Davlat belgisi ishlab chiqarish birlashmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"DAVLAT BELGISI" ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi "Davlat belgisi" ishlab chiqarish birlashmasi — Oʻzbekistonda davlatning turli hujjatlari (pasport, sertifikat, qimmatli qogʻozlar, banknotlar va b.)ni tayyorlaydigan birlash-ma. Bosma fabrikasi (Angliyaning "Harrison va oʻgʻillari" firmasi bilan hamkorlikda qurilgan), qogʻoz fabrikasi (Germaniyaning "Luizental" qogʻoz fabrikasi bilan hamkorlikda qurilgan) va Toshkent zarbxonasiga ega. Qalbakilashtirishdan himoyalangan qimmatli qogʻozlar, pasport qogʻozlari, aksiz markalar uchun qogʻozlar, pul bosiladigan qogʻozlar; banknotlar, sertifikatlar, lotereya biletlari, veksellar, cheklar, aksiz va pochta markalari, kolleksiya va esdalik tangalari toʻpla-mi, esdalik nishonlari va b. ishlab chikaradi. Birlashmada mazkur jarayonlar uchun barcha imkoniyatlar mavjud (zamonaviy texnika va texnologiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariyada taʼlim olgan yuqori malakali mutaxassislar, i.ch.dagi umumiy xavfsizlik). Uning ilk mahsulotini Bosma fabrikasi bergan. Shuningdek, 1994 yil 1 iyuldan muomalaga kiritilgan Oʻzbekistan Respublikasining milliy valyutasi — soʻm ham mazkur fabrikada tayyorlanadi. Qogʻoz fabrikasi 1995 y. foydalanishga topshirilgan. Zarbxona esa bu tizimdagi yangi korxona.

Sulaymon Xudoyqulov.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil