Ōta (Gunma)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ōta

太田市
Maxsus shahar
Skyline of Ōta
Ōta
Bayroq
Ōta
Gerb
36°17′28.1″N 139°22′31.4″E / 36.291139°N 139.375389°E / 36.291139; 139.375389 G OKoordinatalari: 36°17′28.1″N 139°22′31.4″E / 36.291139°N 139.375389°E / 36.291139; 139.375389 G O
Mamlakat Yaponiya
Mintaqa Kanto viloyati
Asos solingan

miloddan avvalgi V asr

3-may 1948-yil
Maydon 175.54 km2 (67.78 mi²)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2020-yil avgust)
224 358
Zichligi 1300 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0276-47-1111
Ōta xaritada
Ōta
Ōta

Ōta (yaponcha: 太田市 Ōta-shi?) Yaponiyaning Gunma prefekturasida joylashgan shahardir. 31-avgust, 2020-yil holatiga koʻra, shaharda 109541 xonadonda 224358 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 1300 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 60,97 kvadrat kilometr (23,54 mi²).

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ōta shimoliy Kanto tekisliklarida Gunma prefekturasining oʻta janubi-sharqiy qismida joylashgan boʻlib, sharqda Tochigi prefekturasi va janubda Saitama prefekturasi bilan chegaradosh. Shaharning shimoli-gʻarbidan Tone va Vatarase daryolari oqib oʻtadi[2]. U Tokio markazidan taxminan 80 kilometr shimoli-gʻarbda, prefektura poytaxti Maebashi shahridan taxminan 30 kilometr sharqda, Takasaki shahridan taxminan 40 kilometr sharqda joylashgan. Shaharning balandligi janubda, janubi-gʻarbda, shimoli-sharqda va sharqda pasttekisliklardan tashkil topgan boʻlib ular sharqda 30-40 metrdan, shimoli-gʻarbda 40-70 metrgacha balandlikka ega.

Atrofdagi munitsipalitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gunma prefekturasi

Tochigi prefekturasi

Saitama prefekturasi

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ōta nam kontinental iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, yozi issiq va qishi qattiq qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Ōta shahrida oʻrtacha yillik harorat 14,4 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1260 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,7 °C, eng past harorati esa yanvarda, 3,5 °C boʻladi[3].

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Ōta shahri aholisi soʻnggi 60 yil ichida barqaror ravishda koʻpaygan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1960127,353—    
1970141,491+11.1%
1980175,381+24.0%
1990197,139+12.4%
2000210,022+6.5%
2010216,465+3.1%
2020223,014+3.0%

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ōta shahar hokimiyati

Edo davrida hozirgi Ōta hududida Nikko Reyheisi Kaido boʻylab ikkita pochta shaharchasi joylashgan boʻlib, ular Nikko Kaidoga toʻgʻridan-toʻgʻri Edo[5], Ōta-shuku (yaponcha: 太田宿?) (shahar oʻz nomini olgan) va Kizaki-shuku (yaponcha: 木崎宿?) shaharlarini aylanib oʻtib, Nakasendoni Nikko bilan bogʻlagan[2].

Ōta shaharchasi 1889-yil 1-aprelda Gunma prefekturasining Nitta okrugi hududida Meidzi restavratsiyasidan keyin zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan bunyod etilgan. 1940-yil 1-aprelda Ōta Nitta tumanidagi Kuai va Savano qishloqlari va Yamada tumanidagi Niragava qishloqlari bilan birlashtirildi. 1943-yil 1-noyabrda Ōta Nitta tumanidagi Shimanogo qishlogʻini oʻzlashtirib oldi. Ōta 1948-yil 3-mayda shahar maqomiga koʻtarildi. Shahar 1957-yil 1-aprelda Kyodo qishlogʻini (Nitta tumanidan) va Kyuhaku qishlogʻini (Yamada tumanidan) va 1960-yil 1-iyulda Yabakava (Yamada tumani) qishlogʻining bir qismini qoʻshib olish orqali kengaytirildi. 1963-yil 1-aprelda Ōta shahri Hosen qishlogʻini (Nitta tumani), 1963-yil 1-dekabrda Kesatoda qishlogʻini (Yamada tumani) oʻzlashtirib oldi.

2005-yil 28-martda eski Ōta shahri Nitta, Ojima va Yabuzukahon (barchasi Nitta tumanidan) shaharlarini oʻz ichiga oldi va bu hudud yangi Ōta shahriga aylantirildi. Sobiq Ōta shahrida 152 ming aholi istiqomat qilgan, umumiy maydoni 97,96 km 2; qoʻshilishdan keyin umumiy maydoni 176,49 km 2 ni tashkil etdi va aholi soni 217 000 kishidan oshdi. 2007-yil 1-aprelda Ōta kengaytirilgan mahalliy avtonomiyaga ega maxsus shahar (tokureishi) etib belgilandi.

Hukumat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ota toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 30 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Ota Gunma prefekturasi assambleyasiga besh aʼzoni qoʻshish huquqiga ega. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Gunma 3-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda Nakajima aviakompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan samolyotlar Ōtaning asosiy sanoat tarmogʻini tashkil etadi. Urushdan keyin samolyotlarni ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan koʻnikmalar va texnologiyalarning katta qismi avtomobil ishlab chiqarishga yoʻnaltirildi. Ōtaning yetakchi sanoati ishlab chiqarish boʻlib, sanoat korxonasining markazi shaharning janubi-sharqiy qismida joylashgan. Ōta har yili 1.3 trillion ¥ dan oshiqroq ishlab chiqarish daromadlari bilan prefekturada yetakchilik qiladi. Bu Subaru korporatsiyasining shoʻba korxonasi boʻlgan, ilgari esa Fuji og'ir sanoat, Ltd. (yaponcha: 富士重工業株式会社 Fuji Jūkōgyō Kabushiki-gaisha?, FHI) nomi bilan tanilgan Subaru avtomobil ishlab chiqaruvchisi va Hino Motors korxonasining markazi boʻlgan. Subaru-chō — Subaru BRZ/Toyota 86, kei avtomobillari keyinchalik qayta ishlab chiqarila boshlangan, Yajima zavodi esa barcha hozirgi Subaru avtomobillari chiqaradigan korxona hisoblanadi. Otakita zavodi — tijorat kei yuk mashinalari chiqaradigan (dastlab Nakajima joylashgan joy) korxona boʻlsa, Oizumi zavodi dvigatellar va transmissiyalarni isteʼmolga yetkazib berish bilan shugʻullanadi[6].

Ōtaning shimoliy qismi fermalari bilan ajralib turadi, ularning aksariyatida guruch yetishtiradi. Shuningdek, Ōta Tomo (Sharqiy Gunma) mintaqasidagi asosiy transport markazi va Panasonic Wild Knights regbi jamoasining uyi hamdir. 

Taʼlim tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharda Kanto Gakuen universitetining kompusi joylashgan.

Boshlangʻich va oʻrta maktablar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ōtada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 26 ta davlat boshlangʻich maktabi va 17 ta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Gunma prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan yettita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shu bilan birgalikda, bitta xususiy oʻrta maktab va Gunma Kokusai akademiyasi, ingliz tilida oʻquv dasturini taklif qiluvchi xususiy boshlangʻich/oʻrta/oʻrta maktabi ham mavjud. Prefekturada nogironlar uchun ikkita maxsus taʼlim maktabi bunyod etilgan.

Xalqaro maktablar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tobu temir yoʻli — Tobu Kiryu liniyasi

  • Ōta — Sammaibashi — Jiroembashi — Yabuzuka

Tobu temir yoʻli — Koizumi liniyasi

  • Ryūmai — Ōta

Magistral yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kita-Kantō tezkor yoʻnalish — Ōta-Yabuzuka almashinuvi — Ōta-Gōdo avtoturargohi — Ōta-Kiryū almashinuvi
  • Milliy yoʻnalish 17
  • Milliy yoʻnalish 50
  • Milliy yoʻnalish 122
  • Milliy yoʻnalish 354
  • Milliy yoʻnalish 407

Mahalliy diqqatga sazovor joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daikoin ibodatxonasi — 1618-yilda Ieyasu Tokugava tomonidan asos solingan. Kosodate Donryu laqabi bilan mashhur (bolalar tarbiyalanuvchi Avliyo Donryu degan maʼnoni anglatadi), shahar markazidan 2.4 km shimoli-gʻarbda joylashgan. Kanayama qal’asi xarobalari — Kanayama togʻining tepasida joylashgan Kamakura davri qal’asi (244 m). Shahar markazidan 3.2 km shimolda joylashgan. Kanayama togʻi Ōta Siti ramzi hisoblanadi. Milliy tarixiy obida hisoblanadi Tenjinyama Kofun — Katta qadimiy mozor (taxminan V asrdan buyon). Ōta shahridan topilgan haniva milliy boylik sifatida belgilangan yagona haniva boʻlib, Tokiodagi Milliy muzeyda namoyish etiladi Yabuzuka Onsen — Ōtaning issiq buloqlaridan biri. Shahar markazidan 9.7 km shimoli-gʻarbda joylashgan. Ilon markazi- Yabuzuka Onsen hududida joylashgan. Noyob ilon turlarini yigʻish bilan mashhur. Nyotaizan Kofun va Tenjinyama Kofun — Kofun davri tumuli, milliy tarixiy hudud, Kozuke viloyati Nitta tuman idoralari maskani — Nara davri xarobalari, milliy tarixiy hudud, Nitta-no-shō — Heian orqali Muromachi davridagi manor bilan bogʻliq joylar va xarobalar, Milliy tarixiy hudud hisoblnadi.

Qardosh shaharlar bilan munosabatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ota 1987-yil sentabr oyida Xitoyning Liaonin, Yingkou shahri bilan doʻstlik shartnomasi tuzdi[12]. Shahar 1997-yilda Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom tumanidagi Guilin shahri bilan ham almashinuv aloqalarini boshlagan[13] va 2006-yil noyabr oyida Aomori prefekturasining Hirosaki shahri bilan doʻstlik shartnomasini imzolagan[11].

Taniqli odamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gallereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ōta shahrining zamonaviy va tarixiy koʻrinishi
Ōta shahrining panoramik koʻrinishi (janubiy qismi)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ōta City official statistics“ (yaponcha).
  2. 2,0 2,1 "Ōta". Encyclopedia of Japan. Tokyo: Shogakukan. 2013. OCLC 56431036. Archived from the original on 2007-08-25. https://web.archive.org/web/20070825113418/http://rekishi.jkn21.com/. Qaraldi: 2013-11-08. 
  3. Ōta climate data
  4. Ōta population statistics
  5. Nikkō Reiheishidō (Wayback Machine saytida 29-sentabr 2007-yil sanasida arxivlangan). Mainichi Shinbun. Accessed August 29, 2007
  6. „Subaru Japan Manufacturing locations“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-noyabr.
  7. 7,0 7,1 "Escolas Brasileiras Homologadas no Japão" (Archive). Embassy of Brazil in Tokyo. Retrieved on October 13, 2015.
  8. "Escolas Brasileiras Homologadas no Japão" (Archive). Embassy of Brazil in Tokyo. February 7, 2008. Retrieved on October 13, 2015.
  9. „Kokusaikoryu bank“ (yaponcha). Qaraldi: 20-iyun 2016-yil.
  10. „Kokusaikoryu“ (ja). Qaraldi: 20-iyun 2016-yil.
  11. 11,0 11,1 „Shimaitoshi“ (ja). 2020-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-noyabr.
  12. „Eiko“ (ja). Qaraldi: 20-iyun 2016-yil.
  13. „Keirin“ (ja). 2020-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]