakiya hududida paleolit davrida manzilgoxlar boʻlganligi maʼlum. Mil. 3–4-asrlarda slavyanlar koʻchib kelgan va 1ming yillik oʻrtalarida yetakchi etnik guruh boʻlib qolgan. 7-asrda S ilk slavyan Samo davlati tarkibiga, 9–10-asrlarda Buyuk Moraviya davlati tarkibiga kirgan. 11-asr oʻrtalarida Slovakiyani vengerlar bosib olib, chexmorava va slovak qabilalari asosida yagona elat hosil boʻlish jarayoniga xalaqit berdilar. 13–14-asrlarda Slovakiya nemislar kuliga oʻtdi. 16-asr oʻrtalarida Sningjan.ni turklar bosib oldi, qolgan xududi 17-asr oxirida Gabsburglar monarxiyasi tarkibiga kiritildi. 1718-asr boshlarida Slovakiyada bir necha bor dehqonlar qoʻzgʻoloni (1618, 1631-32, 1648, 1660, 1711), hunarmand va shahar yoʻqsillarining norozilik chiqishlari (1606, 1609, 1626, 1632, 1640) boʻldi. Slovakiya dehqonlari Rakotsi Ferens harakatida (1703–11) qatnashdilar. 1848–49 yil Avstriya inqilobi vaqtida Slovakiya milliy harakati arboblari demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishni, slovak xalqining milliy teng huquqliligini talab qilib chiqdilar, ammo Vengriya hukumati bu talabni rad qildi. Avstriya-Vengriya davlati tashkil topishi (1867) bilan Vengriya tarkibida qoldi. Birinchi jahon urushi yillarida Slovakiyada chet el hukmronligiga qarshi milliy ozodlik kurashi kuchaydi. 1919-yil 16-iyunda Preshovda Slovak Sovet respublikasi eʼlon qilindi, biroq 7-iyulda intervensiyachi qoʻshinlar tomonidan tormor etildi. Avstriya-Vengriya barbod boʻlgach, Slovakiya 1919-yil 30-oktabrda Chexiya va Slovakiyaning yagona davlatga birlashuvi natijasida 1918-yil tashkil topgan Chexoslovakiya davlati tarkibiga kirdi. 1938-yil Myunxen bitimita koʻra, Slovakiyaning janubiy tumanlari Chexoslovakiyadan Vengriyaga olib berildi, qolgan hududda 1939-yil slovak fashistlari Germaniya panohidagi "mustaqil" S davlati tashkil etilganini eʼlon qildilar. Shu yildan Slovakiyada Qarshilik koʻrsatish harakati avj oldi. 1944-yilgi Slovakiya milliy qoʻzgʻoloni Slovakiyaning 2/3 qismigayoyildi. 1945-yil mayda Slovakiya butunlay ozod qilindi. Slovak va chex yerlari Chexoslovak respublikasi doirasida qayta birlashtirildi. Slovakiya 1948-yil 9-maydan Chexoslovak Xalq Demokratik Respublikasi, 1960-yil 11-iyuldan Chexoslovak Sotsialistik Respublikasi, 1990-yil 29 martdan Chexoslovak Federativ Respublikasi, 1990-yil 20-apreldan 1992-yil 31-dekabrgacha Chex va Slovak Federativ Respublikasi tarkibida boʻldi. 1992-yil 17-iyundagi Deklaratsiyada respublika suvereniteti eʼlon qilindi. Slovakiya – 1993-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 24-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1993-yil 1-yanvar dan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari – 29-avgust – Slovakiya milliy qoʻzgʻoloni kuni (1944), 1-sentabr – Konstitutsiya kuni (1992).

Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushma tashkilotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Demokratik Slovakiya uchun harakat – Xalq partiyasi, 1991-yilda asos solingan; Slovakiya demokratik ittifoqi, 1995-yil tuzilgan; Slovakiya dehqonlar partiyasi, 1990-yil tashkil etilgan; Slovakiya ishchilari birlashmasi, siyosiy partiya sifatida 1994-yil roʻyxatga olingan; Soʻl demokratlar partiyasi, 1991-yil tuzilgan; Slovakiya milliy partiyasi, 1989-yil asos solingan; Venger xristian demokratik harakati, 1990-yil tashkil etilgan; Slovakiya xristiandemokratik ittifoqi partiyasi, 2000-yil roʻyxatga olingan. Slovakiya Respublikasi kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990-yil asos solingan.

Xoʻjaligi va sanoati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Slovakiya – industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 33,4%, qishloq xoʻjaligining ulushi 4,8%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 61,8%.

Sanoatida, asosan, mahalliy mineral xom ashyo (qungʻir kumir, lignit, temir ruda) negizida konchilik va metallurgiya sanoati rivojlangan. Choʻyan, poʻlat va prokatning koʻp qismi Koshitsedagi metallurgiya kombinatida, alyuminiy (chetdan keltirilgan boksitdan) JyarnadGronomda, mis Krompaxida ishlab chiqariladi. Mashinasozlik sanoati rivojlangan: radiopriyemnik, televizor, sovitkich, mototsikl, kema, podshipnik, yuk vagonlari, stanok, elektrotexnika uskunalari va boshqa ishlab chikariladi. Kime va neft kimyosi sanoati (neft mahsulotlari, mineral oʻgʻit, plastmassa, sintetik tola va boshqalar) chetdan olingan neft va gaz asosida ishlaydi. Yirik oʻrmon, yogʻochsozlik, qurilish materiallari sanoati barpo etilgan. Toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, oziq-ovqat korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari – Bratislava va Koshitse. Yiliga oʻrtacha 24,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Uning koʻpchilik qismini GESlar beradi, YaslovskaBogunitseda AES bor.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi – deqqonchilik. Bugʻdoy, makkajoʻxori, arpa, qand lavlagi, moyli ekinlar va boshqa ekiladi. Bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Goʻshtsut, goʻshtjun chorvachiligiga asosiy eʼtibor beriladi (choʻchqa, quy, qoramol, parranda boqiladi).

Temir yoʻli uzunligi 3,7 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 17,9 ming km. Dunayda kema qatnaydi. Daryo portlari: Bratislava, Komarno. Chetga mashina va uskuna, neftni qayta ishlash, kimyo va yogʻochsozlik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va boshqa sotadi. Chetdan neft va tabiiy gaz, oziq-ovqat, mashina va uskunalar oladi. Chexiya, Germaniya, Rossiya va boshqa bilan savdo qiladi. Pul birligi – Slovakiya kronasi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maorifi boshlangʻich va oʻrta maktab taʼlimidan iborat. 614 yoshdagi bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etilgan. Kasb taʼlimi oʻrta hunartexnika maktablarida beriladi. 14 oliy oʻquv yurti bor. Yiriklari: Bratislava universiteti, Slovakiya oliy texnika maktabi, Oliy iqtisodiy maktab, konservatoriya – hammasi Bratislavada; P. Shafarik nomidagi universitet, Oliy veterinariya maktabi, Oliy texnika maktabi – Koshitseda; Oliy transport maktabi – Jilinda va boshqa Asosiy ilmiy muassasasi – Slovakiya Fanlar akademiyasi. Bratislavada Virusologiya instituti, payvandlash va pedagogika ilmiytadqiqot institutlari va boshqa, Jilinda gidrologiya ilmiy tadqiqot markazi va geol. mahkamasi, Martinda Slovakiya matitsasi (madaniy-maʼrifiy markazi) bor. Yirik kutubxonalari: Slovakiya matitsasi kutubxonasi (1863), Bratislavadagi universitet kutubxonasi (1919), Koshitsedagi Davlat ilmiy kutubxonasi (1657) va boshqa Asosiy muzeylari: Bratislava va Martindagi Slovakiya milliy muzeylari, Koshitsedagi Sharqiy Slovakiya muzeyi, Banska Bistritsadagi Slovakiya milliy qoʻzgʻoloni muzeyi va boshqa

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy gazeta va jurnallari: "Pravda" ("Haqiqat", slovak tilida chiqadigan mustaqil kundalik gazeta, 1920-yildan), "Glas lyudu" ("Xatq ovozi", slovak tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1954-yildan), "Narodna obroda" ("Milliy tiklanish", slovak tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1990-yildan), "Rolnitske novini" ("Dehqonlar gazetasi", slovak tilida chikadigan kundalik gazeta, 1946-yildan), "Smena" ("Oʻrinbosar", slovak tilida chiqadigan kundalik yoshlar gazeta, 1948-yildan), "Uy so" ("Yangi soʻz", venger tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1948-yildan), "Beseda" ("Gurung", slovak tilida chiqadigan haftanoma, 1990-yildan), "Vecher" ("Oqshom", slovak tilida chiqadigan kechki gazeta, 1990-yildan). Slovakiya Respublikasi telegraf agentligi, axborot mahkamasi, 1992-yil tuzilgan. Slovakiya radiosi 1926-yildan, televideniyesi 1956-yildan ishlaydi.

Slovakiya yozuvining paydo boʻlishi akauka Kirill va Mefodiylarning Buyuk Moraviya davlati hududidagi faoliyati bilan bogliq (9-asrning 2-yarmi). Qad. adabiyot insonparvarlik va ozodlik ruxi bilan sugʻorilgan. 17– 18-asrlarda Ya. Vavrinets, M. Rakovskiy, Sh. Pilarik va G. Gavlovich kabi yozuvchilar ijod qildi. Milliy uygʻonish boshlanishi bilan Maʼrifatparvarlik adabiyoti rivojlandi (18-asr oxiri – 19-asr boshlari). Yozuvchi Y. Bayza, Yu. Fandli, filolog A. Bernolak bu davrning tanikli vakillaridir. B. Tablits va Ya. Golliy sheʼriyatida, Ya. Xalulka dramaturgiyasida, P. Y. Shafarik va Ya. Kollar adabiyilmiy faoliyatida slavyanlar birligi ifodalangan. 19-asr 40–70yillarida milliy ozodlik harakatining gʻoyaviy rahbari L. Shtur boshliq inqilobiy romantiklarning ijodida vatanparvarlik gʻoyalari folklor anʼanalari usulida targʻib qilindi. Y. Zaborskiy nasri va dramaturgiyasida, P. Gvezdoslav, S. Vayanskiy, M. Kukuchin nazmi va nasrida realizm uslubi qiyomiga yetkazildi. 20-asr boshlarida slovak moderni deb atalgan adabiy guruh (I. Krasko, V. Roy, I. Gall) shakllanib, realizm, modernizm, simvolizm ijodiy prinsiplarini umumlashtirdi. F. Kral, L. Ondreyov, Ya. Yesenskiy nasri, Ya. Ponichan nazmi tanqidiy realizmning yuksak namunalaridir. Ikkinchi jahon urushidan keyin xalqning fashizmga qarshi kurashi tarixi va yangi hayot qurilishi muammolari adabiyotning yetakchi mavzui boʻldi. F. Gechko, R. Yashik, A. Bednar, K. Lazareva, V. Minach romanlari, A. Plavka, P. Gorov, V. Migalik, Ya. Kostra sheʼrlari 20-asrning 2-yarmidagi eng mashhur asarlardir.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Slovakiya hududida Qad. Rim imoratlarining krldiklari saqlanib qolgan. Diniy inshootlar va roman uslubidagi qasrlar (Nitradagi 1200-yilga oid avliyo Emeram bazilikasi, 12-asrga oid Skalitsadagi 2 yarusli kapellarotonda, 1228-yilga oid Dyakovsa, 12-asrga oid Drajovsa cherkovlari, 12-asrga oid Oravskiy qasri va boshqalar) slovak meʼmorligining dastlabki obidalaridir. 14– 15-asrlarda gotika uslubi urf boʻldi (Koshitsedagi kafedral sobor, 1382– 1499; Bratislavadagi soborlar, 14–15-asrlar va boshqalar). 16-asrda Uygʻonish davri meʼmorligi tarkala boshladi (BanskaBistritsadagi ratusha, 1510; Preshov, Levoch, Bardeyov va boshqa joylardagi uyjoy binolari). 17–18-asrlarda barokko uslubi, ayniqsa, sezilarli iz krldirdi. Bratislavadagi Troitsa cherkovi (1717–35), ilk klassitsizm nishonalari boʻlgan Bosh saroy (1778–81, meʼmor M. Gefele), Koshitsedagi ratusha (1756) shu jumlaga kiradi. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida zamindorlarning hovlijoylari, shahar va qishloqlar qurilishida klassitsizm, 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida modern uslubi ustun boʻldi. Turar joylar va cherkovlar yogʻoch, tosh va pishik, gʻishtdan qurildi. 20-asrning 2-yarmi qurilishida zamonaviy materiallardan foydalanildi (Bratislavadagi Oliy texnika maktabi binosi, Dunay ustidagi koʻprik, "Kiyev" mehmonxonasi va boshqalar).

Slovakiya hududida ibtidoiy sanʼat yodgorliklari (paleolit davriga xos ayollar haykalchalari, neolit sopoli, frakiy, skif, kelt, qad. slavyan va boshqa qabilalardan qolgan buyumlar) saqlangan. 4-asrga oid qabrlardan jez anjomlar, oltin va kumush buyumlar topilgan. 14–15-asrlar rang-tasvir asarlari (SpishskaKapituldagi avliyo Martin cherkovi, 1317) diqqatga sazovor. 16-asr boshlarida Uygʻonish davri, 17-asrda barokko sanʼati rivojlandi. 19–20-asrlarda Y. Chausig, K. Libay, V. Klimkovich, Y. Ganula, L. Chordak, F. Uprka, M. Benka, O. Dubay kabi rassom va haykaltaroshlar ijod qildilar. Zamonaviy tasviriy sanʼat ustalari orasida V. Glubuchek, Ya. Kulix, Y. Kuzma, Ya. Yanoshka va boshqalarlarni koʻrsatish mumkin.

Slovakiya xalq musiqa ijodiyoti janrlarga boy. Ular orasida epik, sevgi, diniy va marosim qoʻshiqlari, balladalari uchraydi. Koʻshiqlar bir ovozli, 4 va 5 tovushkatorli diatonikaga asoslangan. Frishka va odzemok raqslari mashhur. Cholgʻu asboblari – fuyara, choʻpon naylari, gayda va boshqa 9–10-asrlarda professional musikaning ilk shakllari (cherkov aytimlari),15-asrdan koʻp ovozli musiqa paydo boʻldi. Milliy kompozitorlik maktabining asoschisi Ya.L. Bella "Takdir va ideal" simfonik poemasi (1878), "Temirchi Viland" operasi (1890)ni yaratdi. 20-asr boshlarida turli opera va xor jamoalari tuzildi. 1919-yil tashkil etilgan musika maktabi 1928-yil Musiqa va drama akademiyasiga, 1941-yil konservatoriyaga aylantirildi. Bratislavada slovak kamer orkestri (1960), Oliy nafis sanʼat maktabi (1949) tashkil topdi. Kompozitorlar E. Suxon, A. Moyzes, dirijyorlar L.Slovak, L. Rayter, pianinochilar M. Karin, K Gavlikova, P. Toperser, skripkachilar A. Moji, T. Gashparek, xonandalar Yu. Martvon, E. Kitnarova, G. Benyachkova mashhur.

12-asrda yokulyator deb ataladigan xalq akterlari tomoshalar koʻrsatishgan. 15–16-asrlarda Brezno, BanskaShtyavnitsa va boshqa joylarda maktab dramasi paydo boʻldi. 17–18-asrlarda xalq teatri tashkil topib, unda diniy mavzudagi pyesalar qoʻyildi. Slovakiyada professional teatr sanʼatining vujudga kelishida havaskorlik toʻgaraklari muhim rol oʻynadi. 19-asrning 1-yarmida havaskorlarning drama toʻgaralari tuzila boshladi, ular U. Shekspir, F. Shiller, N. Gogol asarlarini sahnalashtirdi. 1890-yil Martinda qurilgan Milliy uy sahnasida mahalliy mualliflardan Ya. Xalupka, Ya. Palarik, P. Gvezdoslav, Y. Tayovskiy pyesalari qoʻyildi. 1920-yil Bratislavada birinchi slovak professional teatri barpo etildi. 20-asrning 2-yarmida Bratislava, Jilin, Koshitse, BanskaBistritsa, Preshovda yangi teatrlar ishlay boshladi. Y. Budskiy, I. Lihard, T. Rakovskiy kabi rejissorlar, M. Kralovichova, K. Maxata, Yu. Pantik, M. Gregor kabi aktyorlar mashhur. Teatr kadrlari Bratislavadagi Oliy teatr maktabida tayyorlanadi.

Oʻzbekiston – Slovakiya munosabatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]