Kontent qismiga oʻtish

Kumamoto

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kumamoto — Yaponiyadagi shahar, Kyusyu o.da, Sirakana daryosi boʻyida. Kumamoto prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 650,3 ming kishi (1995). Transport yoʻllari tuguni. Mamlakatning muhim sholichilik rayonining savdo-taqsimot markazi. Toʻqimachilik, elektronika mashinasozligi va oziqovqat sanoatining yirik korxonalari; qishloq xoʻjaligi qurollari, rezina buyumlar, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish, meva va sabzavotlarni qayta ishlash zavodlari bor. Hunarmandchilikda gazlama toʻqiladi, chinni buyumlar ishlab chiqariladi. Meʼmoriy yodgorliklardan Budda ibodatxonasi, qasr (XVI asr) saqlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil