Hakodate

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hakodate
Shahar
Skyline of Hakodate
Hakodate
Bayroq
Hakodate
Gerb
41°46′07″N 140°43′44″E / 41.76861°N 140.72889°E / 41.76861; 140.72889 G OKoordinatalari: 41°46′07″N 140°43′44″E / 41.76861°N 140.72889°E / 41.76861; 140.72889 G O
Mamlakat Yaponiya
Hukumat
 • Hokim Jun Oizumi
Aholisi
 (Fevral, 2017)
264,845
Zichligi 412 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+09:00JST
Hakodate xaritada
Hakodate
Hakodate

Hakodate (函館市) (ilgari Hakodadi nomi bilan yozilgan) – Yaponiyaning Xokkaydo prefekturasidagi Oshima subprefekturasida joylashgan shahar va port. Oshima subprefekturasining poytaxti. 2011-yil 31-iyul holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 279,851 kishidan iborat. 143,221 xonadon mavjud. Aholi zichligi esa 1 km2 ga 412,83 kishi toʻgʻri keladi. Umumiy maydoni 677,77 kvadrat kilometr. Shahar Sapporo va Asahikavadan keyin Xokkaidodagi uchinchi oʻrinda turadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hakodate Yaponiyaning tashqi savdo uchun ochilgan ilk shaharlaridan biridir. Shaharning porti 1854-yilda Kanagava konvensiyasi natijasida tashqi savdo uchun ochildi va Yaponiya shimolidagi eng muhim portlardan biriga aylandi. Hakodate 1934-yilgi Buyuk Hakodate yongʻinidan oldin Xokkaydodagi eng katta shahar bo'lgan.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hakodate togʻi dastlab million yillar oldin vulqon otilishi natijasida hosil boʻlgan orol edi. Tomboloning (orolni materikka tutashtirib turuvchi tor qumloq yoʻlak) namunasi boʻlgan bu yer miloddan avvalgi 1000-yillikda shakllangan. Tombolo sobiq Hakodate orolini shimoldagi asosiy orol Xokkaydo bilan bogʻlaydi. Hakodate shahrining asosiy markaziy hududi tombolo qumlogʻi ustida joylashgan[1].

Hakodate Kameda yarim orolining markazida joylashgan. Shahar manzarasini Hakodate togʻi bezab turadi. Togʻ choʻqqisiga piyoda yoʻlakchasi, kanat yoki mashina orqali chiqish mumkin. Tashrif buyuruvchilar Hakodate togʻining choʻqqisiga sayohat avtobusi va/yoki toʻgʻridan-toʻgʻri JR Hakodate stantsiyasidan joʻnaydigan avtobusda borishlari mumkin[2]. Hakodate togʻi dam olayotgan sigirga oʻxshagani sabab, mahalliy aholi tomonidan Gagyuzan (Sigir togʻi) deb ataladi.

Shaharda joylashgan sobiq Goryokaku qal’asi hozirda jamoat parki sifatida xizmat koʻrsatmoqda va Xokkaydoda hanami (sakura gulini tomosha qilish) uchun mashhur. 2006-yil aprel oyida parkda baland, oq Goryokaku minorasi qurilgan. Havo harakatini boshqarish minorasiga oʻxshab ketadigan inshootda parkni, ochiq kunlarda esa Tsugaru boʻgʻozi orqali Honshu orolini kuzatish imkonini taqdim etadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Travel Hakodate, History“. Hakodate.travel (2017-yil 15-fevral). 2020-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „About Mt. Hakodate - Hokkaido Travel Guide | Planetyze“ (en). Planetyze. 2018-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-mart.