Niigata
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Niigata — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu o.ning gʻarbiy sohilida, Sinano daryosi quyilishida. Niigata prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 501,3 ming kishi (2000). Yirik dengiz porti (yiliga 20 mln. t yuk ortib-tushiriladi). Neft qazib olish va uni qayta ishlash hamda neft kimyosi markazi. Metallurgiya, elektronika va transport mashinasozligi, toʻqimachilik (ipak va sunʼiy matolar ishlab chiqarish), taxta titish, qogʻoz, sement sanoati korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi, universitet bor[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |