Totalitarizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Totalitarizm (lotincha: totalis — yaxlit, toʻliq) — 1) davlat boshqaruv shakllaridan biri (totalitar davlat). Totalitarizmda jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan davlatning yalpi, toʻla (total) nazorati oʻrnatiladi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar tugatiladi, bir shaxs, ijtimoiy guruhning (harbiylarning yoki bir partiyaning) yakkahokimligiga soʻzsiz boʻysuniladi, muholafat va oʻzgacha fikrlovchilar qatagʻon qilinadi (20-asrning 20-yillari oxiridan boshlab fashistlar Italiyasidagi, natsistlar Germaniyasidagi Totalitarizmning turli shakllari, SSSRdagi kommunistik rejim, Ispaniyadagi frankizm va boshqalar); 2) etatizm, avtoritarizmni oqlovchi siyosiy tafakkur yoʻnalishi. 20-asrning 20-yillaridan Totalitarizm Germaniya va Italiyadagi fashistlarning rasmiy mafkurasiga aylangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Totalitarizm“ OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil