Chek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chek (forstoj — pul xujjati) — 1) bankdagi hisobvaraq egasi (Chek beruvchi)ning muayyan summadagi pulni biror shaxe (Chekni taqdim qiluvchi)ga toʻlash toʻgʻrisida bankka yoki kredit muassasasiga yoʻllagan yozma buyrugʻi, farmoyishi; pul hujjati, kimmatli qogoz turi. Chek yoziladigan qog'oz (Chek qogozi) belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan blanka (ish qogozi) tarzida maxsus daftarcha holida chiqariladi. Chek beruvchi oʻz hisobvaragʻidan oʻzi uchun pul olishda ham Chekdan foydalanadi. Cheklar nomi koʻrsatilgan (aniq bir shaxs nomiga yozilgan), order l i (biron bir shaxs foydasiga yozilgan) yoki taqdim etiladigan (takdim etuvchiga yozilgan) turlarga boʻlinadi. Banklar oʻrtasidagi oʻzaro hisobkitoblarda bank Cheklari, sayohat va xizmat safarlarida har qanday bankda tezda naqd pulga almashtirish mumkin boʻlgan yoʻl Cheklari ishlatiladi. Yoʻl Cheklari nakd pul va kredit kartochkalari kabi toʻlaqonli toʻlov vositasi boʻlib, unda takdim etuvchining nomi koʻrsatiladi, Chek beruvchining shaxeiy imzosi bilan tasdiklanadi va pul olishda shaxeini isbotlaydigan hujjat koʻrsatilishini talab etadi; 2) chakana savdoda kassaning xaridordan pulni qabul qilib olgani toʻgʻrisidagi pattasi. Toʻlov oʻtkazilgan va xaridni olish mumkinligini tasdikdaydi va toʻlov oʻtkazilgan doʻkon (magazin) doirasida amal qiladi.